Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 31 library.ziyonet.uz/ Bu zebo bazmning alhonnamoyi, Bu yangligʻ boʻldi soʻz dastonsaroyi: Ki, chun Xoqongʻa Tengri berdi farzand, Boʻlub ul hadya birla shodu xursand. Jamoli birla koʻnglin aylabon xush, Otin qoʻymoq sori boʻldi raqamkash. Jamolidin koʻrungach farri shohi, Bu fardin yorudi mah to ba mohi. Qoʻyub yuz himmatu iqbolu davlat, Hamul far soyasidin torti ziynat (2) . Bu javharlargʻa chun isnod torti, Murakkab aylagach Farhod torti. Bu farni hodiyi baxt etgach irshod, Ravon shahzoda otin qoʻydi Farhod (3) . Hariru hulla ichra bogʻlabon chust, Murassa’ mahd ichinda tongdilar rust. Bu nav’ ermas ato qoʻymadi otin Ki, koʻrgach ishq aning pokiza zotin. Anga farzona Farhod ism qoʻydi, Hurufi ma’xazin besh qism qoʻydi. Firoqu rashku hajru oh ila dard, Birar harf ibtidodin aylabon fard. Borin ustodi ishq etgach murakkab, Tarakkubdin bu ism oʻldi murattab (4) . Malolat mahdida zor etti oni, Bu qayd ichra giriftor etti oni. Maalqissa chu torti mahd maskan, Qafas davlat humoyigʻa nishiman. Arusi charx tun-kun doyakirdor Boʻlub har tavri holidan xabardor. BEshik davrida chiniyu xitoyi, Boʻlub yuz noʻshlab dastonsaroyi. Koʻzining nozi eldin eltib uyqu, Anga uyqu keturmakka navogoʻ. Koʻrunmay oʻzga yoshlardek sifoti, Koʻziga boʻlmay uyqu iltifoti. Sutikim, sogʻibon ogʻzigʻa doya Ki jismi andin olgʻay qutu moya. Anga ichmak boʻlub nokom yangligʻ, Mavizu shirai bodom yangligʻ. Ne qatra sut ichurgach doyai ishq, Boʻlub bir gavhari sarmoyai ishq. Topib har qatra bir durdin nishoni, Va lekin borchasi durri maoni. Icharda moʻrdin oʻksuk gʻizosi, Topib qut onchakim, arslon bolosi. Birovkim ishqdin boʻlgʻay anga qut, Sut ichsa dur boʻlur, qon ichsa yoqut. Bu yangligʻ chun bir oʻldi yoshi oning, Sharaf durrigʻa yetti boshi oning. Qadam urdiyu tarki mahd qildi, Qoʻyub emgak yururga jahd qildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling