Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
ri-ma kabi) ochiq bo’g’in, undosh bilan tugagan bo’lsa (mak-tab, non
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
ri-ma kabi) ochiq bo’g’in, undosh bilan tugagan bo’lsa (mak-tab, non kabi)yopiq bo’g’in sanaladi.
Bo’g’in – ritmni hosil qiluvchi eng kichik o’lchov birligi sanaladi. U ritm yaratish uchun guruhlanadi, ayni paytda, ritm qaysi misrada bo’g’in soni ko’p yoki kam ekanligini aniqlaydi. U ritm yaratish vazifasini yaratish uchun turoqlarga (aruzda ruknlarga ) uyushadi. Turoq. Bo’g’inlarning misralarda qat’iy tartibda guruhlanishi – turoqdir. Darvoqye, agar she’rlarning ritmiga e’tibor qilsak, bo’g’inlarning soni jihatdan bir turkumga kirgan she’rlarning ritmida bir-biridan farq borligini sezamiz. O – dam zo – ti / dun – yo – da – ki bor 4+5=9 U – ning bi – lan / mu – hab – bat – dir yor 4+5=9 (h.Olimjon) Na ko’k-ning / fo-na-ri / o’ch-mas-dan 3+3+3=9 Na yul-duz / sayr e-tib / ko’ch-mas-dan 3+3+3=9 2 Ойбек. Адабиёт тў ғрсида.Т., “ФАН”, 1985, 14-бет. 1 Уммат Тўйчиев. Ўзбек поэзиясида аруз системаси, Т., “Фан”, 1985, 212-бет (Бундан сўнг асарнинг номи ва са ҳифаларини қайд қиламиз). 75 (Uyg’un) Bir turkumga mansub ikki parchaning ritmik holatidan ikki xil ohangni yuzaga kelishi – bo’g’inlarning ikki xil tartibda (4+5=9; 3+3+3=9) guruhlanib kelishidir. hamid Olimjon she’rini Uyg’un she’ridagi turoqlanishga yoki Uyg’un she’rini h. Olimjon she’ridagi turoqlanish tartibiga solib o’qisangiz, she’rdagi mazmun yo’qoladi, ohangdorlik yasama va beso’naqay shovqinga aylanadi. Ko’rinadiki, turoqlanish she’rdagi his va fikrning uyg’unligidan, mazmundan kelib chiqadi, she’r birdaniga (mazmun va shakli bilan) yaxlit tug’iladi, vazni – o’zligi bilan dunyoga keladi. har bir turoqdan so’ng tabiiy ravishda kelib chiquvchi izchil pauza (bilinar darajadagi sukut) ohangdorlikni, she’rga mos ritmikani voqye qiladi. Misradagi turoqlarning ikki katta guruhga bo’luvchi turoq Bosh turoq deb aytiladi: Daryo to’lqin / suvlar toshqin // o’tolmayman Otim oriq / manzilimga // yetolmayman. (G’. G’ulom) Bu baytda turoqlanish tartibi 4+4+4=12 tarzidadir. Agar uning turoqlanish tartibi 8+4=12 tarzida bo’lganida ham “o’tolmayman”, “yetolmayman” turoqlari – Bosh turoq sanaladi, chunki u misralardagi fikrning nisbiy tugal bo’lgan xulosasini qayd etadi. Lekin ikkinchi xil turoqlanishda she’r ritmi (ohangi) birinchisi (sokin ohang)ga nisbatan ancha tezlashadi, to’g’rirog’i yangicha ohangni (ritmikani) vujudga keltiradi. Vazn. Misralardagi bo’g’inlarning, turoqlanish tartibining muayyan o’lchovga solinishi – vazndir. “Vazn nutqni o’lchaydi, guruhlaydi va unga muayyan tartib kiritadi. V.V. Kojinov uni karkas (sinch), she’r tanasining skeleti deb atagan edi. Skeletsiz odam bo’lmagani singari vaznsiz poeziya yo’q. Vazn sxema, u passivdir; vazn har yili yaratilavermaydi. Mahmudali Yunusov “tez-tez o’zgarib turadigan hodisa ... emas, degan edi. Xondamir: “Vaznli va qofiyali so’z toza va porloq gavhardir” degan edi” (“O’zbek poeziyasida aruz sistemasi”, 224-b). Demak, vazn o’z holicha, alohida yashamaydi. U ham g’oyaviy – estetik mazmunni yuzaga chiqarish uchun ishlaganda, ya’ni so’zlarni, bo’g’in va turoqlarni o’lchovga solgandagina “tiriladi”, zarur vositaga aylanadi, she’riyatning qonuniyatini yuzaga chiqaradi. Novdalarni bezab / g’unchalar, Tongda aytadi / hayot otini. Va shabboda / qurg’ur ilk sahar, Olib ketdi / gulning totini. (h. Olimjon) Bu bandning birinchi misrasidagi 4+5 turoq tartibi she’rning oxirigacha qonuniyat tarzida takrorlanadi. Shu sabab bu she’rning vazni 4+5=9 bo’g’inli barmoq vaznidir. Ayni chog’da she’r bir turkumga kiruvchi bo’g’inlar (4+5) guruhidan iborat bo’lgani uchun sodda vazn deb yuritiladi. Agar vazn ikki turkumga kiruvchi bo’g’inlar sonini bir she’rda uyushtirish asosida yuzaga kelsa, bunday vazn – qo’shma vazn deb aytiladi: Baland shoxda qizil olma =8 Pishgan ekan. = 4 Uzib olib qarasam, qurt = 8 Tushgan ekan. = 4 She’rning turli misralarida musiqiylik turlicha tovlanib, o’zgarib tursa-da, lekin birbutunligini saqlasa, yakka va betakror namuna ekanligini namoyish etsa – ana shu qonuniyat bo’y ko’rsatsa – Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling