Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


Download 1.67 Mb.
bet44/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

Teri gigienasi. Donishmand xalqimiz terini sog’liq oynasi deydi. Uning vazifalarini normal o’tishi uchun teri doimo toza bo’lishi zarur. Terining eng ustki. epidermis, qavatining hujayralari uzluksiz po’st tashlab, yangilanib turadi. Bir kecha - kunduzda teri yuzasida lO-lSgr epidermis hujayralari chiqindisi hosil bo’ladi. Agar odam muntazam ravishda yuvinib turmasa, terisining ustki qavatidan ajralgan po’st chiqindilari ter va yog’ bezlari suyukligi bilan qo’sqilib, teriga yopishib qoladi. Terining ustki qismi chiqindi moddalar bilan qoplanib ter va yog’ bezlari suyuqlik chiqaradigan naychalar berqilib qoladi. Buning oqibatida terining nafas olish, ayirish, tana harorati doimiyligini ta'minlash vazifalari buziladi. Bundan tashqari, teri kirlanishida kassallik qo’zg’atuvchi mikroblar yashashi va ko’payishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Malumki, kirlangan teri qichiydi va odam qashishi tufayli u jarohatlanadi. Bu jarohatga tushgan mikroblar yiringli yara hosil qiladi. Shuningdek, terini qashigan vaqtda undagi mikroblar tirnoq ostiga kirib qoladi va qo’l sovunlab yuvilmasa, ovqat istemol qilganda ular hazm azolariga kirib, oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Terini toza saqlash odam madaniyatining asosiy ko’rinishlaridan biri hisoblanadi:



  • bolani yoshligidan qo’l yuvishga o’rgatish lozim. Qo’lni ovqatlanishdan oldin albatta yuvish kerak;

  • yuz, bo’yin sohalarini har kuni 2 marta - ertalab va kechqurun uxlashdan oldin yuvish lozim;

haftada 1- 2 marta hommomga tushish yoki issiq dush qabul qilish lozim. Cho’milganda maxsus sovundan foydalangan ma'qul, chunki uning tarkibidagi lanolin moddasi terini yumshatadi, undagi bor kislota teridagi mikroblarni yo’qotadi.

Ba'zi joylarda suv tarkibida kaltsiy tuzlari ko’p bo’lganligi uchun bunday suv qattiq suv deyiladi. Bunday suvda yuvinish va cho’milish terini, sochni qotirib qo’yadi, uning kiri yaxshi erimaydi. Qattiq suvni yumshatish uchun uni qaynatish yoki har bir litrga bir choy qoshiq soda solish kerak.




Kiyim va poyabzalga bo ’Igan gigiena talablari. Odamning kiyimi va poyabzali yil fasliga mos bo’lib. havoni yaxshi o’tkazadigan bo’lishi kerak. Sintetik materiallardan tikilgan kiyim. rezinadan tayorlangan poyabzallar havo o’tkazmaydi. Shuning uchun ter bezlaridan ajralgan suyuklik yaxshi bug’lanmaydi. Buning oqibatida ichki kiyim. paypoq xo’l bo’lib odam shamollab qolishiga sabab bo’ladi. Shunga ko’ra. ayniqsa, Respublikamizning issiq iqlim sharoitida sintetik materiallardan tikilgan kiyim, paypok va rezina poyabzal kiyish gigiena nuqtai nazaridan tavsiva etilmaydi. Bunday materiallardan tayorlangan sport kiyimlari va poyabzallarni faqat mashg’ulot vaqtida kiyish mumkin. Bizning issiq iqlim sharoitimizda yoz oylarida ip gaziamadan tiqilgan kiyim, qish faslida esa - jun va boshqa tabiiy gazlamalardan kiyim, charm poyabzal kiyish maqsadga muvofiq bo’ladi. Poshnasiz poyabzal(kalish, shippak, slans, keda, krossovka kabilar)ni kun bo’yi kiyish gigienik talablarga javob bermaydi. Ularni qisqa vaqt kiyish mumkin. Shuningdek, poshnasi juda baland, uchi tor poyabzal esa - oyoq panjasini yassilashiga olib keladi. Yosh qizlar uzoq vaqt baland poshnali poyabzal kiyishi natijasida ularning umurtka paq’onasi va chanoq suyaklarini holati o’zgarib, oyoq panjasini kasallanishiga sabab bo’lishi mumkin. Qizlar poyabzallarning poshnasi enliroq, balandligi esa - 2 - Ism dan oshmasligi lozim. Tor poyabzal oyoqqa qon aylanishini qiyinlashtiradi, shuning uchun odam tez charchaydi. Qish vaqtida bunday poyabzal oyoqni sovuq olishiga sabab bo’ladi.

Xulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki, umuman odam organizmida teri qator muhum vazifalarni bajaradi. Terining himoya vazifasi, tashqi muhitni ba'zi zararli ta'siilaiidan organizmni saqlaydi. chunki sog’lom teri tashqi muhitni kasallik qo’zg’atuvchi moddalami organizmga kirishiga yo’l qo’ymaydi. Bundan tashqari teri organizmdan suvni ortiqcha sarf bo’lishiga to’sqinlik qiladi. U yana nafas olish vazifasini ham bajaradi: teri orqali hujayralarga kislorod kirishini ta'minlaydi va modda almashinuvida ishtirok etadi.


Terining temperaturani muvozanatlash vazifasi markaziy nerv sistemasi, ayniqsa tomir-harakatlanish markazining holatiga bog’liq.


V.I.Busigin va E.I.Bukanovlarning suyuq kristallai* vositasida o’tkazilgan, tashqi muhitni harorati 21°C bo’lgan holatdagi tadqiqotlari asosida, odamning oyoq panjasida temperatura maydonini taqsimlanishi quyidagicha: oyoq panjasining izini markaziy qismida 28°C; chekka tomonlarida - 26°C; ust tomonining barmoqlar atrofida - 25°C; o’rta qismida - 27°C; boldirda esa - 28°C ga tengligi; bundan tashqari oyoq panjasining temperaturasiga odamning yoshi, uning jismoniy faolligi va atrof muhitning harorati


ta'sir etishi aniqiangan. Yoshga nisbatan oyoq panjasining issiqlik muvozanatini o’rganish natijasida quyidagi miqdorlar aniqiangan [3]:



Yoshi, yillar

1-3

4-7

8-12

18-25 36-60 61-90

Oyoq panjasining temperaturasi, °C

34,5

32,7

29,8

26,7 24,4

19,3

Berilgan miqdorlardan ko’rinib turibdiki, odam tanasining umumiy o’rtacha temperaturasi 36,6 °C bo'lganda, oyoq panjasini temperaturasini pasayishi yoshi ulg’ayishi bilan bog’liq ekan. Atrof muhitni o’rtacha temperaturasini pasayishi oyoq panjasini haroratini tushib ketishiga olib keladi, natijada bunday holat odamni shamollash kasalligini ketirib chiqarishi mumkin.



  1. OYOQ VA QO’L PANJALARINI ASOSIY ANTROPOLOGIK TADQIQOTLARI




Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling