Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 32 library.ziyonet.uz/ Chu uch yoshigʻa chekti davri aflok, Takallum qildi andoqkim duri pok. Soʻzi bori boʻlub afsonai ishq, Maqomu maskani koshonai ishq. Ajabdur uch yoshida koʻzga atfol, Nechukkim oʻn yoshida oʻzga atfol. Qolib bu ishda el hayroni oning, Sirehru mehr sargardoni oning. Ato bu nav’ koʻrgach ish hisobin, Munosib angladi ilm iktisobin. Keturdilar hakimi nuktadone, Bilik birla jahon ichra jahone. Falak mushkillari hal fikratidin, Falakka mushkil oning diqqatidin. Quyosh yangligʻ yorugʻ rayi muniri, Vale andin yoruq mo fizzamiri (5) . Qayu ilmiki yoʻq andin nihonroq, Aning qoshida yoʻq andin ayonroq. Surub hay’at sori chun fikrati raxsh, Sirehr ajzosin aylab jav-bajav raxsh. Va gar hikmatda royi jism etib qism, Koʻziga nuqtai mavhum ulugʻ jism. Tabiiyu, riyoziyu, ilohiy, «Alif, be, te»dek ollinda kamohi. Boʻlub Yunonda hikmat virdi oning Arastu bir kichik shogirdi oning. Yorutqoch bazmni donoi olam, Tilab shahzodani doroyi olam, Qilib ta’limigʻa yuz nav’ ta’kid, Falak ollinda manzil tutti xurshid. Alif, be degach ustod ibtidodin, Alif oldi alamdin, be balodin. Ham avval kunda berdi sarvi gulxad Atogʻa hadyai ta’limi abjad (6) . Uchunchi oy ravon boʻldi savodi, Burungʻi yilda Qur’on boʻldi yodi. Agar bir qatla koʻrdi har sabaqni, Yana ochmoq yoʻq erdi ul varaqni. Ne soʻznikim oʻqub koʻngliga yozib, Dema koʻngliki, jon lavhiga qozib. Oʻqub oʻtmak, uqub oʻtmak shiori, Qolib yodida safha-safha bori. Koʻrub chun ishqu oshiqliq maqolin, Topib oshufta mahzun koʻngli holin. Aning sharhini takror aylabon koʻr, Oʻqurda nolayu zor aylabon koʻr. Boʻlub oshiq gʻami sharhida gʻamnok, Yaqo chokin oʻqub, aylab yaqo chok. Kim etsa darddin oz-oz rivoyat, Qilib ul dard anga koʻr-koʻp siroyat. Kishi koʻnglin bilib afgor yigʻlab, Ne koʻzda ashk koʻrgach zor yigʻlab. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling