Amaliy mashg`ulot № karyer ishchi hodimlari tarkibini o`rganish ularga qo`yiladigan talablar. Karyer hodimlarini o`qitish va instruksiya turlari. (4Soat)
Dastlabki yo‘riqni o‘tkazish kishini ishga qabul qilish to‘g`risidagi hujjatda (qabul qilish varag`ida) ifodalangan bo‘lishi kerak. 1.5.18
Download 132.03 Kb.
|
1.5.17. Dastlabki yo‘riqni o‘tkazish kishini ishga qabul qilish to‘g`risidagi hujjatda (qabul qilish varag`ida) ifodalangan bo‘lishi kerak.
1.5.18. Ish joyidagi birlamchi yo‘riq ishga yangi kirayotgan yoki bir kasbdagi ishdan boshqasiga o‘tkazilayotgan ishchilar bilan o‘tkaziladi. Birlamchi yo‘riq dasturi (3-ilova) ћar bir kasb uchun ishlab chiqilishi kerak. 1.5.19. Ishga yangi kirayotgan yoki bir kasbdagi ishdan boshqasiga o‘tkazilayotgan har bir ishchi karyer (uchastka) bo‘yicha buyruq (farmoyish) bilan tayinlangan tajribali malakali ishchi raћbarligida amaliy o‘quvni (stajirovkani) o‘tashi kerak. Stajrovkani davomiyligi ishni tavsifiga ko‘ra ohirida bilimini tekshirish bilan kamida ikki kunlik muddatga korhonaning tehnik raћbari tomonidan tasdiqlanadi. Elektr qurilmalariga hizmat ko‘rsatuvchi ћar bir hodim elektr havfsizligi bo‘yicha malaka guruhiga oid bilimlar ko‘rigidan o‘tganidan keyin, ish joyida tajribali ishchi rahbarligida stajirovkani (dublyor sifatida) kamida ikki hafta davomida o‘tishi kerak, shundan so‘ng mustaqil ishlashiga ruhsat etilishi mumkin. Stajirovka va mustaqil ishlashga ruhsat berish muhandis-tehnik hodimlar uchun korhona bo‘yicha farmoyish bilan, ishchilar uchun esa sex, uchastka bo‘yicha farmoyjish bilan rasmiylashtiriladi. 1.5.20. Ishchilarni mustaqil ishlashlariga stajirovkani o‘taganlari, ishni behatar olib borish usullari yuzasidan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalari ko‘rigi bevosita ishlar rahbari (usta, mehanik va shu kabilar) ishtirokida karer bo‘yicha buyruq bilan tayinlangan komissiya tomonidan o‘tkazilgandan keyin ruhsat etiladi, bu karyer mamuriyatida saqlanadigan jurnalda farmoyish va bayonnoma rasmiylashtirishi kerak. 1.5.21. Ishchilar shu kasb bo‘jicha malakasi va ish stajidan qatiy nazar, kami bilan 6 oy ishlaganidan keyin ish joyidagi birlamchi yo‘riq dasturi bo‘yicha ishni behatar olib borish yuzasidan davriy (takrorij) yo‘riqdan o‘tishi kerak. 1.5.22. Ishlab chiqarish jarayoni o‘zgarishi, bir turdagi jihoz boshqasiga almashtirilishi va boshqalari natijasida meћnat sharoiti o‘zgargan hollarda; ishlab chiqarishdagi bahtsiz ћodisalar va avariyalarda; ishlarni xavfsiz olib borish bo‘yicha yangi qoidalar va yo‘riqnomalar kiritilishi bilan yuza kelgan qo‘shimcha talablarni ishlovchilarga yetkazish zarur bo‘lganda; qabul qilingan ta`sir choralariga qaramasdan qoidalar va yo‘riqnomalar talablari, meћnat intizomi buzilishi aniqlangan hollarda, shuningdek Davlat nazorat organlari talablariga binoan ishchilar meћnat xavfsizligi bo‘yicha navbatdan tashqari yo‘riqdan o‘tishlari kerak. Navbatdan tashqari yo‘riqdan o‘tishda ish joyidagi birlamchi yo‘riq dasturining faqat o‘sha yo‘riq o‘tkazishga bevosita bog`liq bo‘lgan qismi ko‘rib chiqilishi kerak. 1.5.23. Bevosita mutahassisligiga oid vazifalari bilan bog`liq bo‘lmagan ishlarni bajarish, avariyalar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, naryad-ruhsatnoma yoki shu kabi boshqa hujjatlarga ko‘ra ishlarni amalga oshirishda havfsizlik tehnikasi bo‘yicha maqsadli yo‘riqlar o‘tkazilishi kerak. 1.5.24. Birlamchi, davriy (takroriy), rejadan tashqari va joriy yo‘riqlar bevosita ishlar raћbari (usta, mehanik va shu kabilar) tomonidan o‘tkazilishi kerak, u og`zaki so‘rash yoki tehnik vositalar yordamida, shuningdek o‘zlashtirilgan ko‘nikmalarni tekshirish bilan yo‘riqdan o‘tuvchining havfsizlik tehnikasi bo‘yicha bilimini baћolashi shart. Havfsizlik tehnikasi bo‘yicha qoniqarsiz bilim ko‘rsatgan shaxslarni mustaqil ishlashlariga ruhsat etilmaydi va ular yo‘riqni yangidan o‘tishlari kerak. 1.5.25. Birlamchi, davriy, navbatdan tashqari va maqsadli yo‘riqlarni o‘tkazilishi ћaqida Ish joyidagi yo‘riqni qayd etish jurnaliga yo‘riqdan o‘tuvchi shahs va yo‘riq beruvchi shahsning imzo chekishlari sharti bilan yozish kerak. Navbatdan tashqariy yo‘riqni qayd etishda uni o‘tkazish sababi ko‘rsatilishi kerak. Naryad-ruhsatnoma yoki shu kabi boshqa hujjatlarga ko‘ra ishlarni amalga oshiruvchi hodimlarga joriy yo‘riq o‘tkazilishi, ishlarni bajarishga ruhsat etadigan naryad-ruhsatnoma yoki shu kabi boshqa hujjatlarda belgilanishi kerak. 1.5.26. Kasblarni mujassamlashtirish ko‘zda tutilgan ishlarni bajarish bilan band bo‘lgan ishchilar, barcha mujassamlashtirilgan kasblar turi bo‘yicha meћnat xavfsizligi yuzasidan o‘qitilishi va yo‘riqdan o‘tishlari kerak. 1.5.27. Meћnat havfsizligiga oid yo‘riqnomalar Ishlarni behatar olib borish qoidalari va yo‘riqnomalari asosida ishlab chiqilishi va korhona bosh muћandisi tomonidan tasdiqlanishi kerak. yo‘riqdan o‘tkazishda foydalaniladigan ishlarni havfsiz olib borishga oid yo‘riqnomalar va ularning ro‘yhati, meћnat havfsizligi bo‘yicha yo‘riqlar dasturi korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi va kasaba qo‘mita bilan kelishilishi kerak. Download 132.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling