Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 38 library.ziyonet.uz/ Buyurdi har biriga toʻrt jadval. Chekildi bir yigʻoch tul ichra har xat, Yigʻoch oʻrni ham oʻldi xat bar xat. Chu torti bogʻ tarhi zebu oyin, Qilildi toʻrt qasr oʻrnini ta’yin. Buyurmoqta oʻtub dorogʻa navbat, Yetishti ishta Mulkorogʻa navbat. Xito mulkida erdi ikki ustod, Ikavlon tav’amonligʻ birla hamzod. Laqabda biri Boniy (4) , biri Moniy, Muni koʻrgan tasavvur aylab oni. Qilib me’morliq Boniy ishin fosh, Kelib Moniy Xito mulkida naqqosh. Boʻlub Boniygʻa ul yangligʻ mahorat, Ki sharhidin kelib ojiz iborat. Chekib bu qasri miynokor tarhin, Kishi andoqki bir devor tarhin. Suv uzra gunbazi gardun hisobi, Anga soz etmak andoqkim hubobi. Kelib har ne bino ul qilsa bunyod, Yiqilmoqdin falak qasridek ozod. Boʻlub tufrogʻi oning xoradin berk, Yasab ohakni ohanroradin berk. Vale Moniy oningdek naqshbandi Ki, naqshin charx anga naqshin rarandi. Mudavvar mustaqim oʻlsa raqamkor, Chekib andoqki jadval birla rargor. Chu bogʻlab surati bejongʻa zevar, Boʻlub ul nav’kim ruhi musavvar. Kelib ul naqsh kilki soyasidin Ki, kelmay yuz qalam riroyasidin. Kishiga tushda ta’lim etsa zohir, QOʻpub ul uyqudin ustodi mohir. Yana bir ustodi chobuk erdi Ki, ham luk, san’ati ham nozuk erdi. Qilib xoro safi birla masof ul, Laqabda Qorani xoroshikof ul. Chu metin noʻgini xopokan aylab, Qatiq xoroni ravzan-ravzan aylab. Chu nozuklukni aylab xomasi fan, Boʻlub bir lavh uza umre qalamzan. Yana har nav’ ustodi yagona Ki, koʻrmay fannida andoq zamona. Tilab borini dasturi xiradmand, Ish ahvolidin oʻldi nuktarayvand Ki, shahgʻa boʻyla amre hodis oʻlmish, Anga shahzoda fikri bois oʻlmish. Bu yangligʻ toʻrt bogʻi jannatoyin, Ichinda toʻrt qasri ravza tazyin. Kerakkim toʻrt fasl ul tutsa orom, Boʻlub koʻngli qushi har ravzagʻa rom. Borining rangu vaz’in ayladi sharh |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling