Amaliy mashg`ulot № karyer ishchi hodimlari tarkibini o`rganish ularga qo`yiladigan talablar. Karyer hodimlarini o`qitish va instruksiya turlari. (4Soat)
Download 132.03 Kb.
|
AMALIY MASHG`ULOT № 1. KARYER ISHCHI HODIMLARI TARKIBINI O`RGANISH ULARGA QO`YILADIGAN TALABLAR. KARYER HODIMLARINI O`QITISH VA INSTRUKSIYA TURLARI. (4SOAT). 1.4.1. Karyerlar hodimlari konchilik ishlarini bajarishdagi ishtirokiga ko`ra quyidagilarga bo`linadi: a)Ochiq konchilik ishlari yuzasidan texnik rahbarlik qilish huquqiga ega bo`lgan va geologiya, marksheyderlik, konchilik ishlab chiqarish fizik jarayonlari, geomehanika, konchilik ishlarini boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil etish sohasidagi mahsus bilimni talab etuvchi (karyerning boshlig`i, bosh muhandisi, bosh muhandisining burg`ulash-portlatish va konchilik ishlari bo`yicha o`rinbosari, geologiya, marksheyderlik, geomehanika va ishlab chiqarish-tehnik hizmatlari rahbarlar kabi) hodimlar; b) konchilik ishlarining ayrim turlari (jarayonlari) yuzasidan tehnik rahbarlik qilish huquqiga ega bo`lgan va tegishli sohasidagi mahsus ta`lim va bilimni talab etuvchi (burg`ulash, portlatish, konchilik, uyumlar va shu kabi uchastkalar boshliqlari, uni o`rinbosarlari va ustalari kabi) hodimlar; v) konchilik ishlarining ayrim turlarini bajarish huquqiga ega bo`lgan va ularni bajarish uchun mahsus tayyorgarlikni talab etuvchi (portlatuvchi, kon-transporti jihozi mashinisti kabi) hodimlar; g) konchilik ishlari turlariga kiritilmagan, ammo ishlab chiqarish faoliyati orasidagi odam sifatida karyerning hususiyatlarini hisobga olishni talab etuvchi yordamchi ishlar yuzasidan tehnik rahbarlik qilish huquqiga ega bo`lgan (ta`mirlash uchastkasi boshliqlari va ustalari, konchilik uchastkalari mehanigi va energetigi, va shu kabi) hodimlar; d) karyerlardagi ahloq qoidalarini bilishni talab etuvchi yordamchi ishlarining ayrim turlarini bajarish huquqiga ega bo`lgan (ta`mirlash hizmati ishchilari, yordamchi transporti haydovchisi va shu kabi) hodimlar; e) yordamchi ishlab chiqarish va hizmatlarning karyerda bo`lishi zarur bo`lmagan, ammo portlatish ishlari paytida havfli zona chegarasida bo`lishi mumkin bo`lgan (mehanik-tamirlash ustahonalar, mamurij-maishij kombinatlar va shu kabilar ishchilari) hodimlari. 1.4.2. Ochiq konchilik ishlari yuzasidan tehnik rahbarlik qilish uchun, tugallangan olij yoki o`rta kon-tehnikaviy ta`limga ega bo`lgan va ochiq konchilik ishlari asosiyjarayonlaridan bittasi bo`yicha rahbarlikning amaliy tajribasiga ega bo`lgan shaxsga ruhsat etiladi. 1.4.3. Konchilik ishlarining ayrim turlari yuzasidan rahbarlik qilish uchun, tugallangan oliy yoki o`rta kon-tehnikaviy ta`limga ega bo`lgan yoki ishlarning tegishli turini masuliy olib borish huquqini beradigan kurslarni tugatgan shaxsga ruhsat etiladi. Kon-tehnikaviy ta`limga ega bo`lmagan shaxsga, karyerlarda konchilik ishlarining ayrim turlari yuzasidan rahbarlik qilishi uchun, ishlarning tegishli turini masuliy olib borish huquqini beradigan maxsus kurslarni tugatgandan keyin ruhsat etilishi mumkin. 1.4. 4. Karyerlarda konchilik ishlarining ayrim (burg`ulash, portlatish, kavlash-yuklash, tashish, uyumlash va shu kabi) turlarini bajarish uchun, kasb bo`yicha o`qib, imtihon topshirgan va shunday ishlarni bajarish yoki tegishli kon-transport mashinalarini boshqarish huquqiga oid guvohnoma olgan ijrochilarga ruhsat etiladi. Boshqarilishi elektr qurilmalarni operativ ulash va o`chirish bilan bog`liq bo`lgan konchilik va transport mashinalari mashinistlari va mashinisti yordamchilari, Iste`molchilar elektr qurilmalaridan tehnik foydalanish qoidalari va Istemolchilar elektr qurilmalaridan foydalanishda havfsizlik tehnikasi qoidalariga muvofiq ravishda elektr havfsizligi bo`yicha quyidagicha malaka guruhiga ega bo`lishi kerak: Download 132.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling