Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

ig’roq yoki ifrot (ar. haddan oshish, chegaradan tashqariga chiqish) deb yuritiladi: “Sar hovuzdan katta 
edi kosasi...” (“Alpomish”), Semurg’ uchganda bo’ron qo’zg’oladi, yashin uchganday bo’ladi, qanoti 
ko’kni qoplaydi (h.Olimjon – “Semurg’”) kabi.
Ul sanamkim suv yaqosinda paritek o’ltirur, 
G’oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo’lur. 
 
Atoiyning tasviricha, bu sanam – juda go’zal, go’yo nurdan yaratilgan, bir so’zda aytsak – 
parining o’zi, shunchalik nozikki, bir qultum suv bilan yutib yuborish mumkin ekanki, bu aqlga 
sig’maydi, hayot mantig’iga tamoman zid keladi. 
3. Tasvirdagi haddan ziyod mubolag’adorlikni tasavvur qilib bo’lmaydi, uni hyech kim hayotda 
ko’rmagan. Bu g’uluv (ar. 1. Qiy-chuv; 2. haddan oshmoq) deb yuritiladi: “Go’ro’g’li qilichining har 
hamlasi – qirq ming lashkarning bo’ynini uzardi...” yoki Ko’kan yig’layverib shudgorni ko’l qilibdi 
(G’.G’ulom) kabi.


85 
“Yigitlarni frontga jo’natish”da Ona o’z o’g’liga oq yo’l tilar ekan, fashist degan dushmanga 
qarshi mardona kurashga chorlaydi: 
“hujum chog’i chekinma hyech, 
Tulkini sher bo’lib bos. 
Tirnoq bilan bag’rini yirt, 
Qo’lingni dor qilib os.” 
 
“Jangchi Tursun”da ona vatan tuprog’ining har qarichini asrash lozimligini uqtirar ekan
“Qayoqqa chekinasan? Bormi keraksiz yering? Ne uchun odam bo’lding, kelmasang dushmanga teng?” 
deya hayqiradi: 
Sening uchun butun elni 
Og’ir uyat tutsinmi? 
Seni ko’rganda quyosh 
Yuzini bekitsinmi?.. 
 
Ko’zing tushganda, Amu 
Ilondek to’lg’onsinmi? 
Zarafshon uyatingdan 
Yantoq kabi yonsinmi?.. 
 
Bu kabi mubolag’alar aniq asarning g’oyasini ochishda eng zarur va yaratuvchan vositadir, ayni 
paytda, ular san’atkor qalbining bepoyonligini, tafakkurining xalqchilligini, shoironaligini ko’rsatadi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling