Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (I- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
33 
library.ziyonet.uz/ 
 
Hakim ul ishda qolib lol har dam,  
Qilib andin yuz istidlol har dam.  
Atogʻa gah boʻlub gʻolib tahayyur,  
Anoni goh etib ojiz tafakkur.  
Bu deb atfolgʻa bu nav’ oʻlur hol,  
Ul aytib, yoʻqtururmu oʻzga atfol.  
Qilib har bir ani bir nav’ ta’bir,  
Biri bilmay ne nav’ erkonni taqdir.  
Ishi bu yangligʻ erdi el aro fosh  
Ki, to umridin oning oʻtti oʻn yosh.  
Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm,  
Bilib tahqiqini kasb etmagan ilm.  
Boʻlub oʻn yoshqa umrining mururi,  
Yigirmi yoshcha qaddu jismu zoʻri.  
Ulum avroqi chun bir-bir yorildi,  
Dilovarliq silohi mayli qildi.  
Chu oz fursat anga mayl etti zohir,  
Qayu bir mayli qilgʻoch boʻldi mohir.  
Olib qavsi quzah chekmakka qullob,  
Turub mashriq etib magʻribgʻa rartob.  
Qaro tun gar nishon aylab Suhoni
(7)
,  
Falakcha novakigʻa ul nishoni.  
Debon Turki falak
(8)
 otqonda zihlar,  
Tavahhum toridin ochib girihlar.  
Qilichi zarbasi ollinda har marz,  
Shikof andoqki suvdin yer aro darz.  
Ne yer, togʻiki kisvat qildi xoro  
Bu kisvatdin qilib darz oshkoro.  
Qilib gar hamla Alburz
(9)
 uzra bir gurz,  
Boʻlub gardu chiqib gardungʻa Alburz.  
Yevurgach nayzasin davri falakvor,  
Boʻlub qalqon oʻziga charxi davvor.  
Tubo mixi bila sonchib samakni,  
TEshib noʻgi bila davri falakni.  
Chu maydon azmigʻa solib takovar,  
Buzugʻluq boxtardin to ba xovar.  
Oʻtub koʻk bodroyidin samandi,  
Tushub Bahrom
(10)
 boʻynigʻa kamandi.  
Yeti gardungʻa ofat shashraridin,  
Boʻlub suv hut
(11)
 bagʻri xanjaridin.  
Asad boʻynin uzub sarranja birla,  
Zabuni bir asad
(12)
 har ranja birla.  
Qilib Roʻyintan
(13)
 oʻz ilgini ranja,  
Tutub chin ranjasi olligʻa ranja.  
Hamul ilmi baland ovoza birla,  
Bu yangligʻ zoʻri beandoza birla  
Oʻzin abjad oʻqur eldin tutub kam,  
Dema donishki, zoʻri dast ila ham.  
Boʻlub shahlar eshigining gadoyi,  
Va lekin ul gadolar xoki royi.  
Anga teng rodsholigʻ, yo gadoligʻ,  
Gadoliqqa teng etmay rodsholigʻ.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling