Ал-хоразмий номидаги


Download 0.84 Mb.
bet28/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Kalkulyatsiya qilish mahsulot birligi, bajarilgan ish va xizmatlar tannarxini pul ifodasida hisoblash usulida namoyon bo`ladi. Mol yetkazib beruvchilardan keltirilayotgan material, hom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg`i va boshqa moddiy qiymatliklar tannarxi ham kalkulyatsiya qilinadi. Kalkulyatsiya qilish buxgalteriya hisobi usulining muhim elementi ekanligi iqtisodiy adabiyotga 1948 yili prof. A.A.Afanasev tomonidan kiritilgan.
Schyotlar tizimi yordamida buxgalteriya hisobi ob’ektlarini ularning iqtisodiy mazmuniga qarab umumlashtirish amalga oshiriladi.
Korxonalar ixtiyorida turli-tuman moddiy qiymatliklar, mehnat vositalari, pul mablag`lari va boshqalar bo`ladi. Ularning holati va harakati ustidan kuzatish va nazorat olib borish buxgalteriya hisobining asosiy funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Korxonalarda moddiy qiymatliklarning nomenklaturasi bir necha mingta bo`lishi mumkin. ularning har qaysisining holati, kelishi va ketishi analitik schyotlar yordamida kuzatiladi va nazorat olib boriladi. Agar korxonada moddiy qiymatliklar nomenklaturasi kam miqdorda bo`lganda edi, ularning har birida bo`lgan o`zgarishni kuzatish oson bo`lardi. Nomenklaturalar ko`p bo`lganligi sababli ularni iqtisodiy mazmuni jihatidan umumlashtirish zaruriyati tug`iladi.
Har bir hisobot davri mobaynida xo`jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida turli-tuman muomalalar sodir bo`ladi. Ular schyotlar tizimidan foydalanib xo`jalik muomalalarining ma’lum iqtisodiy mazmuniga qarab umumlashtiriladi. Buxgalteriya hisobi ob’ektlarini buxgalteriya schyotlari yordamida guruhlashtirish buxgalteriya hisobi usulining muhim elementi ekanligi iqtisodiy adabiyotga N.A.Leontev, V.E.Kedrov va S.A.Shenchkovlar tomonidan kiritilgan.
Xo`jalik muomalasini buxgalteriya hisobining schyotlarida aks ettirish ikkiyoqlama yozish usuli yordamida amalga oshiriladi. Maxsus ikkiyoqlama yozish tizimi bo`yicha qayd qilish shundan iboratki, har qanday xo`jalik muomalasiga tegishli bu summa buxgalteriya hisobida bir vaqtning o`zida ikki schyotda aks ettiriladi. Bu usul xo`jalik muomalalarining ikkitaraflamaligidan kelib chiqadi. Ikkiyoqlama yozish usuli buxgalteriya hisobi usulining muhim elementi sifatida iqtisodiyotga professor N.A.Kiparisov tomonidan kiritilgan.
Korxonalar xo`jalik faoliyati natijalarini aniqlashda qanday mablag`larga ega ekanligi, qaerlarga joylashgani, qanday manbalardan tashkil topganligi to`g`risidagi ma’lumotlar zarur bo`ladi. Bunday ma’lumotlar yuqori tashkilot, qonunchilik va me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan muddatlarga tuziladigan buxgalteriya balansidan olinadi. Balansli umumlashtirish buxgalteriya hisobi usulining muhim elementlaridan biriligini professor N.A.Kiparisov isbotlagan. Yaqinga qadar ko`pgina mualliflar balansni buxgalteriya hisobining usuli deb ta’riflar edi.
Buxgalteriya hisobining usulini bunday ta’riflash to`g`ri kelmaydi. Chunki balansda xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil topish manbalarini ma’lum sanaga ko`rsatish uchungina uyushtirilmaydiku, axir.
Korxonalarning xo`jalik faoliyati haqida umuman hulosa chiqarish uchun xo`jalik mablag`lari, ularning joylashtirilishi va tashkil topish manbalarini ko`rsatuvchi ma’lumotlarga ega bo`lgan buxgalteriya balansidan tashqari, korxonadagi ayrim bo`linmalar xo`jalik faoliyatining umumiy ko`rsatkichlari, xo`jalik faoliyati maxsus tomonlarining tavsifini beradigan ko`rsatkichlar ham zarur bo`ladi. Bunday ko`rsatkichlarga buxgalteriya hisobi usulining elementi bo`lgan hisobot yordamida erishiladi. Hisobot buxgalteriya hisobi usulining asosiy elementi deb buxgalteriyaga doir adabiyotga 1939 yilda A.M.Galagan tomonidan kiritilgan. Ma’lum davrga bo`lgan xo`jalik faoliyatini aks ettiruvchi umumlashtirilgan xo`jalik jarayoni va muomalalarini ularning iqtisodiy mazmuniga qarab ma’lum tartibda guruhlashtiriladigan va o`zaro aloqadorligini ta’minlaydigan ko`rsatkichlarni aks ettiruvchi shakllar yig`indisi hisobot deb ataladi.
1991 yildan boshlab yagona bxgalteriya hisoboti joriy etilgan. Bu yagona buxgalteriya hisoboti to`rtta shakldan iborat bo`lgan (hozirda beshta shakl – buxgalteriya balansi; moliyaviy natijalar va ularni ishlatish haqida hisobot; asosiy vositalar harakati to`g`risidagi hisobot; pul oqimlari harakati to`g`risidagi hisobot; hususiy kapital to`g`risidagi hisobot).
Hisobot yili ichida korxonalar birinchi chorak, yarim yillik va to`qqiz oylik buxgalteriya balansi hamda moliyaviy natijalar va ularni ishlatish haqidagi hisobotlardan iborat tashqi buxgalteriya hisobotini tuzib, tegishli idoralarga topshirilishi mumkin.
Yillik buxgalteriya hisobotida yuqorida keltirilgan yagona buxgalteriya hisobotining hamma shakllari to`ldirib topshiriladi. Bu yagona buxgalteriya hisoboti avvalgi buxgalteriya hisobotlaridan hisobot shakllarining kamligi bilangina emas (20 ta o`rniga 5 ta shakl), balki yangi hisobot shakllarida reja yoki me’yor ko`rsatkichlarining yo`qligi bilan ham farq qiladi.
Yuqorida aytib o`tilgan usullar yordamida buxgalteriya hisobida xo`jalik jarayoni va muomalalari ustidan yoppasiga uzluksiz kuzatish olib borish, ularni hujjatlarda qayd qilish, hisob ma’lumotlari xo`jalik faoliyatining haqiqiy ahvoliga muvofiq kelishi ustidan joriy kuzatish va nazorat olib borishga erishiladi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida halq xo`jaligining ayrim tarmoqlari yoki halq xo`jaligi miqyosida umumlashtirilgan ko`rsatkichlar olishda ma’lumotlarni jamlash (svodkalash) ham ishlatiladi. Lekin, ma’lumotlarni jamlash buxgalteriya hisobining usuli emas, balki statistika usulidir. Yuqorida ko`rsatilganlarga asosan buxgateriya hisobi usulining ta’rifini qo`yidagicha berish mumkin.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling