Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


Odamning oyoq va qo’l panja o’lchamlarini tadqiqot usullari


Download 1.67 Mb.
bet45/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

2.1. Odamning oyoq va qo’l panja o’lchamlarini tadqiqot usullari.

Odam oyoqlarining tuzilishi bir hil bo’lgani bilan, ularning o’lchamlari bir-biridan juda katta farq qiladi. Oyoq va qo’l panjalarini anatomo - morfologik tuzilishini tabiiy holda saqlash va ularni vazifalarini to’g’ri bajarishga erishish faqat atrof muhitni zararli ta'siri(shikastlanish, harorat va namlik)dan himoyalash yo’li bilan amalga oshirish mumkin. Va bu himoya vazifani asosan poyabzal va qo’lqoplar amalga oshiradi. Bu mahsulotlarning sifatini aniqlovchi asosiy ko’rsatkichi ularning o’lcham va shakli, oyoq va qo’l panjalarining o'lcham va shakliga mosligidadir. Agar poyabzal va qo’lqoplarni shaxsiy buyurtma asosida tavorlanganda bu muommo o’z kuchini yo’qotgan bo’lar edi. Ommaviy poyabzal ishlab chiqarish sharoitida oyoq panjasining tuzilishini o’rganish kitoya qiimay, baiki iste'moichilariung oyoq panjasining o’lchamlari»л ham bilish kerak. Agar har bir iste'molchi uchun alohida poyabzal tikiladigan bo’lsa ommaviy poyabzal ishlab chiqaradigan korxonalarni og’ir ahvolga solib qo’yilgan bo’lib, bir korxonada son-sanoqsiz qoliplar ishlatilishiga to’g’ri kelgan bo’lar edi. Ommaviy poyabzal ishlab chiqarish korxonalarida bunday ishlash imkoniyati yo’q va unday ishlash ham shart emas.


Poyabzal korxonalari ma'lum muddat ichida zamonaviy moda yo’nalishiga qarab noma'lum istemolchilarga poyabzallar ishlab chiqaradi. Bu ishlab chiqarilgan poyabzallar, o’z o’lchamlari bilan aholining talablarini qondirishi kerak.


Oyoq panjasini ommaviy o’lchash va o’rganish natijasida, ular shakli va o’lchamlari bo’yicha guruhlarga bo’linadi. Bu muommoga baqishlangan juda ko’p rus tibbiyot va antropolog olimlarning ilmiy ishlari bor. Axolining oyoq panjalarini ommaviy o’lchashda ishtirok etgan poyabzalchi texnologlar Yu.P.Zibin, B.P.Xoxlov, X.X.Liokumovich. K.I.Chentsova. O.V.Farnieva N.A.Kolesnikova va boshqalar. tibbiyot va antropolog olimlari M.A.Petrov, V.V.Bunak, P.R.Zenkevich, P.N.Bashkirov, M.V.Ignatev. V.M.Krans. G.N.Kramorenko va boshqalar bilan birga ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdi. Bu ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari yordamida, poyabzal sanoatida axoliga qulay. oyoq panjasining o’lchamlariga mos keladigan poyabzal ishlab chiqarish imkoni yaratildi.





Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling