Amaliy mashg`ulot № karyer ishchi hodimlari tarkibini o`rganish ularga qo`yiladigan talablar. Karyer hodimlarini o`qitish va instruksiya turlari. (4Soat)


Download 132.03 Kb.
bet2/37
Sana18.10.2023
Hajmi132.03 Kb.
#1708392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
1000 V gacha kuchlanishda:
- mashinistlar – kamida 3 guruh;
- mashinist yordamchilari- kamida 2 guruh;
1000 V dan yuqori kuchlanishda:
- mashinistlar – kamida 4 guruh;
- mashinist yordamchilari- kamida 3 guruh.
Havfsizlik tehnikasi bo`yicha yuqorida ko`rsatilgan malaka guruhlariga ega bo`lish, mashinistlar va mashinist yordamchilariga faqat ularga biriktirilgan ekskavator (burg`ulash stanogi va shu kabilar) va uni ulash punktiga (shu jumladan ulash punktidagi kabelni almashlab ulash) hizmat ko`rsatish va joriy profilaktik tamirlashni bajarish huquqini beradi.
Mashinistlar va mashinist yordamchilari boshqa ekskavatorga (burg`ilash stanogiga) vaqtincha o`tkazilganda, ular shu konchilik mashinalarning elektr taminoti shemasi bilan tanishganlaridan keyin, yuqorida ko`rsatilgan ishlarni bajarish uchun ruhsat etiladi.
1.4.5. Foydali qazilma konlarini ochiq usul bilan qazib olishda yordamchi hizmatlarga rahbarlik qilish uchun, kon-tehnikaviy yoki umumtehnik yo`nalishidagi olij yoki o`rta mahsus talimga ega bo`lgan shaxsga ruhsat etiladi. Umumtehnik yo`nalishidagi talimga ega bo`lgan shaxslar mazkur qoidalarning 1.5.15 bandiga muvofiq ravishda karyerlarda ishlarni olib borishning hususiyatlarini o`rganish bo`yicha mahsus kurslarni o`tashlari kerak.
Ajrim hollarda karerlarda yordamchi ishlar yuzasidan tehnik rahbarlik qilish uchun, mahsus talimga ega bo`lmagan, ammo tegishli yo`nalish bo`yicha kamida 2 yillik ish stajiga shaxs, tegishli turdagi ishlarga rahbarlik qilish huquqini beradigan kurslarni tugatganidan keyin, tayinlanishi mumkin.
Amaldagi elektr qurilmalaridagi ishlarga rahbarlik qilish uchun, oliy yoki o`rta mahsus (elektrotehnika) talimga ega bo`lgan shaxsga ruhsat etiladi.
1.4.6. Karyerlarda yordamchi ishlarni bajarish uchun, kasb bo`yicha o`qib, imtihon topshirgan va tegishli ishlarni bajarish huquqiga oid guvohnoma olgan va karyerlardagi o`zini tutish qoidalari bilan tanishgan ijrochilarga ruhsat etiladi.
1.4.7. Konchilik va transport jihozini ishlatish va tamirlashda kasblarni mujassamlashtirish ko`zda tutilganda, ijrochilar barcha mujassamlashtirilgan kasblar turi bo`yicha o`qitilishi va tegishli guvohnomalar berish bilan shahodatlanishi kerak. Bunda asosiy kasb (konchilik jihozi mashinistlari va mashinisti yordamchilari, chilangarlari, elektr chilangarlari va shu kabilar) b`yicha dasturga qo`shimcha kasblar (stropalchi, elektr pajvandchi) bo`yicha mahsus bo`limlarni qo`shishga ruhsat etiladi.
1.4.8. Karyerga ishga yangi kirayotgan kasbi bo`lmagan, kasbini o`zgartirayotgan yoki turdosh kasbni olayotgan ishchining mustaqil ish bjarishiga ruhsat berishdan oldin, u kasbi bo`yicha, shu jumladan mehnat havfsizligi bo`yicha talim olishi kerak.
Kasb bo`yicha o`qitish korxona (bo`linmalar) kadrlar bo`limi tomonidan tashkil etiladi va korxonaning o`quv markazlarida o`quv dasturlariga binoan o`tkaziladi.
1.4.9. Yordamchi ishlab chiqarish hizmatlarining karyerda doimo bo`lishi zarur bo`lmagan hodimi, uni havfsizligiga tahdid qilishi mumkin bo`lgan asosiy havfli va zararli ishlab chiqarish omillari bilan tanishtirilishi, va mamuriyat ko`rsatma bermaganda karyerda bo`lish noo`rinligi haqida ogohlantirilishi kerak.
1.4.10. Ijrochilarni mahsus o`qitish talab etadigan ishga (portlatuvchi, lokomotiv mashinisti, yuk ko`tarish kranlari mashinisti va shu kabilarga) tayinlashdan oldin tegishli qoidalarning yosh, jins, ish staji, kasbi bo`yicha nazariy va amaliy talim qismi talablari bajarilishi kerak.
1.4.11. Karyerning tugallangan oliy kon-texnikaviy talim va konchilik muhandisi yoki konchilik texnigi malakasiga ega bo`lishi lozim bo`lgan rahbar hodimlari va mutahassislari ro`yhati, qaysiki tuzilmasi mazkur qoidalarga muvofiq ravishda ochiq konchilik ishlarini boshqarish va ularni behatar olib borishni taminlashi lozim bo`lgan shtat jadvali tomonidan aniqlanadi.
Shtat jadvali korxona rahbari tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Download 132.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling