Amaliy mashg`ulot № karyer ishchi hodimlari tarkibini o`rganish ularga qo`yiladigan talablar. Karyer hodimlarini o`qitish va instruksiya turlari. (4Soat)


Download 132.03 Kb.
bet7/37
Sana18.10.2023
Hajmi132.03 Kb.
#1708392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
IZOH: Alohida ћollarda tushish joylarini qurishda ortiqcha yuklanish punktlari ishida kabelni ko‘zdan kechirish uchun xavfsiz sharoitlarni yaratishda ulanadigan punktlarning ishlayotgan ekskavatorlar bilan ћar xil gorizontda joylashishiga ruxsat etiladi.
5.2.5. Ko‘chma transformatorli nimstantsiyalar va taqsimlovchi punktlarning korpuslari kuymas materiallardan yasalishi, foydalanish sharoitlariga mos keladigan konstruktsiyaga ega bulishi tashish uchun tirkamali qurilma bilan jiћozlangan bo‘lishi kerak.
5.2.6. Ko‘chma nimstantsiyalar, taqsimlovchi qurilmalar va ulanish punktlarining barcha eshiklari ishonchli qulflash qurilmasiga va moy (vakuum) uzgichlari, ajratgichlari va kamera eshiklari o‘rtasida ajratgich va uzgich bilan xato operatsiyalarga yo‘l qo‘ymaydigan, ajratgich ulangan vaqtda eshiklar ochilishiga, shuningdek eshiklar ochiq paytida ajratgichning ulanishiga yo‘l qo‘ymaydigan blokirovkaga ega bulishi lozim.


.3. Zaminlashtirish
5.3.1. Zaminlashtirish qurilmalari kishilarning xavfsiz sharoitlarini va elektr jiћozlari ћimoyasini, shuningdek ishning foydalanish tartibini ta’minlashi kerak.
Kuchlanish ostida bo‘lmagan, ammo izolyatsiya shikastlanganda ularning ostiga tushishi mumkin bulgan elekt qurilmalarining metall qismlari zaminlashtirilishi mumkin, shuningdek:
a) elektr ekskavatorlar, burg`ilash dastgoћlari, nasoslar, konveyerlar, elektr parmalar va boshqa mashinalar, transformatorlar, o‘chirib-yoqgichlar korpuslari va boshqa elektr jiћozlar va apparatlar;
b) elektr apparaturasi yuritmalari;
v) «Elektr qurilmalarining tuzilish qoidalari»dan nazarda tutilgan ћollardan tashqari o‘lchash transformatorlarining ikkilamchi cho‘lgamlari;
g) boshqarish taqsimlovchi shchitlar karkaslari (galtaklari);
d) statsionar va ko‘chma transformatorli nimstantsiyalar, taqsimlovchi qurilmalar va ulanadigan punktlarning metall va temir-beton konstruktsiyalari va qoplamalari;
ye) kabelli muftalarning metall korpuslari, kabellarning va simlarning metall qobiklari, elektr simlarining po‘lat quvurlari;
j) elektr uzatish liniyalarining metall va temir-beton tayanchlari va konstruktsiyalari;
z) projektorlar va yoritish armaturasi korpuslari;
i) govlar, kuchlanish ostidagi qismlarning metall panjarali va yaxlit to‘siqlari, metall fermalar, to‘sinlar, maydonchalar va boshka metall ќismlar.
5.3.2. Quyidagilar zaminlashtirilmaydi:
a) tayanch izolyatorlarining osma armaturasi va shtirlari, kronshteynlar va yoruglik armaturasi, ular elektr uzatish liniyalarining yogoch tayanchlarida va ochiq nimstantsiyalar yog`och konstruktsiyalarida o‘rnatilganda, agar bu atmosfera qayta kuchlanishlaridan ћimoya qilish shartlari bo‘yicha talab etilmagan bo‘lsa;
b) zaminlashtirilgan metall konstruktsiyalarga o‘rnatilgan jiћoz; bunda tayanch sirtlariga elektr tutashishni ta’minlash uchun tozalangan va bo‘yalmagan joylar nazarda tutilgan bo‘lishi lozim;
v) shitlarda, shkaflarda, shuningdek taqsimlovchi qurilmalar kameralari devorlarida o‘rnatilgan elektr o‘lchash asboblari, rele va boshqalarning korpuslari;
g) liniyaning ikki tomonidan zaminlashtirilgan metall qobiqli istalgan kuchlanishdagi kabellar yotqizilgan kabel konstruktsiyalari;
d) elektr stantsiyalari, nimstantsiyalar, taqsimlovchi qurilmalar xududidan tashќariga chiќadigan uchastkalardagi rels yo‘llari;
ye) kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tok elektr priyomniklari (ќabul qiluvchi) va kuchlanishi 110 V gacha bo‘lgan doimiy tok elektr priemniklari.
5.3.3. Ochiq konning umumiy zaminlashtirilgan qurilmasi markaziy va maћalliy zaminlashtirilgan qurilmalardan tashkil topgan bo‘lishi lozim. Maћalliy zaminlashtirilgan qurilmalar kuchlanishi 6-10/0,4 kV ko‘chma PP, PKTP va boshka qurilmalarga o‘rnatilgan zaminlagichlar ko‘rinishida bajariladi.
Maћalliy zaminlovchi qurilmaning qarshiligi me’yorlanmaydi.

Download 132.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling