Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


Download 1.67 Mb.
bet72/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

2.5.2. Befarqlik intervali.

Oyoq (qo’l) panjasining gurux(tip)lar soni nafaqat yetakchi ko’rsatkichlar soniga, balki oyoq (qo’l) panjasini yonma - yon razmerlar intervaliga ham bog’liq. Axoli ichida uchraydigan oyoq (qo’l) panjalarining hamma turlarini nisbatan katta bo’lmagan sonli guruxlarga keltirish uchun befarqlik intervali degan tushuncha kiritilgan.


Befarqlik intervali bu maxsulot razmerlari o’rtasidagi iste'molchi seza olmaydigan (og’riqsiz) oraliq hisoblanadi. Befarqlik S degan tushunchani Yu.P.Zibin ilk bor oyoq panja uchun kiritgan va uni avval “Sezish chegarasi” A,= S/2 deb nomlashni taklif qilgan.


“Befarqlik intervali’* razmer tipologiyasini qurish asosi hisoblanadi. har bir yetakchi ko’rsatkichning befarqlik intervalini to’g’ri aniqlash oyoq (qo’l) panjalarini zaruriy guruxlar sistemasini qurish bilan bevosita bog’liq.


Agar befarqlik intervali nulga teng bo’lsa. sanoat korxonalarida iste'mol buyumlarini ishlab chiqarish qiyinlashadi. Bu holda sanoqsiz ko’p razmerlarda maxsulot ishlab chiqarish kerak bo’ladi. chunki tabiatda tana yoki uning qismi bir razmerda bo’lgan ikki odamni uchratish juda qiyin.


Befarqlik intervali ko’p xollarda ikki. ba'zida bir tomonlama bo’lishi mumkin. Masalan. ikki tomonlama befarqlik intervali ko’proq poyabzalda uchratish mumkin. Chunki bir razmerdagi poyabzaldan nafaqat oyoq panjasi uzunligi poyabzal o’lchamiga aniq teng. balki kichikroq yoki kattaroq uzunlikka ega odamlar ham foydalanadi. Ammo bu uzunliklar qabul qilingan chegarasidan oshmasligi shart.


Agar befarqlik intervali bir tomonlama bo’lsa. unda maxsulot ma'lum razmerdan kichik bo’lishi mumkin emas. Ya'ni katta razmyerga mo’ljallangan maxsulot ancha kichik razmyerga ega odamlarga ham to’g’ri keladi, lekin kichik razmyerga ega maxsulotdan katta razmerdagi odam foydalana olmaydi. Bunday maxsulotlarga bel kamari misol bo’la oladi.

Befarqlik intervaliga o’lcham ko’rsatkichni miqdori ta'sir ko’rsatishi mumkin:


ko’rsatkich qancha katta bo’lsa, shuncha befarqlik katta bo’ladi.


Befarqlik intervali tajriba yo’li bilan aniqlanadi. Oyoq panjasining o’rta - o’rta razmeri asosida tayyorlangan poyabzalni, o’rta-o’rtadan ma'lum miqdorga chetlaniivchi oyoq panjali odamlar ham kiyishi mumkin. Bu miqdorni ko’rsatkichi qabul qilingan razmerlararo befarqlik intervaliga va razmer sistemasiga bog’liq. Metrik sistemasida poyabzalni uzunligi bo’yicha befarqlik intervali 5mm ga teng. Bunday befarqlik


intervalida, oyoq panjasida o’rta - o’rta uzunligi MLo,p. ga to’g’ri keladigan poyabzalni, oyoq panjasining uzunligi MLap. ± 2.5mm intervalda bo’lgan odamlar kiyishi mumkin. Shunda keyingi tiporazmer (yoki panjalar guruxi), berilgan o’rta - o’rta razmerdan 5mm ga farq qilgan bo’ladi. Bu ikki yonma - yon oyoq panjalarning o’rta miqdorlari o’rta - o’rta guruxdan ± 5mm ga to’g’ri keladi, ya'ni Л//=Л/£ая + 5mm; M2 = MLap, —5mm. Mi va M2 razmerlarda ishlab chiqarilgan poyabzal oyoq panjasining uzunligi Mi ± 2,5mm va M2 ± 2,5mm bo’lgan odamlarga qulay, ya'ni oyoq panjasini 2,5mm ga siqsa yoki shu miqdorda keng bo’lsa odam sog’lig’iga salbiy ta'sir ko’rsatmaydi deb hisoblanadi. Oyoq panjasi o’rta - tipik miqdordan ± 2.5mm ga farq qiluvchi shaxslar tipik emas bo’lib, tipik panjalar uchun ishlab chiqarilgan poyabzal qulay xisoblanadi.

Masalan: 240 razmerda ishlab chiqarilgan poyabzal oyoq panjalarining uzunligi 238, 239, 240, 241, 242mm bo’lgan odamlarga mos deb hisoblanadi; agar qandaydir shaxsni oyoq panjasini uzunligi 243mm bo’lsa, unga 245 razmerdagi poyabzal tavsiya etiladi.


Xuddi shunday tajriba yo’li bilan qo’l panjasining yetakchi ko’rsatkichlari uchun befarqli chegarasi aniqlanadi. Lekin qo’l panjasining quchoq o’lchami Оч. oyoq panjasidan farqli ravishda, befarqlik intervali simmetrik emas. Bunda bir tipga o’rta - o’rta quchoq o’lchamidagi guruxga kuyidagi qo’l panjalarini kiritish mumkin:




Oq - 2mm< Oq< Oq+3mm.

Masalan: agar qo’lqopni kaft quchoq o’lchami 180mm bo’lsa, bunday buyumni qo’l panjasining quchoq o’lchami 179, 180, 181, 182, 183mm bo’lgan odamlar kiyishi mumkin. Shunday qilish, qo’l panjasining befarqlik intervali S -2 + Ъ—Ътт ga teng guruxlarga bo’linadi.





Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling