Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
“Musoviyat tarafayn”da misralar odatdagi o’qilishidan tashqari, yuqoridan pastga qarab ham
o’qiladi va o’sha misralarning o’zi kelib chiqadi. Ogahiy ijodida buni ko’rish mumkin: № 1 2 3 4 1. Ul sho’xki ochildi xatu ruxsori 2. Ochildi rayohinda yuzi gulnori 3. Xatu yuzi besabru qarori man-man 4. Ruxsori gulnori man-man zori Tayanch tushunchalar Trop – ko’chimlar. Jonlantirish, mubolaga, litota. Sifatlash, o’xshatish, tazmin, musoviyat – tarafayn. Savol va vazifalar 1. Trop – ko’chimlarni qanday tushunasiz va ularning qaysi ko’rinishlaridan xabaringiz bor? 2. har biri (jonlantirish, mubolag’a, tazmin kabi)ning badiiy asarda tutgan mavqyeini va vazifasini aniq asar misolida tahlil qiling, mashqlarni daftaringizga qayd qiling. 3. Ko’chimlarga yangi misollar toping, yod oling. Adabiyotlar 1. N.Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1979, 133-140 betlar. 2. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 148-161 betlar. 3. E.Xudoyberdiyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 115-130 betlar. 4. Anvar hojiahmedov. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya, T., “Sharq”, 1998. 5. Vahob Rahmonov. She’riy san’atlar, Leninobod, 1962. 6. B.Umurqulov. Poetik nutq leksikasi, T., “Fan”, 1990. 7. Isomiddin Yormatov. O’zbek xalq qahramonlik eposi badiiyati (O’quv qo’llanma), T., 1994, 55- 127-betlar. Mavzu. She’riy sistemalar. Reja 1. Jahon she’riyatidagi sistemalar 2. O’zbek she’riyatidagi sistemalar: barmoq, aruz, erkin Jahon she’riyatida asosan to’rtta she’r sistemasi (tizimi) mavjud: sillabik, metrik, sillabo - tonik, tonik. Sillabik she’r sistemasi bo’g’inlar miqdoriga asoslanadi. Unga o’zbek, turk, ozarbayjon, uyg’ur, polyak, farang, ispan, rumin xalqlari poeziyasidagi she’r tizimi kiradi. Metrik she’r sistemasi bo’g’inlarning uzun-qisqaligiga, unlilar holatiga asoslanadi. Grek, lotin, arab she’riyatiga shunday xususiyat xos. Tonik she’r sistemasida urg’uli hijolar o’rtasidagi urg’usiz bo’g’in nisbati erkin bo’ladi. Ritm hosil bo’lishi prinsipiga qarab sillabik-tonik, dolnik, aksentli she’rlarga bo’linadi. Rus, ingliz, olmon she’riyatidagi mustaqil tizimdir. Sillabo-tonik she’r sistemasi bug’inlarning urg’uli, urg’usizligiga, ularning miqdoriga va tartibiga, izchil takrorlanishiga asoslanadi. Rus she’riyatining asosiy tizimi sanaladi. har bir she’riy sistema xalq tilining ichki imkoniyatlari, qudrati bilan yaratiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, o’zbek tilining ifoda va ohang imkoniyatlari, grammatik-stilistik qurilishi – barmoqni milliy she’riy sistema sifatida bunyodga keltiradi. “Parmoq vazni” butun turklar uchun-da, 89 biz o’zbeklar uchun-da milliy vazndir, musulmonlardan burun butun turk shoirlar shul “parmoq vazni bilan tizimlar, she’rlar yozar edilar”, - deb ta’kidlaydi A. Fitrat. O’zbek she’riyatida ikkinchi – aruz sistemasi ham bor. A. Fitrat yozganidek, aruz – arablarnikidir. Ulardan forslarga o’tgan va arab aruzi tuzatilib, kamchiliklari to’ldirilib, arab-fors aruzi holiga keltirilgan. Arab-fors aruzi O’rta Osiyo xalqlari poeziyasiga ham kirgan. “Qutadg’u bilig” (XI asr) o’zbek she’riyatidagi aruzda yozilgan dastlabki asar sanaladi. I. Sulton aruz va barmoq sistemalari orasida ma’lum birlik mavjud ekanligi (Ritmning faqat bo’g’inlar miqdorining soni bilangina emas, balki har misraga kirgan bo’g’inlarning “sifati” - uzun va qisqaligi bilan tayin etilishi hodisasi)ni ta’kidlaydi va bu fikrni “o’zbek xalqining poeziyasida ikki ritmik sistemani yaratish fakti” bilan izohlaydi. Barmoq she’r sistemasi. Barmoq misralarda bo’g’inlarning muayyan miqdoriga va izchil takroriga, bir xil turoqlarning o’ziga xos tartibda guruhlanishiga asoslanadi. 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 Qarshiga qor yog’adi, / qor ustiga 7+4=11 Yigitlar yor olmangiz, / yor ustiga 7+4=11 Yigitlar yor olsangiz, / yor ustiga - 7+4=11 Namokob quyguncha bor, / bol ustiga. 7+4= 11 Misralardagi bo’g’inlar miqdorini barmoqlar bilan sanash juda qulay va oson bo’lgani sababli, mazkur she’r qurilishini barmoq vazn deb yuritish rasm bo’lgan.Biroq barmoqda turli turkumlardan yuzlab vaznlarning yuzaga kelish qonuniyati borligi uchun “Barmoq vazni” degandan ko’ra, “Barmoq sistemasi” deyish asosliroqdir. Demak, barmoq sistemasidagi musiqiylik ritm asosida yuzaga kelar ekan, misolimizda yaqqol ko’ringanidek , har misrada bo’g’inlar soni 11 ta va u qolgan hamma misralarda ham bir xil takrorlanadi. Xuddi shu qonuniyat turoqlarga ham xos; birinchi misrada turoqlar 7+4 tartibida joylashgan va u asar oxirigacha saqlanadi. She’riyatda ritmni yuzaga keltiruvchi (bo’g’in, turoq, vazn, ritmik pauza, turkum) vositalar, qofiya va bandning xususiyat va aloqalari yuqorida barmoq sistemasi misolida tadqiq va tahlil etildi. O’sha aytilgan fikrlar bilan cheklangan holda, barmoqda uchlik turkumdan – o’n yettilik turkumgacha (asosan 15 ta turkum) borligini, sodda va qo’shma turkumlarning juda ko’p va xilma-xilligini, ulardan yuzaga keladigan vaznlarning rang – barang va go’zalligini ta’kidlamoqchimiz. Ularni mustaqil o’rganishga tezroq kirishish lozimligini eslatib, dastlabki yo’llanmalarni beruvchi tadqiqotlar sifatida Ummat To’ychiyevning “O’zbek sovet poeziyasida barmoq sistemasi” monografiyasini, I. Sultonning “Adabiyot nazariyasi” darsligini tavsiya qilamiz. Aruz she’r sistemasi. Bu sistema arab olimi Xalil Ibn Ahmad (melodiy 790-791 yilda tug’ilgan) tomonidan yaratilgan. Aruz, ayniqsa, o’zbek mumtoz adabiyotida (o’n-o’n ikki asr) yetakchilik qildi. “Ilmi aruz” Alisher Navoiy (“Mezonul avzon”) Mirzo Bobur (“Muxtasar”) tomonidan ham o’rganildi; turkiy she’riyatdagi aruzning nazariy asoslarini, qonun va qoidalarini ishlab chiqdilar. hozirgi zamon o’zbek “aruziylari ” – A. Fitrat ham, I. Sulton ham, U. To’ychiyev ham, A. hojiahmedov ham, A. Abdurahmonov ham aruzni o’rganishga, o’rgatishga katta kuch sarf etdilar. 1 Ana shu asarlarga suyangan holda aruzni jadvallar asosida o’rganishni lozim ko’rdik, chunki “har qanday ilmning vazifasi inson mushkulini battar qilish emas, balki osonlashtirishdir” (Adabiyot nazariyasi, II tom, 1979, 349 - b. ). Ma’lumki, aruziylar so’zlarini bo’g’inlarga emas, balki harflarga bo’ladilar. harflar ikki xil mutaharrik (harakatli) va sokin (harakatsiz). Cho’zg’ilar (unlilar) – o, a, u, i “harakat ” deb ataladi. Ana shu unlilarning biri bilan birikib kelgan har bir harf – mutaharrikdir. Qolgan harflar – b, g’, n, l, k, m kabilar sokindir. 1 А. Фитрат. Аруз Ҳаsида, Т. , “Ўsитувчи”, 1997; И. Султон . Аруз назарияси: “Адабиёт назарияси”, Тошкент., “Ўsитувчи”, 1980; У. Т?йчиев . Ўзбек поэзиясида аруз системаси, Т. , “Фан”, 1979; А. Рустамов. Аруз Ҳаsида суҲбатлар, Т. , 1972 , А. ҲожиаҲмедов. Мактабда аруз вазнини њ?ганиш, Т.; “Ўsитувчи”, 1978; А. АбдураҲмонов . Аруз назарияси, Х?жанд , 1993 ва ш.к. 90 Juzvlar undosh va unlining miqdoriga, ularning mutaharrik (“zer”, “zabar” yoki “pesh”li ) va sokin (“zer”, “zabar” yoki “pesh”siz ) bo’lishiga qarab uch guruxga bo’linadi: Sabab, Vatad, Fosila. Bu juzvlarning har biri ikki xil bo’ladi: 1-jadval Ushbu juzvlarning Ushbu juzvlarning ifodasini belgilash uchun Alisher Navoiy “Ul ko’zi qaro dardu g’amidin chidamadim ” jumlasini keltiradilar va quyidagicha taqte’ qiladilar: “Ul ” - sababi hafif (-) “Ko’zi” - sababi saqiyl (-v) Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling