Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
98 
library.ziyonet.uz/ 
 
Ki, Farhodi bila yotib hamogʻush,  
Qoʻyubon roʻy-barroʻ, doʻsh-bardoʻsh.  
Koʻziyu qoshi uzra, koʻzu qoshi,  
Sari moʻ boʻlmayin zohir tahoshi.  
Ketib ul furqati behaddu gʻoyat,  
Boʻlub roʻzi visoli benihoyat.  
Oʻluk oshiq bila ma’shuqi bejon,  
Nechukkim sarv birla ishqrechon.  
Quchub oʻz oshiqin ma’shuqi mahkam,  
Nechukkim, oshiq oʻz ma’shuqini ham.  
gʻalat qildim, boʻlub Farhodu Shirin,  
Riyozi jannat ichra ishratoyin.  
Falakda ikkisining ruhi poki,  
Qolib tufroqqa ikki jismi xoki.  
Chu Bonu koʻrdi mundoq turfa holat,  
Anga xud bor edi jondin malolat.  
Chiqib gardun sori afgʻoni oning,  
Figʻoni birla chiqti joni oning.  
Chu Shirin joni erdi, onsiz oʻldi,  
Damekim oʻldi onsiz, jonsiz oʻldi.  
Magar jon keynicha chiqti figʻoni  
Va yo chiqti figʻoni birla joni.  
Aning naxli hayoti dogʻi sindi,  
Zamona koʻngli andin dogʻi tindi.  
Ajab nav’ oʻldilar ul notavonlar,  
Fido bu nav’ oʻlmaklikka jonlar.  
Eshittimkim, hamul aqshom guruhe,  
Riyozat birla qozgʻolgʻon shukuhe.  
Adadda qirq ul xayli kiromi,  
Bu yangligʻ tush Koʻrubturlar tamomi  
Ki, jannat ichra bogʻe osmoncha,  
Munungtak bogʻ aro qasre jahoncha.  
Hamul dilkash chamandin ruh olib qut,  
Ham ushbu qasr oʻlub bir dona yoqut.  
Safovu ziynati imkondin ortuq,  
Nekim vasf aylagaylar ondin ortuq.  
Aning ta’rifida ketmak ne hojat,  
Kishi uchmoqni vasf etmak ne hojat.  
Bu qasr ayvoni ichra nurdin taxt,  
Bu taxt uzra hariru hulladin raxt.  
Chiqib ul taxt uza Farhodu Shirin,  
Nechukkim gulshan ichra sarvu nasrin.  
Jamolu ziynatu zebu safoda,  
Boʻlub yuz onchakim, dori fanoda.  
Aning sori ato birla ano ham,  
Kelib Bonu munung sori yano ham.  
Jamolu mulku johi har birining,  
Boʻlub olamda boʻlgʻonning biri ming.  
Alar soʻrgʻon emishkim bu jamoat,  
Ne qilmishlar ekin taqviyu toat  
Ki, bu qasr ichra manzil aylamishlar,  
Muningdek roya hosil aylamishlar,  
Deb ermish xozini jannatki, Farhod  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling