Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (I- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
36 
library.ziyonet.uz/ 
 
Topib ul fasl rangin ahli nirang,  
Muvofiq aylagaylar qasrini rang.  
Bahoriy qasrining tuzgach asosin,  
Olib gullar jamolidin qiyosin.  
Buti gulchehradek shang aylagaylar,  
Yuzidek oni gulrang aylagaylar.  
Yana qasreki tobistoniy oʻlgʻay,  
Tana’umning saro boʻstoni oʻlgʻay.  
Qilur ul fasl bargu sabza ohang,  
Tanosub birla qilgʻaylar yashil rang.  
Yana bir qasrkim boʻlgʻay xazoniy,  
Chu bor ul fasl rangi za’faroniy.  
Anga bu rang ila bergaylar oyin,  
Qilib zarkorligʻ birla har oyin.  
Yana bir qasrni aylab shitoyi,  
Toʻshab kofurgun jinsi xitoyi.  
Berib nisbatda qoru muzgʻa rayvand,  
Yetib rangin oning kofur monand.  
Bu yangligʻ toʻrt qasri charxkirdor  
Ki, boʻlgʻay toʻrt fasl andin namudor.  
Muhayyo aylagaylar naqshi chindek,  
Fazosi ravzai xuldi barindek.  
Tugangach ravzadek har bayti ma’mur  
Keraklik boʻlsa gʻilmon anda yo hur.  
Xitou Chinda tanlab nozaninlar,  
Bori gʻilmonvashu huro jabinlar.  
Bu jannatlargʻa qilgʻaylar xiromon,  
Nechukkim ravza ichra huru gʻilmon.  
Shak ermaskim, bulardin shohzoda  
Tana’um birla boʻlgʻay dilkushoda.  
Burundinkim solur ish tarhi ustod,  
Tamom oʻlgʻuncha har bir ishratobod,  
Hunarvarlarki qilgʻaylar hunar fosh,  
Agar xorotaroshu xoh naqqosh.  
Biri har dam yoʻnub yuz nav’ xora  
Ki, qilgʻay havz yo farshu izora.  
Biri har dam chekib yuz naqshi dilkash  
Ki, har bir qasrni qilgʻay munaqqash.  
Oʻshul muddatgʻacha bu korxona  
Ki, koʻrguzgay tuganmakdin nishona.  
gʻaroyib koʻp huvaydo boʻlgʻusidur,  
Base shakl anda raydo boʻlgʻusidur.  
Koʻrunub har zamoni koʻzga bir shakl,  
Koʻz olgʻoch boʻlgʻusidur oʻzga bir shakl.  
Chu boʻldi jilvagar ashkol yuz nav’,  
Anga ham boʻlgʻusi timsol yuz nav’.  
Yasarda boʻlsa har san’atqa mashgʻul,  
Yasalgʻach boʻlgʻusi ishratqa mashgʻul.  
Chu bu ishlarga boʻldi tab’i mu’tod,  
Shak ermas boʻlmogʻ ul ishlardin ozod.  
Chu Xoqon torti mundogʻ choragʻa dast,  
Ichiga shodligʻ yuzlandi rayvast.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling