Amaliy mashg`ulot № karyer ishchi hodimlari tarkibini o`rganish ularga qo`yiladigan talablar. Karyer hodimlarini o`qitish va instruksiya turlari. (4Soat)
Download 132.03 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Mehnat havfsizligi bo`yicha karyer hodimlarini o`qitish va yo`riqlash. 1.5.1.
1.4.12. Yuridik mustaqillikka ega bo`lmagan, bo`linma huquqida karyer tarkibiga kiruvchi korxonalar, boshqaruv tarkiblarida konchilik yo`nalishi bo`yicha mutahassislarga ega bo‘o`lishlari kerak, qaysiki ularga karyerni lojiha va meyoriy-tehnik hujjatlar bilan taminlash, shuningdek konchilik ishlari olib borilishi yuzasidan nazorat yuklatiladi.
1.4.13. Fojdali qazilma konlarini ochiq usul bilan qazib oluvchi korxonalar, shuningdek ushbu korxonalar uchun loyihalar ishlab chiquvchi, jihoz, asbob va shu kabilarni ishlab chiquvchi va montajqiluvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-tehnik hodimlari mazkur qoidalarni egallab turgan lavozimi doirasida bilishlari yuzasidan har uch yilda kamida bir marta ko`rikdan o`tishlari kerak. 2. Mehnat havfsizligi bo`yicha karyer hodimlarini o`qitish va yo`riqlash. 1.5.1. Konchilik ishlarini ochiq usul bilan olib boruvchi korhonalar barcha ishchilari, raxbarlari ham mehnat xavfsizligi bo`yicha qoidalar, meyorlar va yo`riqnomalarni, ularni lavozimlari, kasblari va ish turlari uchun belgilangan tartibda va muddatda o`qishlari, bilishlari yuzasidan yo`riq va ko`rikdan o`tishlari kerak. 1.5.2. Konchilik yo`nalishi bo`yicha oliy va o`rta maxsus ta`limga ega bo`lgan mutahassislarni tayyorlashda o`quv rejalari va dasturlariga mehnat muhofazasi (mehnat havfsizligi) kurslari kiritilishi kerak, qaysiki uni o`rgangan o`quvchi va talaba tegishli imtihonni topshirishlari lozim. 1.5.3. Karyerning rahbar va muhandis-tehnik hodimlari dastlabki yo`riqdan tashqari, lavozimi yuqori shaxs tomonidan: a) unga ishonilgan ishlab chiqarishda mehnat sharoiti va muhofazasi holati; b) ishchi va hizmatchilarni havfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish vositalari; v) ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasbiy kasallanish holati; g) mehnat sharoiti va muhofazasini yahshilashga oid tadbirlar; d) mehnat muhofazasi bo`yicha rahbarlik manbalar va lavozim vazifalari bilan tanishtirilishlari kerak. 1.5.4. Rahbar va muhandis-tehnik hodimlar birinchi marta lavozimda ishlashi yoki boshќa lavozimga o`tishi bilan bir oydan kechikmasdan, ammo 2 haftadan keyin bo`linma buyrug`igako`ra tayinlangan shaxs raxbarligida stajirovka o`tashi, funksional vazifalari hajmida mehnat muhofazasi bo`yicha amaldagi qoidalarni bilishi yuzasidan ko`rikdan o`tishi kerak. Bilimlar ko`rigi natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bu ishlarga mustaqil rahbarlik qilishga ijozat berilishi to`g`risidagi buyruqni chiqarish uchun asos bo`lib hisoblanadi. Amaldagi elektr qurilmalaridagi ishlar tashkil qilish bilan band bo`lgan hodimni tayyorlash, amaldagi «Iste`molchilar elektr qurilmalaridan foydalanishning TFЌ va HTЌ» talablariga mos ravishda amalga oshirilishi kerak. 1.5.5. Lavozimga vaqtincha tayiinlanganda, funksional vazifalari hajmida meћnat muhofazasi bo`yicha amaldagi qoidalarni bilishi yuzasidan stajirovkani o`tash ko`rikdan o`tish ushbu tayinlanishga qadar o`tkazilishi kerak. 1.5.6. Havfsizlik tehnikasi bo`yicha imtihonni topshira olmagan rahbar va muhandis-tehnik hodimlar, kamida bir oylik muddatda imtihonni topshirish sharti bilan korhona rahbari tomonidan egallab turgan lavozimida qoldirilishi mumkin. 1.5.7. Rahbar va muhandis-tehnik hodimlar ish jarayonida egallab turgan lavozimida hajmida va qoidalar bilan belgilangan muddatda havfsizlik tehnikasi bo`yicha bilimi yuzasidan davriy ko`rikdan o`tishlari kerak. Buning uchun korhona buyrug`i bilan doim amal qiluvchi komissiya tayinlanishi, korhona bosh muhandisi tomonidan karyerni rahbar va mutahassis hodimlarining bilimi yuzasidan davriy ko`rik o`tkazishga oid qoidalarning ro`yhati tasdiqlanishi kerak. 1.5.8. Muhandis-tehnik hodimlar tomonidan havfsizlik tehnikasi bo`yicha qoidalar, me`yorlar va yo`riqnomalarni bilish yuzasidan navbatdan tashqari ko`rik quyidagi hollarda o`tkaziladi: a) mehnat muhofazasi bo`yicha yangi yoki qayta ishlangan meyoriyhujjatlar amalga kiritilganda; b) yangi jihoz ishga tushirilganda yoki yangi tehnologik jarayonlar joriy etilganda; v) meћnat muhofazasi bo`yicha qo`shimcha bilimni talab etadigan boshqa ish joyiga yoki lavozimga o`tkazilganda; g) davlat nazorati yoki yuqori tashkilotlar talablariga binoan; d) ishdagi tanaffus bir yildan ortiq bo`lganda; e) guruhli, natijasi o`lim bilan tugagan yoki oqibati og`ir bo`lgan bahtsiz hodisalarga yo`l qo`yilganda, shuningdek avariyalar, portlashlar, yong`inlar yoki zaћarlanishlarda. 1.5.9. Ishchilarni tayyorlashda mehnat havfsizligiga o`qitish, kasbga o`qitish bilan bir paytda korhonaning tehnik rahbari tomonidan tasdiqlangan dasturlarga binoan bajarilishi kerak. Dasturlarda mehnat havfsizligini nazariy va amaliy o`qitish, shu jumladan elektr toki va boshqa bahtsiz hodisalardan shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish usullari ko`zda tutilishi kerak. Imtihon topshirgan shaxsga, uning malakasi va meћnatni havfsiz usulllarini bilishini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadigan guvohnoma berilishi kerak. 1.5.10.Xavfi yuqori yoki «Sanoatkontehnazorat» davlat inspeksiyasi nazorati ostida bo`lgan kasb va ishlarga o`qitishda ishchilar o`quv-kursi kombinatlarida tegishli qoidalar talablarini hisobga olgan holda mehnat havfsizligiga oid maћsus o`quvni o`tishlari kerak. Bunday kasb va ishlarni ro`yhati karyer (korhona) bosh muћandisi tomonidan belgilanadi, mahsus o`quv tugaganidan keyin ishchilarning nazariy bilimlari va amaliy ko`nikmalarini baholash imtihon komissiyasi tomonidan natijalarga ko`ra bayonnoma rasmiylashtirish bilan bajarilishi kerak. 1.5.11.Xavfi yuqori yoki «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi nazorati ostida bo`lgan jihozga hizmat ko`rsatuvchi yoki ishlarni bajaruvchi hodimlar tegishli qoidalar bilan belgilangan muddatda mehnat xavfsizligi bo`yicha bilimlari yuzasidan davriy ko`rikdan bayonnoma rasmiylashtirish bilan o`tishi kerak. Davrij ko`rikdan o`tishi lozim bo`lgan lavozim, kasb va ishlarning ro`yhati, imtiћon komissiyasi tarkibi korxonaning tehnik raћbari tomonidan belgilanadi. 1.5.12. Radiatsiyaviy nurlanish manbayi ћisoblangan, foydali qazilmalarni qazib oluvchi konchilik korhonalariga ishga kiruvchi shahslar radiatsiyaviy havfsizlik bo`yicha o`qishi va bilimlari yuzasidan ko`rikdan o`tishi kerak. Ishchilar uchun aloћida, va muћandis-tehnik hodimlar uchun aloћida ishlab chiqiladigan o`quv dasturlari sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan bo`lishi kerak. Radiatsiyaviy havfsizlik bo`yicha bilimlari yuzasidan takrorij ko`rik muћandis-tehnik hodimlar uchun kamida 3 yilda bir marta va ishchilar uchun yiliga bir marta o`tkazilishi kerak. 1.5.13. Ochiq usul bilan qazib oluvchi korhonaga ishga kirayotgan (shu jumladan vaqtinchalik) ћar bir hodim dastlabki ko`rikdan o`tishi, oldindan havfsizlik tehnikasi bo`yicha o`qitilishi va ish joyida birlamchi ko`rikdan o`tishi kerak. 1.5.14. Dastlabki yo`riq mustaqil bo`linmalar mehnat muhofazasi bo`limi hodimlari yoki shu vazifa yuklatilgan boshќa hodimlari tomonidan dastur (1-ilova) bo‘jicha meћnat muћofazasi honalarida hodim ќabul ќilinadigan ishni sharoiti va hususiyatlarini ifodalovchi ko‘rgazmali ќurollardan fojdalanilgan ћolda o‘tkazilishi kerak. Dastlabki yo‘riq hodim birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tib, uni sog`lig`i holati bo‘yicha shu ishga yaroqli ekanligi to‘g`risidagi vrach xulosasi berilganidan keyin o‘tkaziladi. 1.5.15. Birlamchi o‘qitish ћar bir toifadagi o‘quvchilar uchun korhonaning tehnik rahbari tomonidan tasdiqlangan havfsizlik tehnikasi bo‘yicha birlamchi o‘qitish dasturiga (2-ilova) ko‘ra ishlab chiqarishdan ajralgan holda bajarilishi kerak, va muddati quyidagicha bo‘lishi lozim: - karyerga ishga birinchi marotaba kirayotgan hodim uchun – 3 kun; - karyerda oldin ishlagan hodim uchun– 2 kun; - karyerni yordamchi hizmatlarini rahbarlik lavozimiga tayinlanishidan oldin, umumtehnik yo‘nalishidagi oliy yoki o‘rta mahsus ta`limga ega bo‘lgan mutahassislar uchun – 2 kun; - ishlab chiqarish amaliyotidan oldin, konchilik-tehnika jo‘nalishidagi oily yoki o‘rta o‘quv muassasalari, shuningdek sanoat kollejlari talabalari– 2 kun; - karyerda bir kasbdagi ishdan boshqasiga o‘tkazilayotgan ishchilar uchun– 1 kun. 1.5.16. Xavfsizlik tehnikasi bo‘yicha dastlabki yo‘riq va birlamchi o‘qitishni o‘tkazish yo‘riqdan o‘tuvchi shaxs va yo‘riq beruvchi shaxsning imzolari bilan jurnalda qayd etilishi kerak. Download 132.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling