Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (I- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
28 
library.ziyonet.uz/ 
 
Kafining bazli Ummondin ham afzun,  
Javohir sochmogʻi kondin ham afzun.  
Dema kondin, degil imkondin ortuq,  
Nekim yoʻq ondin ortuq, ondin ortuq.  
Zamona toqi ofoq aylab oni,  
Bari xonlar aro toq aylab oni.  
Aningdek fard etib charxi kuhangard  
Ki, bir farzanddin ham aylabon fard.  
Mukallal mehr durri birla toji,  
Aning bir oʻzga durga ehtiyoji.  
Murodi bogʻi yuz guldin barumand,  
Vale ul oʻzga gulga orzumand.  
Yuzidin ravshan aylab nuri kavnayn,  
Anga koʻzdin uchub bir qurratul-ayn.  
Debonkim: «Chun jahonning yoʻq vafosi,  
Emas mahkam amal qasri asosi.  
Baqo ayvoni koʻp oli emastur,  
Havodisdin jahon xoli emastur.  
Kishi gar qilsa ming yil rodsholiq,  
Jahon mulkiga aylab kadxudoliq,  
Chu tortar oqibat jomi fanoni,  
Borur dam fahm etar bir damcha oni.  
Shahikim, koʻkka chiqqay taxtu johi,  
Gadokim, taxta kiz boʻlgʻay ranohi,  
Baqo tufrogʻidin silkar zamon yeng,  
Bu dogʻi ul ikisi teng durur, teng.  
Ne chekkay koʻkka boshin tojdori  
Yoʻq ersa bir dur andin yodgori.  
Valaddur ul duru, volid sadafdur,  
Sadaf, ya’ni otou dur xalafdur.  
Sadaf yoʻq, bahr aro gar boʻlmas inju,  
Ani bil, bir nihoyatsiz achigʻ su[v].  
Ne achchigʻ suvki masti vahshat oyin,  
Labida kaf, yuzida mavjdin chin.  
Chamanda sarv bas ra’no shajardur,  
Yoʻq andin naf’, chunkim besamardur.  
Shajarkim juz latofat shevasi yoʻq,  
Oʻtun oʻrnidadur gar mevasi yoʻq.  
Yogʻindin gar bulut yetkurmasa sud,  
Havoda ul hamonu bir qalin dud.  
Chaqinkim yorudi anvori oning,  
Chu oʻchti, qolmadi osori oning.  
Agar oʻt oʻchsa boʻlmas gʻussa yutmoq,  
Chu axgar qoldi osondur yorutmoq.  
Men oʻldum ul tengizkim gavhari yoʻq,  
Va yo ul oʻtki oning axgari yoʻq.  
Tengiz yoʻqkim, gʻadiri vahshatangez,  
Qayu ul oʻtki, yovshondin boʻlur tez.  
Bu oʻtlugʻdin erur bagʻrimda dogʻim,  
Qurutmosun debon davron oʻchogʻim.  
Zihi hasratki, men yillar yutub qon,  
Boʻlub Chinu Xito mulkida Xoqon.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling