Ал-хоразмий номидаги
Buxgalteriya hisobining usullari
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya hisobi usullari Buxgalteriya hisobi elementlari
- Hujjatlashtirish
Buxgalteriya hisobining usullari
Buxgalteriya hisobi halq xo`jaligi hisobining bir qismi sifatida qat’iy ilmiy asosga qurilgandir. Chunki har qanday fanning uslubiy asosi bo`lgan dialektik usul buxgalteriya hisobining ham asosidir. Buxgalteriya hisobi usulining ilmiy mazmuni, dialektik usul ko`rsatganidek, korxona xo`jalik mablag`lari va xo`jalik jarayonlarining hamma vaqt o`zaro aloqada, to`xtovsiz rivojlanishda, birlikda va harakatda ekanligiga asoslanadi. Buxgalteriya hisobi o`zining predmeti hususiyatlariga mos o`rganish usullaridan foydalanadiki, bular ma’lum kuzatish natijalarini pul ko`rsatkichida ifodalash, qayd qilish hamda uni zarur yozuvlar yordamida tartibga solish, natijalarini aniqlashdan iboratdir. Bunday usullarga buxgalteriya hisobi yozuvlarining hujjatlarga asoslanishi, yo`qlama qilish, baholash, kalkulyatsiyalash, buxgalteriya schyotlari, xo`jalik muomalalarini schyotlarda qayd qilishni maxsus ikkiyoqlama yozish tizimida yurgizish, buxgalteriya balansi va hisobotini tuzishlar kiradi:
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi usulining eng muhim elementi ekanligi 1938 yilda professor Ya.M.Galperin tomonidan isbotlanib, iqtisodiy adabiyotga kiritilgan. Har bir xo`jalik muomalasi hujjatlashtirish asosidagina hisobga olinadi. Hech qanday yozuv buxgalteriya hisobida hujjatsiz qayd qilinmaydi. Bir yoki bir necha xo`jalik muomalalari to`g`risidagi ma’lumotlarning isboti sifatida ma’lum hujjat rasmiylashtiriladi. Hujjat rasmiylashtirilayotganda uning oldiga qo`yilgan hamma huquqiy talablarga rioya qilish zarur. Faqat shunday rasmiylashtirilgan hujjatlargina buxgalteriya hisobining ko`rsatkichlariga umuman va ayrim ma’lumotlariga ishonchli dalil bo`la oladigan kuchga ega bo`ladi. Korxonalarda sodir bo`layotgan hamma xo`jalik muomalalarini yoppasiga va uzluksiz kuzatish natijalarini natura va pul ko`rsatkichlarida ifodalash uchun bu ma’lumotlarni ularning isboti bo`lgan hujjatlarda qayd qilish usuli qo`llaniladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling