Aktiv — ma’lum bir sanaga pul ko‘rsatkichida korxonaning mablag‘lari, ularning tarkibi va joylashishini aks ettiruvchi buxgalteriya balansining qismi. Buxgalteriya balansi aktivdan tashqari passivga ham EGA
Download 123.16 Kb.
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisobning jurnal-order shakli
- Hisob registrlari
- Hujjat aylanishi
- Hujjatlashtirish
Hisoblash-to‘lov vedomosti — ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishni aks ettiradigan yig‘ma hujjat. Bu hujjat belgilangan shaklda har oyda tuziladi. Unda har bir xodim bo‘yicha quyidagilar ko‘rsatiladi: tabel nomeri, familiyasi, ismi, otasining ismi, oy boshiga hisoblashishning holati, oy bo‘yicha hisoblangan mehnat haqi, mehnat haqi yuzasidan berilgan bo‘nak, ushlangan soliqlar, ijro varaqalari bo‘yicha ushlanmalar, qo‘liga beriladigan summa. Vedomost bo‘yicha jami summa (mazkur vedomost bo‘yicha hisoblangan ish haqi, to‘lashga tegishli summa, haqiqiy to‘langan summa va deponentlangan summa) so‘z bilan va raqamda ko‘rsatiladi. Barcha hujjatlar kabi hisoblash-to‘lov vedomosti ham tegishli ravishda tekshiriladi va tasdiqlanadi.
Hisobning jurnal-order shakli — buxgalteriya hisobining shakllaridan biri. Bu shaklda jamg‘arma registrlari keng qo‘llaniladi va chiziqli-pozitsiyali yozuv usulidan foydalaniladi. Jamg‘arma hisob ma’lumotlari korrespondentlanuvchi schyotlar bo‘yicha olib boriladi va shu bilan memorial-orderlar tuzishga ehtiyoj qolmaydi. Odatda bitta registrda xronologik yozuv, sintetik va analitik hisob birga qo‘shib olib boriladi.. Hisob registrlari — hisob yozuvlari uchun tayinlanib, chizilgan qog‘oz varaqlari. Ular tipografiya usulida tayyorlanadi va ularda qanday ob’ektlar hisobga olinishi hamda qanday ko‘rsatkichlar olinishiga qarab turli shakllar (chiziqlar)ga ega bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha hisob registrlari erkin varaqlarda (vedomostlarda), kartochkalar va daftarlarda bo‘lishi mumkin. Mazmunining hajmiga qarab hisob registrlari sintetik hisob va analitik hisobga ajratiladi. Hisob yozuvlarining turlariga qarab hisob registrlari xronologik va tizimli (sistematik)ga bo‘linadi. Hujjat — yozma isbot, guvoh. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi yozuv hujjatlarga asoslanadi. Buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish yoki haqiqiy amalga oshganligi, uning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini tasdiqlovchi yozma dalildir. Hujjat aylanishi — hisob jarayonida hujjatlarni tuzish vaqtidan ularni arxivga topshirishgacha bo‘lgan hujjatlar harakati. Korxonaning xo‘jalik bo‘limlari (boshqaruv, bo‘lim, tsex, uchastka, brigada va h.k.)da tuzilgan hujjatlar buxgalteriyaga topshiriladi. U yerda shaklan va mazmunan tekshiriladi, bir xillik belgilariga qarab guruhlanadi va hisob registrlariga yozish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Hisob registrlariga yozilgandan so‘ng papkalarga tikilib, turli ma’lumotlar berish va turli tekshirishlar uchun foydalaniladi. Ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar davlat arxiviga topshiriladi, qolganlari yo‘q qilinadi. Har bir korxonada hujjat aylanishi rejasi bo‘lib, unda tegishli hujjatlarni tuzish kimga yuklatilganligi, kim kimga qaysi muddatda hujjatlarni taqdim etishi, hujjatlarning hisobda foydalanilishi ko‘rsatiladi. O‘zbekiston Respublikasida «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida» va «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi elektron hujjat aylanishini rivojlantirish va elektron raqamli imzoni qo‘llash uchun huquqiy asos yaratdi. Hujjatlashtirish — xo‘jalik muomalalarini hujjatlar bilan rasmiylashtirish. Hujjatlashtirish yordamida xo‘jalik muomalalari yoppasiga muomala sodir bo‘lgan joyda va vaqtda aks ettiriladi. Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, yozuvlar faqat hujjatlarga asosan amalga oshiriladi. Download 123.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling