Akustika 1- §. Tovush fizik hodisadir. Tovushning tarqalishi


-§. TOVUSHLARNING CHASTOTASI VA TARKIBI


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana09.06.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1469841
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Oybek Temur akaga

 
2.3-§. TOVUSHLARNING CHASTOTASI VA TARKIBI 
Muhitning tovush tebranishlari garmonik bo‘lgan hollarda tovush yuksakligini 
sezishimiz ob`ektiv ravishda tebranishning chastotasiga mos keladi. Agar muhitning 
tovush tebranishlari garmonik bo‘lmasa, u holda Fur’e teoremasidan foydalanib, bu 
tebranishlarni chastotalari karrali bo‘lgan garmonik tebranishlarning yig`indisi 
sifatida tasavvur qilish mumkin. Bu holda garmonik tebranishlarning eng kichik 

chastota bilan xarakterlanadigan tashkil etuvchisi asosiy ton, boshqalari esa 
obertonlar deb ataladi (birinchi oberton 2

chastotaga, ikkinchisi 3

chastotaga ega 
va hokazo).
T
opt 
sek 
3
m
40 m 


38 
2.6-rasm. Gelmgols rezonatori. 
Akustik rezonans hodisasi murakkab shakldagi nogarmonik tovush 
tebranishlarini tajriba yo‘li bilan analiz qilish, ya`ni asosiy tonning chastotasini va 
obertonlarning nisbiy kuchini aniqlashga imkon beradi. Tovushlarni bunday analiz 
qilish uchun shisha yoki jezdan tayyorlangan ichi kovak sharlardan iborat Gelmgols 
rezonatorlari (2.6- rasm) to‘plami xizmat qilishi mumkin. Rezonatorning biri tor va 
biri keng ikkita teshigi bo‘lib, keng teshigi orqali havo tebranishlari shar ichiga 
kiradi, ikkinchi tor teshikka esa tajriba o‘tkazuvchi qulog`ini tutadi. Istalgan 
shakldagi tovush Gelmgols rezonatorida chastotasi rezonator ichidagi havoning hajmi 
bilan belgilanuvchi havoning xususiy tebranishlarini uyg`otadi. Lekin havoning bu 
xususiy tebranishlari faqat ularning chastotasi ularni uyg`otgan ovoz asosiy tonining 
chastotasiga yoki kuchli obertoni chastotasiga yaqin bo‘lgandagina katta amplitudaga 
ega bo‘ladi va kuchli tovush holida seziladi. Shunday qilib, biror tovushni eshitar 
ekanmiz, xususiy chastotalari ma`lum bo‘lgan har xil Gelmgols rezonatorlarini 
ketma-ket quloqqa tutib, tekshirilayotgan tovushning asosiy ton chastotasini va eng 
katta amplitudaga ega bo‘lgan obertonlarning chastotalarini osonlik bilan 
aniqlashimiz mumkin. Tovushlarni yana ham aniqroq taxlil qilish uchun 
elektroakustik asboblar qo‘llaniladi. Bu asboblarda tovush tebranishlari 
o‘shanday shakldagi elektr tebranishlarga aylantirilib, keyingilari o‘z navbatida 
garmonik tashkil etuvchilarga ajratiladi. 
Tovushni taxlil qilish vaqtida olingan natijalar ko‘pincha grafika holida akustik 
spektr ko‘rinishida ifodalanadi: absissa o‘qiga chastotalar, ordinata o‘qiga esa 
garmonik tashkil etuvchilarning (asosiy ton va obertonlarniki) eng intensiv tashkil 
etuvchining kuchiga nisbatan foizlarda ifodalangan nisbiy kuchlari qo‘yiladi; odatda 


39 
ordinata uchun logarifmik masshtabdan foydalaniladi. 2.7- rasmda cholg`u asboblari 
chiqaradigan tovushlarning akustik spektrlari tasvirlangan (taxlil qilinayotgan tovush 
asosiy tonining chastotasi har bir spektrda asbob nomining yonida qavs ichiga yozib
ko‘rsatilgan).
2.7-rasm. Akustik spektrlar. 
Vertikal shtrixlarning holati tekshirilayotgan tovush garmonik tashkil 
etuvchilarining chastotalarini ko‘rsatadi, bu shtrixlarning balandligi esa bu tashkil 
etuvchilarning nisbiy kuchini ifodalaydi. Keltirilgan spektrlardan cholg`u asboblari 
chiqaradigan har bir tovush naqadar murakkab ekanligi ko‘rinib turibdi. 
Bunday murakkab tovushning asosiy toni chastotasini biz tovush yuksakligi 
sifatida sezamiz; obertonlarning kuchi va soni hamda tovushning o‘sib borish 
xarakteri tovushning tembrini aniqlaydi. 
Juda ham “tiniq” (ya`ni obertonlari kam va zaif) tovushni kamerton yordamida, 
kamerton tarmoqlarining erkin uchi bo‘ylab skripka kamonchasini ohista yuritib hosil 
qilish mumkin. Bu tovush aniqroq eshitilishi uchun kamerton bir tomoni ochiq 


40 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling