Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


Terining tana harorati doimiyligini saklash vazifasi


Download 1.67 Mb.
bet43/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

Terining tana harorati doimiyligini saklash vazifasi. Odam va yuksak hayvonlarning tana harorati deyarli bir xil saqlanadi, ya’ni 36,2-36,8° atroflda bo’ladi. Tashqi muhitning ob-havosi o’zgarishidan qat'iy nazar, sog’lom odamning tana harorati yuqorida ko’rsatilgan darajada saqlanadi. Tana haroratining doimiyligi fizik va kimyoviy yullar bilan boshqariladi.


Kimyoviy termoregulyatsiya organizmda issiqlik energiyasi hosil bo’lishining ko’payishi yoki kamayishi. ya’ni organizmda moddalar almashinuvining kuchayishi yoki susayishi orqali amalga oshadi. Tashki muhit harorati yuqori bo’lganda, organizmda moddalar almashinuvi pasayadi va issiqlik energiyasi hosil bo’lishi kamayadi. Tashqi muhit harorati past bo’lganda esa, organizmda moddalar almashinuvi kuchayadi va issiqlik energiyasi hosil bo’lishi ko’payadi.


Fizik termoregulyatsiya organizmdan issiqlik energiyasi ajralishning ko’payishi yoki kamayishi orqali amalga oshadi. Moddalar almashinuvi natijasida organizmda hosil bo’lgan issiqlik energiyasi teri. nafas organlari va siydik orqali tashqariga ajraladi. Tana
harorati doyimiyligining fizik usulda boshkarilishida teri muhum cvrin tutadi. Moddalar almashinuvi jarayonida organizmda hosil bo’lgan issiqlik energiyasining 70 - 80% i teri orqali tashqi muhitga ajraladi. Qolgan 20 - 30% i nafas azolari, siydik va axlat orqali chiqariladi. Teri orqali issiqlik uch usulda: nurlanish, bug’lanish va o’tkazish (kiyimlarga, tashki muhit havosiga o’tkazish) yo’li bilan ajraladi. Tashqi muhit harorati odam tanasining haroratidan past bo’lgan vaqtida organizmdan issiqlik nurlanish va o’tkazish yo’li bilan ajraladi. Agar tashqi muhit harorati tana harorati bilan teng va undan yuqori bo’lsa, organizmda issiqlik energiyasi bug’lanish yo’li bilan ajraladi, yani ter bezlaridan ajraladigan ter bug’lanishi uchun issiklik energiyasi sarflanadi. 1 ml ter bug’lanishiga 0,58kkal issiqlik energiyasi sarflanadi. Tashqi muhit harorati 15 29° atrofida bo’lganida. tinch holatda o’tirgan odamda, moddalar almashinuvidan hosil bo’lgan ortiqcha issiqlik energiyasining 45% i teridan nurlanish, 30% i o’tkazish va 25% i bug’lanish orqali tashqariga ajraladi. Tashqi muhit harorati past bo’lgan vaqtda teridagi sovuqni sezuvchi retseptorlar qo’zg’alib, undagi qon tomirlarini toraytiradi. Shuning uchun sovuqda odamning terisi oqaradi, natijada ter ajralishi va u orqali issiqlikning tashqi muhitga chiqarilishi kamayadi. Demak, sovuq vaqtda fizik termoregulyatsiya yo’li bilan teri orqali issiqlikning tashqariga ajralishi kamayishi hisobiga tana haroratining doimiyligi saqlanadi. Ob havo issiq bo’lgan vaqtda teridagi issiqni sezuvchi retseptorlar qo’zg’alib, undagi qon tomirlarni kengaytiradi. Shuning uchun bunday vaqtda odamning terisi qizaradi. Odam ko’p terlaydi va teri orqali issiqlik ajralishi ko’payadi.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling