Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 97 library.ziyonet.uz/ Vafoda ul oʻz insofini olmish, Ul aylab oʻz ishin, ish bizga qolmish. Umidim ulki, yetgay oʻyla holat Ki, mehmondin manga yetmay xijolat, Vafosin jonda rinhon aylagaymen, Nisori maqdami jon aylagaymen. Agarchi bor edim Bonugʻa yotliq, Oʻlar damda uyotliqmen-uyotliq. Bihillik istabon yer oʻrti filhol, Qilurgʻa azmi xilvat qoʻrti filhol». Yurub uy sori, jondin yub ilikni, Kirib rust etti ichkardin eshikni. Malolat qolmayin koʻnglida chandon, Xirom etti amori sori xandon. Chu ul mahd ichra kirdi sarvi gulroʻ, Koʻrarkim, eltmish mehmonni uyqu. Munungdek uyquni kim koʻrdi jovid. Ki, uygʻonmay yetib boshigʻa xurshed. Bu yangligʻ uyqu koʻrgach sarvi cholok, Anga hamxobaliq qildi havasnok. Qoʻyubon roʻy-barroʻ, doʻsh-bardoʻsh, Boʻlub oʻz bedili birla hamogʻush. Koʻnguldin shu’laliq ohe chiqordi, Koʻzi hamxobadek uyqugʻa bordi. Ne uyqu, kimsa andin qonmas uyqu, Qiyomatqa degin uygʻonmas uyqu. Bu boʻlsa uyqu, uygʻonmoq ne ya’nigʻ! Munungdek uyqudin qonmoq ne ya’nigʻ! Ketur soqiy, qadah tutqil manga qoʻsh Ki, boʻldum gulruxum birla hamogʻush. Bir uyqu boʻlsun ul maydin radidor Ki, boʻlgaybiz qiyomat subhi bedor. LII Shirinning Farhod ishqida jon berganin bilib, Mihinbonu dogʻi joni shirin tarkin qilib, bu holatda Bahromi dilovarning Chin mulkidin kelgani va bu vaqoyi’ vahshatidin yorugʻ jahongʻa qarongʻu goʻrni tarjih qilgʻoni va Sheruyai zolim amvolidin Farhod uchun raddi mazolim qilib, Armanda rodshohi odil tayin etgani va Chin bila Magʻribzamin cheriklariga ijozat berib qaytarib, oʻzi zohir saltanati tarkin etgani va ma’naviy saltanatqa yetgani Bu motamxona ichra navharardoz, Bu yangligʻ etti lahni navha ogʻoz Ki, chun mahvash ul uy ichra kirib chust, Eshiklarni kiyirdin bogʻladi rust. Mihinbonu bila xaylu tabori, Necha chektilar oning intizori. Sanam qoʻymodi uydin tashqari gom, Yorilgʻuncha jahongʻa rardai shom. Tahammulsiz boʻlub uy sori borib, Eshik ochilmogʻondin soʻng qoʻngorib. Amori sori qoʻydilar qadamni, Ochibon rarda, koʻrdilar sanamni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling