ALIXONOV ZIYODULLO AKBARALIYEVICH
‘’ALIXONOV AKADEMIYASI’’ TELEGRAM:+998 93 788 16 56
qarshi kurash choralari:
Bakteriyalar keltirib chiqaradigan yuqumli kasalliklar:
Ichburug’, ko’k yo’tal, qoqshol, o‘pka sili, o‘lat
Hozirgi davrda mamlakatimizda yuqumli kasalliklar xavfi bartaraf etilgan. Suv va oziq-
ovqat mahsulotlari doimo qat’iy
nazorat ostida, shuningdek,
vodoprovod suvlari filtrdan
o‘tkaziladi. Dezinfeksiya ishlari keng ko‘lamda olib boriladi. Bu borada sanitar
epidemiologik stansiyalar faollik ko‘rsatib kelmoqda. Kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarga
qarshi kurash chora-tadbirlaridan biri oldindan emlash hisoblanadi. Emlash orqali ichburug‘,
bo‘g‘ma, qoqshol kabi xavfli kasalliklarning oldi olinadi.
2.
Umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan?
Xordali hayvonlarning qon aylanish sistemasi yopiq.
Lansetnikning qon aylanish doirasi bitta, yuragi bo‘lmaydi. Qonning harakati qontomirlar
devorining qisqarishi hisobiga amalga oshadi.
Baliqlarda ikki kamerali yurak vujudga kelgan. Yurak ikki qismdan: yurak bo‘lmachasi va
qorinchadan iborat. Bitta qon aylanish doirasiga ega.
Amfibiyalarning yuragi uch kamerali: bitta qorincha, ikkita bo‘lmachadan iborat. Ularning
qon aylanish sistemasi katta va kichik qon aylanish doiralariga bo‘linadi.
Reptiliyalarning yuragi ham uch kamerali, faqat qorincha devorida yarim to‘siq paydo
bo‘lganligi bilan farqlanadi. Timsohning yuragi to‘rt kamerali, lekin arterial va venoz qon
qorinchadan chiqishda aralashadi. Katta va kichik qon aylanish doirasiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: