Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
BAND. She’riyatda bo’g’inlar guruhlanib turoqni, turoqlar guruhlanib vaznni tashkil etadilar. Bunday guruhlanishdagi izchillik va takroriylik musiqiylikni yuzaga keltiradi. Bu qonuniyat misralarning ham guruhlanib kelishini, uning izchil va takroriyligini talab qiladi. Bu talabning ijrosi band deb yuritiladi. Lirik asarga xos bo’lgan mazmun ham, syujet va kompozitsiya ham bandni zaruratga aylantiradi, chunki, muayyan asardagi mavzuning asosiy g’oyasi, g’oyaviy mazmunning qirralari, bir oniy kechinmaning xulosasini kengaytirib, yoyib, asoslab, ochib beruvchilik vazifasini band o’taydi. Ayni choqda, band bandlararo “sochilgan” fikr va kechinmalarni yaxlitlashtiradi; ularning ifodasidagi o’zigagina xos birlikni yuzaga keltiradi, birgina so’z bilan ifodalasak, band insoniylashadi, obrazli vositaga aylanadi. Men dunyoga kelgan kundanoq a Vatanim deb seni uyg’ondim. b Odam baxti birgina senda v Bo’luriga mukammal qondim. b Qulog’imga noming kirganda a Qumlik kabi tashna boqurman. b Sening jannat vodiylaringdan v Nahrlarday to’lib oqurman. b Bilsinlarim: yo’ldoshim bo’lmas a Ko’zda yoshi bilan kulganlar, b O’zlari bor, tillari hayot v Lekin yurak - bag’ri o’lganlar. b har aytganing buyuk jangnoma a Qayga desang qaytmay keturman. b Ko’zlarimni yummasman aslo v Daryo kabi uyg’oq o’turman. b hamid Olimjonning “O’lka” she’ri to’rt band (abvb, abvb, abvb, abvb)dan iborat. Unda Vatanga – baxtistonga farzandning kuchli muhabbati akslangan. Birinchi bandda lirik qahramonning dunyoga kelganidanoq Vatan deb uyg’ongani, inson baxti faqat undagina bo’lishiga mukammal qongani (xabari berilsa) ifodalansa, ikkinchi bandda ana shu Vatan uchun tashnalik, jannatmakon vodiylarni daryodek to’lib yashnatishga baxshidalik akslanadi. Bu tuyg’u keyingi bandda yanada kengayadi: Vatanni yashnatish, sevish, ardoqlash, ulug’lash yo’lida “yurak-bag’ri o’lganlar”ning yo’ldosh bo’la olmasligi asoslanadi. Oxirgi bandda Vatan chaqirig’iga qahramonning doimo tayyorligi, Vatan uchun “daryo” kabi uyg’oqlikligi (kechinma xulosasi) ifodalanadi. Ko’rinadiki, har bir band mazmun va ohang (o’qilishi va eshitilishi) jihatidan alohidalikni saqlaydi (go’yo alohida irmoq deng), ayni chog’da, bandlar birlashib (irmoqlar birlashgani kabi) bitta 81 oniy (daryo kabi toshqin) kechinmani – Vatanga muhabbatni bir butun va go’zal qilib, hamidona tarzda jonlantiradi (badiiylashtiradi). “Demak, she’r musiqiyligini tashkil etishda qatnashuvchi, muayyan qofiya tartibiga rioya qilingan, bir me’yorda va qonunan qaytalanuvchi, ritm va vazn jihatidan o’zaro aloqador, mazmun va intonasiya jihatidan tugal bo’lgan misralar uyushmasiga band deyiladi”. 1 Xulosa - “She’r ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan his-tuyg’ularning ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli, ritmik nutqdir” (N.hotamov, B.Sarimsoqov) va ayni paytda, musiqiyligi, yoqimligi, mo’ljalga uradigan jozibasi, dilkashu dardkash insoniyliga bilan ajralib turadigan mo’jizadir. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling