Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ularning asosida real tasavvur qiladigan, odam to’liq ishonadigan mubolag’i bo’lsa, giperbola usulida bu yanada orttirib, o’ta kuchaytirib tasvirlanadi.
Aruziy barmoqni
To’pori, deydi. Sen pastsan, men sendan- Yuqori, deydi. Barmoq uni ko’hna- Xarobasan, der, Arobasan, der, Parvozlar asrida. Giperbola(gr. huperbole-mubolag’a) – mubolag’a(ar.-lof urish, bo’rttirish)da san’atkor tasvirlanayotgan shaxs, predmet, voqea-hodisalarni boshqalaridan ajratib ko’rsatish, diqqatini jalb qilish maqsadida judayam bo’rttirib tasvirlaydi. Aslida, san’at va adabiyotning hamma vositalarida, ularning voqye bo’lishi va yashashida mubolag’a qatnashadi; mubolag’a qatnashmasa san’at ham adabiyot ham bo’lmaydi. Ularning asosida real tasavvur qiladigan, odam to’liq ishonadigan mubolag’i bo’lsa, giperbola usulida bu yanada orttirib, o’ta kuchaytirib tasvirlanadi. Bu usul ko’pincha sifatlash, o’xshatish, jonlatirish kabi vositalar bilan hamkorlik qiladi va shu yo’l bilan o’zining behisob qudratini, o’lchovi yo’q kuchini yaqqolroq namoyish etadi. Masalan, shu vosita asosida yaratilgan mifologik obrazlarni ko’plab uchratish (Dev, Ajina, Iblis; Gerakl, Prometey, Ram, 84 Ilya Muromes) mumkin. Ular shu qadar orttirilgan mubolag’a-grotesk(ital. Grotta-yer osti) bilan tasvirlanadiki, ularning real qiyofasini shartli suratda tasavvur qilish mumkin. “Alpomish”da: Shomurti yoqalab har yoqqa ketgan, Ichida sichqonlar bolalab yotgan, Izidan tushgan pishak oltoyda yetgan. Odam tushmas uning aytgan tiliga, Besh yuz quloch arqon yetmas beliga. Bu qalmoqdir Qalmoqlarning ravishi, Oh ursa olamni buzar tovushi, To’qson molning terisidan kovushi... – kabi tasvirlar orqali qalmoq alplarining vahimali obrazlari yaratiladi. Alpomishning shunday haybatli dushmanlar ustidan g’alabasi – uning o’ta mard, benihoyat jasorat egasi ekanligini ta’sirchan ko’rsatadi. Uning qiyofasini alohida ajratib alplardan-da zo’r haybatliligini yorqin ifodalaydi. Adabiyotshunoslikda bu san’atning uch xil ko’rinishi borligi qayd qilingan: 1. Tasvirdagi bo’rttirishni aql qabul qilsa-da, lekin hayotda u uchramaydi. Bu tablig’ (ar.katta kuchli ma’nosini beradi) deb yuritiladi: “Olganing oltin, ko’zlaganing kumush bo’lsin”, “Tuproq olsang – oltin bo’lsin” kabi. Qamarg’a buyla tosh o’lg’och havola, Bo’lub qalqon aning olida hola. Ko’rub anjum yog’arni ul ushoq tosh, Taharrukdin o’g’irlab har taraf bosh. Ushoq tosh aylabon gardun yuzin resh, Nechukkim qullalar hamun yuzin resh. Falak har lahza garchi bosh o’g’urlab, Yer uzra yog’dururg’a tosh o’g’urlab. Jafo toshiki holo charx etar fosh, hamonokim tuganmaydur hamul tosh. Farhod tog’ning toshlarini yo’nar ekan, uning metinidan uchgan toshlar borib oyga tegarkan. Oyga toshlar shu xilda otilavergach, u atrofdagi gardishini o’ziga qalqon qilib oladi. Yulduzlar bunday ushoq toshlarning yog’ishini ko’rib o’z boshlarini har tarafga olib qochar edilar. Cho’qqilardan sahroning yuzi ilma-teshik bo’lganday, ushoq toshlar ham osmon yuzini g’alvir qilib yuborgan edi. Ayni vaqtda osmon har nafas boshini olib qochgani bilan yer yuziga qayta yog’dirish uchun tosh o’g’irlar edi. Taqdir – falak jafo toshini yog’dirishdan haligacha to’xtamaganining sababi ham hali o’sha yig’ib olgan toshlarning tugamaganidir. 2. Tasvirdagi mubolag’adorlik aqlga sig’maydi, inson tafakkuri mantig’iga to’g’ri kelmaydi. Bu Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling