Ал-хоразмий номидаги
Ishlab chiqarishning o`zidagi iste’mol
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy iste’mol
Ishlab chiqarishning o`zidagi iste’mol deb shu ishlab chiqarishda hom-ashyo, material, yarim tayyor mahsulot, yoqilg`i, mashina, asbob-uskuna sifatida mahsulotning bir qismini iste’mol qilishga aytiladi. Ishlab chiqarishning o`zidagi iste’mol xo`jalik mablag`lari davriy aylanishining ishlab chiqarish jarayonida hisob qilinadi.
Budjetdagi tashkiloti va muassasalariga davlat budjeti hisobidan ma’lum miqdorda mablag` ajratiladi. O`z navbatida ular bu mablag`larga moddiy qiymatliklar sotib oladi va o`z xodimlariga ish haqi beradi. Bunday tashkilot va muassasalarning iste’moli ishlab chiqarishga tegishli bo`lmagan iste’mol hisoblanib, bu ham buxgalteriya hisobining ob’ektidir. Buxgalteriya hisobi predmetiga umumiy ta’rif berilayotganda bunday tashkilot va muassasalarning xo`jalik mablag`lari davriy aylanishning hamma bosqichlarini o`tamasligini ham hisobga olmoq zarur. Bu tashkilot va muassasalar o`z vazifalarini bajarishlari davomida hech qanday daromad olmaydi va davlat budjetidan berilgan mablag`larni yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga asosan xarajat qiladi. Ularda buxgalteriya hisobining asosiy ob’ektlari davlat hisobidan ajratilgan ana shu mablag`larning butligi va ular hisobidan sotib olingan moddiy qiymatliklarning holati, harakati hamda ulardan to`g`ri foydalanish, turli korxona, tashkilot va muassasalar bilan bo`lgan hisob-kitob munosabatlari hamda smeta bo`yicha ajratilgan mablag`lardan samarali foydalanish hisoblanadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosiy maqsadi jamiyat a’zolarining o`sib borayotgan ehtiyojlarini to`laroq qondirishdir. Shuning uchun ham mahsulotni iste’mol qilish turlari ichida shaxsiy iste’mol katta o`rinni egallaydi. Bu masala ko`rib chiqilayotganda shaxsiy istem’ol ham buxgalteriya hisobining ob’ekti bo`ladimi, degan savol tugiladi. Shaxsiy iste’mol buxgalteriya hisobi tomonidan bevosita qamrab olinmaydi, chunki har bir jamiyat a’zolarining iste’moli buxgalteriya hisobida bevosita aks ettirilmaydi. Lekin shuni ham nazarda tutish kerakki, davlat savdosi, matbuot va umumiy ovqatlanish korxonalari, sog`liqni saqlash, halq ta’limi muassasalari, davlat va jamoa xo`jaliklarining buxgalteriya hisobida shaxsiy iste’mol haqidagi ma’lumotlar bo`ladi. Shuning uchun shaxsiy iste’mol buxgalteriya hisobida umuman aks ettirilmaydi deb hisoblash ham to`g`ri kelmaydi. Ishlab chiqarish korxonalarida xo`jalik mablag`larining holati va harakati, o`z mablag`lari mabalari va chetdan jalb qilingan mablag`lar manbalari holati va davriy aylanishdagi harakati, xo`jalik jarayonidagi tugallanmagan ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotni sotish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar, sotib olingan moddiy qiymatliklar va ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning holati va harakati, korxonaning o`z xo`jalik faoliyatida vujudga kelgan hisob-kitob va kredit muomalalari va nihoyat korxona xo`jalik faoliyatining moliyaviy natijalari buxgalteriya hisobining ob’ektlari bo`lib hisoblanadi. Davlat budjetidan ajratilgan mablag`lar hisobiga o`z vazifalarini bajarayotgan tashkilot va muassasalarda buxgalteriya hisobining ob’ektlari bo`lib, ularga davlat budjetidan ajratilgan mablag`larning va ularning tashkil topish manbalarining holati va harakati, boshqa tashkilot va muassasalar hamda ishchi va xizmatchilar bilan bo`ladigan pul va hisob-kitob muomalalari hisoblanadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga ijtimoiy munosabatlarni takror ishlab chiqarish ham kiradi. Ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobining ob’ekti bo`ladimi? Buxgalteriya hisobi kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonining hamma tomonini qamrab olmaydi. Masalan, ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarish, to`la hajmda xodimlarning ko`payishi, ular malakasining oshirilishi va xodimlardan foydalanish buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi. Buxgalteriya hisobida xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish xarajatlari hamda ishchi kuchlarini tayyorlash bilan bog`liq bo`lgan har xil xarajatlar aks ettiriladi, holos. Shuningdek ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarishni ham buxgalteriya hisobi to`la qamrab olmay, balki uning ayrim qismlarinigina hisobga oladi. Masalan, ish haqi sifatida ishchi va xizmatchilarning ijtimoiy ishlab chiqarishga bo`lgan munosabati. Buxgalteriya hisobida korxona ixtiyoridagi mablag`lar, xo`jalik jarayoni va uning ta’siri ostida xo`jalik mablag`larining hajmi, tuzilishi, joylashish va tayinlanishida sodir bo`ladigan o`zgarishlar aks ettiriladi hamda korxonalar xo`jalik faoliyatining moliyaviy natijalari aniqlanadi. Buxgalteriya hisobi vositasida xo`jalik faoliyati jarayonlari, mablag`lari aks ettiriladi hamda ularning tashkil topish manbalari nimalardan iborat ekanligi to`g`risidagi ma’lumotlar olinadi. Shunisi ham borki, buxgalteriya hisobida faqat pul o`lchovlaridan foydalanish mumkin bo`lan xo`jalik jarayoni va mablag`larigina o`z aksini topadi, holos. Pul ifodasiga ega bo`lmagan mulklar, masalan, yer, o`rmonzor va boshqalar buxgalteriya hisobida o`z aksini topmaydi. Agar ularning qiymati aniqlanib, pulda ifodalanadigan bo`lsa, u holda bular ham buxgalteriya hisobida hisobga olina boshlanadi. Demak, buxgalteriya hisobi predmeti kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitida korxonaning pul ifodasida aks ettiriladigan xo`jalik mablag`lari va shu mablag`lar manbalari, ularning xo`jalik faoliyati va moliyaviy natijalaridir. Buxgalteriya hisobi predmetini bunday ta’riflash bilan barcha korxonalar uchun umumiy bo`lgan halq xo`jaligining kengaytirilgan takror ishlab chiqarishini olib borish ko`rsatiladi. Bu buxgalteriya hisobining eng muhim hususiyatlaridan biridir. Shu bilan birga ta’rifda buxgalteriya hisobini qo`llash doirasi va faqat pul o`lchovidan foydalanish mumkin bo`ladigan xo`jalik mablag`larigina hisobga olinishi ko`rsatilgan. Buxgalteriya hisobi predmeti halq xo`jaligining qanday doirasini aks ettiradi degan masala iqtisodiy adabiyotlarda har xil ifodalangan. Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi sanoat, qishloq xo`jalik, qurilish va boshqa korxonalarda, sog`liqni saqlash, halq ta’limi, davlat banklari va boshqa tashkilot va muassasalarda yurgiziladi. Bundan tashqari, buxgalteriya hisobining yuqorida ko`rib o`tilgan ob’ektlari uning predmetining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Buxgalteriya hisobining ob’ektlari, asosan ayrim xo`jalik korxonasi doirasidan chetga chiqmaydi. Demak, buxgalteriya hisobi ayrim korxonalarda tashkil etilib, ularning xo`jalik mablag`lari, faoliyati jarayonini uzluksiz kuzatib boradi va ular ustidan nazorat olib boradi. Lekin bu buxgalteriya hisobi predmeti ayrim korxonalar doirasi bilan cheklanib qoladi degan gap emas, albatta, chunki ularning har biri halq xo`jaligining ajralmas bir qismi bo`lib hisoblanadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling