Akustika 1- §. Tovush fizik hodisadir. Tovushning tarqalishi


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana09.06.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1469841
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Oybek Temur akaga

m
T
L
n
v
i
i
2
1


,
(2.8) 
Bu erda
i
n
= 0 bo‘lganda
0

tor chiqaradigan asosiy tonning chastotasini 
ifodalaydi,
i
n
= 1, 2, 3, 4 va h. k. bo‘lganda
i

mos obertonlarning 
chastotalarini ifodalaydi, L - torning uzunligi, T - torning tarangligi, m- tor birlik
uzunligining massasi. 
Obertonlarning nisbiy kuchi tor tebranishlarini uyg`otish usuliga bog`liqdir. 
Masalan, agar kamonchani torning birinchi oberton turg`un to‘lqinining turg`un 
joylashgan o‘rta nuqtasiga ehtiyotlik bilan ishqasak, u holda deyarli birinchi obertoni 
bo‘lmagan tovush uyg`onadi. 
Nutq tovushlari tebranishlari juda murakkab 
xarakterga ega bo‘lgan tovush pardalari tomonidan 
chiqariladi. Tomoq bo‘shlig`ining, ayniqsa og`iz 
bo‘shlig`ining rezonans xossasi tufayli pardalar 
chiqaradigan tovushning xarakteri keskin o‘zgaradi: 
chastotalari 
rezonans 
bo‘shliqlarining 
xysysiy 
chastotalariga yaqin bo‘lgan ayrim komponentlari 
kuchayadi va chiqarilayotgan tovushning asosiy 
energiyasi ana shu komponentlarda to‘planadi. 
Bo‘shliqning xususiy chastotasi uning o‘lchamlari va 
shakliga 
bog`liq 
bo‘lganligi 
uchun, 
ravshanki 
maksimal kuchaytiriladigan komponentlarning holati u 
yoki bu nutq tovushini chiqarayotgan vaqtda og`iz 
bo‘shlig`iga berilgan shakl bilan aniqlanadi. 


44 
Biz kundalik tajribamizdan bilamizki, nutqning har bir tovushiga og`iz 
bo‘shlig`ining til va labning vaziyati bilan aniqlanuvchi ma`lum bir shakli mos 
keladi; demak, nutqning har bir tovushiga rezonanslovchi bo‘shliqlarning xususiy 
chastotalari yaqinida yotuvchi bir yoki bir nechta xarakteristik chastotalar sohasi 
mos keladi. Tovush energiyasining ma`lum chastotalar (unli tovushlar uchun juda tor) 
sohalarida ana shunday to‘planishi bizga nutq tovushlarini bir-biridan ajratishga
imkon beradi. Har bir nutq tovushi uchun xarakterli bo‘lgan bunday chastotalar 
sohalari formantlar deb ataladi. Ayrim unli tovushlar formantlarining holati 2.11-
rasmda ko‘rsatilgan. Qo‘sh xoj bilan asosiy (bosh) formantlar, bir xoj bilan esa 
asosan tembrning faqat o‘ziga xos xususiyatlarini xarakterlaydigan ikkinchi darajali 
formantlar belgilangan. 
O‘zlarining tabiatiga ko‘ra shovqinlarga yaqinroq turuvchi undosh tovushlar 
ham formantlar bilan xarakterlanadi. Biroq bu tovushlarda unlilardagiga nisbatan 
formant sohalari kengroq bo‘lib, ular chastotalarining anchagina keng diapazonini o‘z 
ichiga oladi. Ayrim undosh tovushlarni uyg`otish jarayonida faqat tovush pardalari 
ishtirok etibgina qolmay, rezonans bo‘shliqlarining o‘zlari ham ishtirok etishini qayd 
qilib o‘tish kerak. Masalan, undosh “s” ni talaffuz etish vaqtida havo oqimlari til 
bilan tish orasidan puflab chiqariladi, uning shovullash xarakteri shu bilan 
belgilanadi. Ayrim undoshlar uchun formantlar juda yuqori chastotalar sohasida 
yotadi (masalan. “s” undoshning spektri 13000 Hz gacha cho‘ziladi). 
Tarkibida doim garmonik tebranishlar to‘plamini topish mumkin bo‘lgan 
musiqa tovushlaridan farqli ravishda shovqinlar chastota va amplitudalari vaqt o‘tishi 
bilan o‘zgarib boruvchi jarayonlar tomonidan yuzaga chiqariladigan tovushlardan 
iboratdir. Yuqorida tushuntirib o‘tilganidek, musiqa tovushlarning spektri chiziqli 
xarakterga ega bo‘ladi. Shovqinda, agar uni garmonik tebranishlarga ajratmoqchi 
bo‘lsak, istalgan chastotali (to juda yuksak 13000—14000 Hz chastotalargacha) 
tebranishlarni topishimiz mumkin. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling