Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
Tayanch tushunchalar
Ritm, bo’g’in, turoq, vazn, ritmik pauza, turkum. Qofiya va uning xillari, radif, raviy, band. Savol va vazifalar 1. Shoir va she’rni qanday tushunasiz? 2. She’r ritmi va uni yuzaga keltiruvchi vositalar: bo’g’in, turoq, vazn, ritmik pauza, turkum kabilarni o’rganib, yaxshi ko’rgan she’ringiz misolida tahlil qiling. 3. Qofiya nima? Raviy-chi? Qofiyaning qaysi xillarini bilasiz? 4. Band nima? Adabiyotlar 1. N.Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1979, 144-159 betlar. 2. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 162-173 betlar. 3. H.Umurov. Adabiyot nazariyasi. Samarqand, SamDU nashri, 2001, 199-220-betlar. 4. U.To’ychiyev. O’zbek sovet poeziyasida barmoq sistemasi. Toshkent. “Fan”, 1966. 5. Fitrat. Adabiyot qoidalari. Toshkent, “O’qituvchi”, 1995. 6. V.Belenskiy. Adabiy orzular. Toshkent, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1977, 87-160-betlar. 7. E.Vohidov. Shoiru she’ru shuur. Toshkent, “Yosh gvardiya”, 1987. 8. Oybek. Adabiyot to’g’risida. Toshkent, “Fan”, 1985. 9. Aristotel. Poetika. Toshkent, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980, 35- 36-betlar. Mavzu: She’r tuzilishi Reja: 1. So’zlarning asl va ko’chma ma’nolari. Troplar 2. Jonlantirish, mubolag’a, litota, o’xshatish, sifatlash, tazmin va sh.k. Badiiy asarda so’z yoki so’z birikmasining ko’chma ma’noda qo’llanishi-trop (gr.tropos- ko’chim)lar deb yuritiladi. Aslida tilimizdagi hamma so’zlar ko’chma ma’noda ishlatilishdan tug’ilgan bo’lsa ajabmas. Lekin ularning dastlabki davrdagi asl ma’nosi vaqtlar o’tishi bilan odamlar tomonidan ko’pincha unutilib yuboriladi. Jumladan, Kur’onning A’rof (7) surasining quyidagi oyatlariga diqqat qilaylik: “172. Parvardigoringiz Odam bolalarining bellaridan (ya’ni pushti kamaridan to qiyomat kunigacha dunyoga keladigan barcha) zurriyotlarini olib: “Men parvardigoringiz emasmanmi?” deb, o’zlariga qarshi guvoh qilganida, ular: “haqiqatan Sen Parvardigorimizsan, bizlar bunga shohidmiz”, deganlarini eslangh” (Sizlardan bunday guvohlik - ahd-paymon olishimiz) qiyomat kunida: “bizlar bundan bexabar edik”, demasliklaring uchundir. 1 Уммат Тўйчиев. Ўзбек совет поэзиясида бармоқ системаси, Т., “Фан”, 1966, 162 – бет. 82 173. Yoki: “Axir ilgari ota-bobolarimiz mushrik esalar, bizlar ulardan keyin kelgan (va ularning o’rgatgan yo’llariga ergashgan) avlod bo’lsak, o’sha nohaq yo’lda o’tgan kimsalarning qilmishlari sababli bizlarni halok qilurmisan” demasliklaring uchundir”. Xalq orasida mashhur bo’lgan “almisoq, almisoqdan qolgan” degan iboralarning asl mazmuni yuqoridagi ikki oyatda mazkur bo’ldi. Qur’on bizga uqtirishicha, Tangri taolo o’z qudrati bilan Odam alayhissalomning belidan undan tarqaydigan barcha zurriyotlarini chiqarib, ularga o’zining mo’jizalarini ko’rsatgach: “Aytinglar-chi, Men sizlarning rabbingiz emasmanmi?”, deganida, ular: “Parvardigoro, O’zing barchamizning rabbimizsan, bizlar bunga guvoh bo’ldik”, deb Tangriga ahdu Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling