Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Oq she’rning asosiy alomati – misralardagi bo’g’inlar tartibi (xuddi barmoqdagidek) bir xil 
bo’ladi, turoqlanishi har xil bo’ladi, o’zaro qofiyalanmaydi; Usmon Nosirning “Yurak” she’ri bu 
yo’lning namunasidir: 
Yurak, sensan/mening sozim, 4+4=8 
Tilimni nayga/jo’r etding, 5+3=8 
Ko’zimga oyni/bekitding, 5+3=8
Yurak, sensan/ishqibozim. 4+4=8 
Senga tor keldi/bu ko’krak 5+3=8 
Sevinching toshdi/qirg’oqdan. 5+3=8 
Tilim charchar,/ajab, gohi 4+4=8 
Seni tarjima/qilmoqdan. 5+3=8 
Sen, ey, sen-/uyg’oqi dilbar, 3+5=8 
Zafardan izla/yoringni. 5+3=8 
To’lib qayna,/toshib o’yna, 4+4=8 
Tirikman kuyla/boringni. 5+3=8 
Itoat eth/agar sendan 5+3=8 
Vatan rozi/emas bo’lsa, 4+4=8 
Yoril, chaqmoqqa/aylan sen, 5+3=8 
Yorilh Mayli,/tamom o’lsam. 4+4=8 
Sarbast she’r – erkin she’rda bo’lgani kabi qofiyalanishga, oq she’rda bo’lgani kabi 
misralardagi bo’g’inlar sonining teng bo’lishiga asoslanmaydi. U bu “qolip”lardan o’zini tamoman 
ozod sanaydi. Ana shunday erkinligi tufayli qalbning sirli mo’jizalarini judayam oddiy qilib, qanday 
tug’ilgan bo’lsa – xuddi shunday, zo’riqishsiz, butun borlig’icha ifoda qiladi:
“Qasam” bu yo’lga isbotdir: 
Shavkat Rahmon degan =6
bir o’jar shoir,
=5
bir kuni qaytadan yaraladimi? =9 
hayotim ma’nisin juda ko’p o’ylab, =10 
sayladim so’zlarning =6 
saralarini. =5 
har bir so’z =3 


96 
yuz so’zning o’rnini bosar – =8 
Vatan Xalq Jasorat Kurash Ozodlik. =11 
har bir so’z yetajak yuzta umrimga
har biri baxsh etar 
ruhimga shodlik. 
hozirlik ko’rarkan buyuk safarga, 
ushtirang pardali minglab darchadan 
mo’ralab o’tirgan go’zal so’zlarni, 
qoldirib ketaman endi barchaga. 
Aslida atirgul bo’yin taratgan 
bu o’ynoqi so’zlar menikimasdir. 
Menga nonday zarur, 
qilichday keskir, 
zaharday mard so’zlar bo’lsayoq basdir. 
Sayladim so’zlarning saralarini, 
kurashlar shamoli kirdi nazmimga. 
Yurtimni kezaman,
endi har narsa – 
egilgan narsalar tegar g’ashimga. 
Endi ishlash kerak bu kengliklarda
tokim suylamasin yolg’onni hyech kim, 
tokim buyuk tog’lar saltanatida 
egilgan boshlarni 
qilichlar kessin.
Erkin she’r sistemasi turli xalqlarning she’r sistemalariga (ayniqsa, turk, rus, yapon) qiziqishni 
ham oshirdi; ularning yetuk namoyandalari (Nozim hikmat, Garsiya Lorka kabi) va janrlari (xokku, 
tanka) chanqoqlik bilan o’rganila va tarjima etila boshlandi. 
Aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkin: Erkin she’r sistemasi XXI asr jaxon 
poeziyasida, jumladan o’zbek she’riyatida ham yetakchilik qilsa ajabmas, chunki u “tezkor” zamona 
kishilarining murakkab ziddiyatlarga to’la, shiddatkor, betakror ruhiy dunyolarini borlig’icha 
namoyon etishga qodir kuch – mo’jizadir. 
Tayanch tushunchalar 
She’riy sistemalar: Sillabik, metrik, tonik, sillabo-tonik; Barmoq, aruz, erkin 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling