48
– halaqitlar yo‘nalishida antennalar yaqiniga maxsus ekranlarni (metall setkalarni)
qurish orqali, antennalarning yo‘naltirilganlik diagrammasini halaqitlar yo‘nalishida
“o‘pirish” bilan sintezlash.
Texnik tadbirlarga quyidagilar kiradi:
– yangi ishlab chiqarilayotgan, sotib olinayotgan REVning
chastotalar diapazonini
to‘g‘ri tanlash;
– yangi ishlab chiqilayotgan harbiy texnika namunalarining REV EMMni belgilovchi
parametrlarini yaxshilash;
– REVning o‘zaro halaqitlardan himoyasini kuchaytiruvchi usullarni va uskunalarni
qo‘llash.
Radiostansiyani joylashtirish o‘rnini tanlashda joylarning relyefi, radioto‘lqinlar
tarqalishining
xususiyatlari, yaqin oradagi radiohalaqitlar o‘chog‘i, yirik inshootlar va
binolar, elektr uzatish va aloqa liniyalari mavjudligini hisobga olish zarur.
Shuningdek,
shaxsiy tarkibni va qurilmalarni dushman ommaviy qirg‘in quroli va o‘tidan himoyalash
imkoniyati ham albatta hisobga olinishi kerak.
Radiostansiya joylashish o‘rnini to‘g‘ri tanlash
aloqa masofasini uzaytiradi,
radioaloqa mustahkamligi va ishonchligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: