Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
95 
library.ziyonet.uz/ 
 
Xirad har kimgakim, Haqdin atodur,  
Bu ishda e’tiroz etmak xatodur.  
Sanga boʻlgʻon kibi ishqim balosi,  
Manga ham tushmish erdi ibtilosi.  
Qatilikim atongdin koʻrdi bedod,  
Bori ishq ahlining sarxayli Farhod,  
Boʻlub ishqim kamandining asiri,  
Men oning ishqi bandining asiri.  
Bu ikki ishqdek har lavsdin pok,  
Kerak koʻrmaydur erkin davri aflok.  
Mening ishqimda etti tarki jon ul,  
Adam sarmanzilin qildi makon ul.  
Aning hajrida men bemori bedil,  
Qushemenkim, qilurlar nim bismil
(2)
.  
Erur za’fim dogʻi oning gʻamidin,  
Halokim dogʻi oning motamidin  
Ki, ishqimda aningdek fardi olam,  
Vafo bobida gʻamrarvardi olam.  
Oʻlub men qilmasam zohir vafoye,  
gʻamidin tutmasam soʻgu azoye.  
Koʻngulning aytkim, ne holi oʻlgʻay,  
Nechuk oning gʻamidin xoli oʻlgʻaygʻ!.  
Ishorat qilsa shah aylab meni shod  
Ki, Shorur oʻlsa gʻam qaydidin ozod.  
Ani bir xayl ila qilsam ravona,  
Anga tegruki oʻlmish ul yagona.  
Qaro kiysam, dogʻi tutsam azosin,  
Kim etsam jon aro ishqi balosin,  
Xalos aylab badanni mehnatidin,  
Koʻngulni xoli etsam furqatidin.  
Bu ish boʻlgʻoch, ne shah qilsa ishorat,  
Manga xud boʻlgʻusidur ul bashorat.  
Tunu kun soyadek yonida boʻlsam,  
Ne qilsa, hukmu farmonida boʻlsam.  
Agar bu ishga rozi boʻlmasa shoh,  
Oʻluk torqay meni, boʻlguncha ogoh.  
Borib Sheruyagʻa farxunda qosid,  
Chu qildi arz bu yangligʻ maqosid.  
Boʻlub koʻngli bagʻoyat shodu xurram,  
Qoʻyub Shorurni hukm etti ul dam  
Ki, sarvi lolarux qilsun degandek,  
Muborak xotiri ne istagandek.  
Koʻrub Shorurni mohi Parichehr,  
Atorud birla qilgʻondek qiron mehr.  
Tushub tufroqqa Shoruri jigarxun;  
Qilib qon yoshi mujgonin tabarxun.  
Chekib devonalardek un Parizod,  
Ani koʻrganda Farhodin qilib yod.  
Zamone tuttilar bir nav’i motam  
Ki, boʻldi qiyrgun feruza xotam
(3)
.  
Jaza’ toʻfonigʻa chun boʻldi taskin,  
Dedi Shoruri mehnatkashgʻa Shirin.  
Nekim Sheruyadin kelgan maqolot,  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling