Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Insonning yo’lida chirog’i bo’lsin,  Chiroq yoniq tursin


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Insonning yo’lida chirog’i bo’lsin, 
Chiroq yoniq tursin,
Chiroq yoniq tursinh 
 
Mashrab Boboyevning to’liq keltirilgan “Chiroq yonib tursin” she’rida ta’kidlangan so’zlar – 
apofora bo’lsa, tagiga chizilgan har band oxirida takrorlanuvchi misralar – misralar takroridir. Ikkala 
vosita birlashib, she’rdagi poetik fikrni – inson ziyosi bilan ulug’ ekanligini, unga inson doimo 
intilishi lozimligini va doimo nur taratib turishini bo’rttirib, ta’kidlab ko’rsatmoqda.
Epifora – she’riy asarning misralari oxirida tovushlar, so’zlar, iboralarning takrorlanib kelishi 
hodisasidir.
Kulgan boshqalardir, yig’lagan menman, 
O’ynagan boshqalar, ingragan menman. 
Erk ertaklarni eshitgan boshqa,
Qullik qo’shig’ini tinglagan menman. 
 
Cho’lponning “Men va boshqalar” she’ridan keltirilgan ushbu bandda “menman” so’zi misralar 
oxirida kelib, o’zbek qizi – lirik qahramonning qalbidagi tug’yonlarini – erkinlik istagini ta’kid 
qilmoqda, ayni paytda, kitobxonni faolikka yetaklamoqda.


101 
7. Apostrofa(gr.apostrophe-og’ish) ham stilistik vositalardandir. Unda jonsiz narsa va hodisaga 
xuddi jonliday, o’zi yo’q shaxsga xuddi borday murojat qilinadi: 
She’rimh Yana o’zing yaxshisan, 
Boqqa kirsang, gullar sharmanda
Bir men emas, hayot shaxsisan, 
Jonim kabi yashaysan manda. 
Yuragimning dardi-naqshisan, 
Qilolmayman seni hyech kandah 
O’t bo’lurmi ishqi yo’q tanda? 
Dardimsanki, she’rim yaxshisan. 
Sen orada ko’prik bo’lding-da,
Geyne bilan o’rtoq tutindim. 
Lermontovdan ko’mak o’tindim. 
Butun umrim sening bo’yningda. 
Saharda qon tupursam, mayli. 
Men – Majnunman, she’rim, sen – Laylih 
(U.Nosir “Yana she’rimga”) 
Abdulla Oripov ham “Onajonim, she’riyat” asarida epostrofa vositasidan foydalanib
she’riyatning ulug’vorligini va uning tengsizligini jonlantiradi: 
...Angladimki, olamda 
Yurt tanho, Vatan tanho, 
Band etgan xayolimni 
Tengsiz shul chaman tanho, 
Nokaslar emas, yo’q, yo’q, 
Yolg’iz sen baland, tanho, 
Eng oliy baxtim mening 
Onajonim, she’riyat,
Tonggan toj-taxtim mening 
Jonajonim, she’riyat. 
8. Ellipsis(gr.ellepsis-tushurib qoldirish, yetishmaslik) – badiiy asarda qisqalikni, siqiqlikni 
ta’minlovchi stilistik vositadir. U – matndan osongina bilinib olinadigan so’zlar bo’lib, poetik fikrni 
ifodalashda ishtirok etmaydilar. Ellipsis ko’proq dilogik nutqda ravshan ko’rinadi: 
“ - To’yga keldingmi? 
- To’yga keldim... 
- Yusufbeknikigami? 
- Yusufbeknikiga. 
- Belbog’ing yo’qmi? 
- Yo’q...” 
(A.Qodiriy) 
9. Inversiya (lat. Inversid – o’rin almashtirish)da ijodkor xohishi(g’oyasi)ga ko’ra 
ta’kidlamoqchi bo’lgan fikrni ta’sirdor qilmoq maqsadida grammatik qoidalardan chekinadi va 
kitobxonni aynan shu fikr (so’z)ga diqqatini tortadi: 
Aytarlar bu tunda yorug’ sham yonmas, 
Chaqmasa gugurtni asl o’g’illar... 


102 
Cho’lponning bu satrlari grammatika qonuniga binoan shunday tarzda bo’lishi lozim: “Asl 
o’g’illar” gugurtni chaqmasalar, bu tunda yorug’ sham yonmasligini aytardilar: Bunday holda she’riy 
nutq o’ladi, ta’sirdorlik, chaqiriq, ifodalilik yuzaga kelmaydi, oddiy xabar bayon tug’ildi... 
Xullas, allomalar so’zni hali qayta ishlanib tozalanmagan oltinga o’xshatadilar. Tozalanmagan, 
pardozlanmagan, tanlanmagan, qisqaroq aytsak, poetik “yuk”ni o’zida tashimaydigan so’z – dabiyotga 
daxldor bo’la olmaydi. Badiiylik (obrazlilik)ni yuzaga chiqarishga qurbi yetmaydigan, holat va 
kayfiyatni ifoa qila olmaydigan so’zning o’zi yo’q, faqat uni topa bilish, o’z o’rnida qo’llay bilish 
san’tini egallash talab etiladi. Bunday mahoratga ega yozuvchi “butun bahorni atigi chigitdek keldigan 
g’o’ra ichiga qamab bera biladi” (A.Qahhor). Shu asosga ko’ra, takror aytamiz, “A – so’z san’atidir, 
so’z-la tirikdir, so’z-la butundir, so’z-la yangi-yangi olpmlarni kashf etuvchi, yaratuvchidir”. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling