Akustika 1- §. Tovush fizik hodisadir. Tovushning tarqalishi


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana09.06.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1469841
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Oybek Temur akaga

a
b
c
bo‘lgan rezonator qutichasi ustiga qo‘yiladi (bu qutichaning uzunligi kamerton asosiy 
tonining havodagi to‘lqin uzunligining choragiga teng bo‘lishi kerak).
Kamertonning tarmoqlari shunday tebranadiki, bunda 2.8 a-rasmda 
ko‘rsatilganidek tik to‘lqin hosil bo‘ladi. Asosiy tonga mos keluvchi bu tebranishga 
qo‘shimcha tonlar vujudga keltiruvchi tebranishlar qo‘shiladi. Bunda chastotalari 
asosiy tonining chastotasidan 
4
1
6
va 
2
1
17
marta katta bo‘lgan garmonik tebranishlar 
yaqqol ajralib turadi. 
Agar skripka kamonchasini kamerton tarmog`ining o‘rta qismidan pastrog`iga 
ishqasak, u holda asosan 2.8 b- rasmda tasvirlangan tebranish yuzaga keladi. Bu 
holda kamerton chastotasi asosiy tonning chastotasidan 
4
1
6
marta katta bo‘lgan juda 
“tiniq” birinchi qo‘shimcha ton chiqaradi. 

2.8-rasm. Kamertonning asosiy va qo‘shimcha tonlari. 
Cholg`u trubasi (masalan, fleyta, klarnet, fagot va boshqalar) chiqaradigan 
asosiy tovush tonining chastotasi rezonans tebranishlari truba ichida uyg`otilgan 
tovushni kuchaytiradigan havo ustunining uzunligiga bog`liq. Bu havo ustunida tik 
tovush to‘lqinlari paydo bo‘ladi; agar bunda trubaning ikki tomoni ochiq bo‘lsa, u 
holda trubaning uchlariga tik to‘lqinning do‘ngliklari to‘g`ri keladi; agarda trubaning 
faqat bir tomoni ochiq bo‘lsa, u holda ochiq uchida do‘nglik, yotiq uchida esa tugun 
joylashadi. Har qanday turg`un to‘lqinda do‘ngliklar orasidagi masofa doim to‘lqin 
uzunligining yarmiga teng, shuning uchun ham ikki tomoni o ch i q truba rozonans 
ravishda kuchaytiriladigan tovush asosiy tonining to‘lqin uzunligi trubaning 
ikkilangan uzunligiga teng bo‘ladi. Ikkala tomoni ochiq truba ichida bu asosiy 


41 
tebranish bilan bir vaqtda barcha mumkin bo‘lgan karrali chastotalar bilan ham 
tebranishlar yuz berishi mumkin (2.9- rasm). 
Agar trubaning bir tomoni bekik bo‘lsa, u holda truba rezonans ravishda 
kuchaytiradigan tovush asosiy tonining to‘lqin uzunligi truba uzunligidan to‘rt marta 
katta bo‘ladi (bu holda, aytib o‘tilganidek, trubaning ochiq uchida do‘nglik, yopiq 
uchida esa tugun joylashadi; do‘nglik bilan tugun orasidagi masofa chorak to‘lqin 
uzunligiga teng bo‘ladi). 
2.9 a- va b rasmlarni taqqoslab ko‘rib, bir tomoni berk trubalar uchun asosiy 
ton va obertonlarnnng tebranishlar soni 1:3:5:7 va hokazo nisbatda bo‘lishini, ya`ni 
juft obertonlar yo‘qligini payqab olish qiyin emas (haqiqatdan ham, agar biz 2.9 a- 
rasmni o‘rtasidan vertikal yo‘nalishda kesib, trubaning o‘rtasida tugun emas, 
do‘nglik joylashgan shakllarni tashlab yuborsak, u holda bir tomoni berk truba ichida 
yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan hamma tik to‘lqinlarning tasvirini olamiz, ya`ni
2.9 b- rasmni olamiz). 
2.9 a-rasm. Ikkala uchi ochiq (a) va bir uchi ochiq (b) truba ichidagi
tovush tebranishlari.
 
Tor chiqaradigan tovushning chastota tarkibi torning uzunligiga, massasiga va 
tarangligiga, shuningdek tor tebranishlarini uyg`otish usuliga bog`liq. Tor 
chiqarayotgan tovushning asosiy toni va obertonlari torning ko‘ndalang 
tebranishlarining turg`un to‘lqinlariga mos keladi. Torlarda turg`un to‘lqinlarni 
Melde (1860-y.) tekshirgan bo‘lib, u o‘tkazgan tajribaning sxemasi 2.10- rasmda 
tasvirlangan.
a) 
b) 


42 
Melde tor tebranishlarini uyg`otish uchun torning bir uchini kamertonning bir 
tarmog`iga bog`lab, tosh ilingan ikkinchi uchini blok orqali o‘tkazib osiltirib 
qo‘ygan. Tebranishlarni bunday qo‘zg`atish usuli shu jihatdan qiziqarliki, bunda 
torga kamerton tomonidan beriladigan bo‘ylama impulslar torning ko‘ndalang 
tebranishlarini vujudga keltiradi. Bu odatda, tebranishlarni parametrik uyg`otishning 
o‘zginasidir (“parametr” - kattalik so‘zidan olingan bo‘lib, bunda tebranayotgan 
kamertonning torga ta`siri torning tarangligini davriy ravishda o‘zgartirib turishidan 
iboratdir). 
2.10-rasm. Melde tajribasi. 
Melde tajribasida kamerton tebranishlari soni bilan tor ko‘ndalang 
tebranishlarining xususiy chastotasi orasidagi nisbat ma`lum bir qiymatga ega 
bo‘lganda tor tebranishlarining tik to‘lqinlari yuzaga keladi va ular yaqqol ko‘rinib 
turadi. Bu hodisa parametrik rezonans deb ataladi; u tashqi ta`sir chastotasi 
(kamertonning chastotasi) sistemaning (torning) xususiy tebranish chastotasidan 
butun son marta katta bo‘lgan hollarda kuzatiladi. Torning ko‘ndalang tebranishlari 
xususiy chastotasi tor tarangligining kvadrat ildiziga proporsionaldir. Melde 
tajribasining takrorlash yo‘li bilan torni tortib turuvchi toshni torning xususiy 
tebranish chastotasi kamertonning tebranish chastotasidan ikki marta kichik 
bo‘ladigan qilib tanlab olish qiyin emas; u vaqtda 2.10- A rasmda ko‘rsatilgan tik 
to‘lqin hosil bo‘ladi. Toshning og`irligi yuqoridagidan to‘rt marta kam bo‘lganda 


43 
2.11-rasm. Unli tovushlar uchun 
xarakterli chastotalar sohasi (unli 
tovushlarning formantlari). 
tugun torning o‘rtasiga to‘g`ri keladi (2.10- B rasm); agar toshning og`irligini 9, 16, 
25 va h. k. marta kamaytirsak, u holda tugunlar soni har gal bittaga ortadi. 
Torlarning tebranish qonunlarini Mersen (1636-y.) kashf etdi. Bu qonunlar 
Teylor (1713-y.) nazariy yo‘l bilan chiqargan formulada umumlashtirilgan: 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling