Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Litota (yunon. Litotes-oddiy, kichik) – tafrit
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’xshatish – tashbeh
- Oy deganda yuzi bor, Kun deganda ko’zi bor... Qaldirg’och qoshlaridan, To’lib qarashlaridan hayot sochilar edi
Litota (yunon. Litotes-oddiy, kichik) – tafrit (ar.mo’tadildan pastki holat) mubolag’aning
teskarisi bo’lib, badiiy asardagi biror predmetni, hodisani, detalni bir necha barobar kichraytirib tasvirlash san’atidir. Narsa, hodisa qanchalik kichraytirib, zaiflashtirib, kuchsizlantirib tasvirlansa, unga nisbatan tasvirlanayotgan narsa, hodisa ulkan va ulug’vor ko’rinadi. Shu sababga ko’ra, ko’pincha, litota mubolag’a bilan birga ishlatiladi. Xorazmiyning ushbu baytiga diqqat qilaylik: Bo’ying sarvu sanubartek, beling qil, Vafo qilgan kishilarga vafo qil. Baytda yorning qaddi-qomatini tasvirlar ekan bo’ychanligini, bo’yining tikligini – xushqadligini (qarag’ayga) o’xshatib bo’rttirish maqsadida belini judayam ingichka qilib kichraytirmoqda. O’xshatish – tashbeh (ar.o’xshatish) muayyan bir predmet, hodisani aniq tasavvur qilish uchun uni boshqa tanish bo’lgan predmet, hodisalarga solishtirish asosida ish ko’radi va tasvirlanayotgan predmet, hodisani yorqin obrazini yaratadi. O’xshatishlar “dek”, “day”, “larcha”, “o’xshash”, “xuddi”, “simon”, “deganda”, “taxlit”, “yang’lig’”, “misli”, “go’yo” kabi qo’shimchalar, leksik vositalar, ko’makchilar yordamida yaraladi. La’li labing qandu asal, qildi tamannosi kasal, Kom olmaganda filmasal, men mubtalo qayga boray (Muqimiy) – baytida ma’shuqa labi ham la’lga, ham qandga, ham asalga “tashbihi jam’” qilinyapti. Oy deganda yuzi bor, Kun deganda ko’zi bor... Qaldirg’och qoshlaridan, To’lib qarashlaridan hayot sochilar edi, Gullar ochilar edi. Bu parchada h.Olimjon Oygulning yuzini oyga, ko’zini kunga, qoshini qaldirg’ochga, qarashlarini-gul ochilishiga o’xshatib, uning go’zalligini ta’kidlaydi va Oygul qiyofasini jonlantiradi. 86 O’xshatish mukammal bo’lishi uchun unda to’rt unsur qatnashishi lozim. 1. Birlamchi (o’xshatilmoqchi bo’lgan) predmet (sharob to’la piyola); 2. Ikkilamchi (o’xshatilayotgan) predmet (go’yo bahorgi lola); 3. O’xshatilmoqchi va o’xshatilayotgan predmetlarning o’xshashlik alomati (botayotgan kun kabi; go’yo qizlarning labi - “qizil rang”); 4. O’xshatish qo’shimchasi yoki ko’makchisi (kabi, go’yo): Qo’limdagi sharob to’la piyola, Qip-qizildir go’yo bahorgi lola. Qip-qizildir botayotgan kun kabi, Qip-qizildir go’yo qizlarning labi. (H.Olimjon) O’xshatishlarning hamma vaqt mukammal bo’lishligini talab etish noo’rin, chunki bu vosita ham asar g’oyasining talabiga binoan turli-tuman (to’liq, to’liqsiz, vositasiz, sodda, murakkab, tarkibli, ketma-ket darajali va h) bo’ladi. San’atkor hyech vaqt an’anaviy o’xshatishlarga (tishni durga, sarvqomatni-sarvu sanobarga, yuzni oyga, ma’shuqani gulga, oshiqni bulbulga va h) ruju qo’ymasligi, bosh fazilat deb – yangi, original o’xshatishlar yaratishni bilishi ma’qul. Darvoqye, Zulfiya bilan bo’lgan muloqotlarning birida shoiradan so’rashadi: - Suhbatimiz she’riyat haqida bo’layotgani uchun hyenrih haynening bir gapini esladim: “Ayolni ilk bor gulga o’xshatgan odam buyuk shoir bo’lgan. Uni ikkinchi martaba gulga qiyoslagan shoir esa oddiy laqma xalos”. Sizningcha, shoir haqmi? Shoira bu savolga: “Yuz foiz. Chunki taqlid she’riyatning dushmani. Undan qochish kerak, deyishadi ba’zan. Yo’q, uni butunlay yo’qotish kerak”, - 1 deya qat’iy va asosli javobni beradi. Demak, Zulfiya aytgandek san’atkor vujudini tug’yonga solib: “Bugun aytmasang, halok qilaman” deb hayqirib turgan fikrni, g’oyani ifodalash uchun har gal qo’liga qalam olganda, ana shu g’oya badiiy vositalarni ham o’zi yetaklab kelaveradi. So’z ham, badiiy-tasviriy vosita ham o’sha fikrlarning yashash tarzi ekan, shoirning so’z tanlashda xatoga yo’l qo’ymasligi lozim, yo’l qo’ysa – fikr xato gapira boshlaydi, adabiy laqmalikka imkoniyat tug’iladi. Bitta isbotini ko’raylik. Ma’lumki, Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonida: Yuz yoshurg’och quyosh diloromi, Sochti ashkin sipehr bahromi. 1 baytida “Kech kirib, quyosh Diloromi yuzini yashirgach, osmon Bahromi ham ko’z yoshi singari yulduzlarini olamga sochdi” degan bebaho o’xshatish yaratilganki, u shoh Bahromning qalbidagi g’amu qayg’u qorong’iligini bo’rttiradi, qorong’u tun uning joniga balo bo’lganligini ko’rsatadi. Oradan asrlar o’tib Muhammad Yusufning “Mehr qolur” she’rida u takrorlanadi: O’tar qancha yillar to’zoni, Yulduzlar - ko’z yoshi samoni. O’tar inson yaxshi-yomoni, Mehr qolur, muhabbat qolur 2 . Garchi bu bandda qancha yillar o’tmasin, samoning ko’z yoshi – yulduzlar bo’lganidek, insonlarning qanchalik yaxshi-yomoni o’tmasin, ulardan mehr-muhabbat qolishi-o’xshatish ila solishtirilishi-yangi fikr bo’lsa-da, baribir “Yulduzlar ko’z yoshi samoni” o’xshatishi takror bo’layapti. Natijada sevimli va qadrdon shoirimiz Muhammad Yusufning nimasidir yetishmagandek, nimasidir uning betakror talantiga o’xshamayotgandek tuyuladi. 1 Зулфия. Асарлар. Уч жилдлик. Учинчи жилд. Камалак, Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1986, 173- бет 1 Алишер Навоий. Асарлар, Ўн беш томлик, 9-том, Сабъаи сайёр, Т., “Тошкент” бадиий адабиёт нашриёти, 1969, 59- бет. 2 Муҳаммад Юсуф. Ёлғончи ёр, Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1994, 109-бет. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling