Amaliy mashg`ulot № karyer ishchi hodimlari tarkibini o`rganish ularga qo`yiladigan talablar. Karyer hodimlarini o`qitish va instruksiya turlari. (4Soat)


Download 132.03 Kb.
bet11/37
Sana18.10.2023
Hajmi132.03 Kb.
#1708392
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
5. Elektr tortќi
5.5.1. Tutashish tarmogi qurilishi va mazmuni tegishli qurilish me’yorlari va qoidalari va «Ochiq konlardagi tutashish tarmogining qurilishi va undan bexatar foydalanish yo‘riqnomalari» talablariga javob berishi kerak.
5.5.2. Elektrlashtirilgan temir yo‘li tutashish tarmoqlarini ta’minlash uchun tortqi transformatorining bir fazasi yoki o‘rta nuqtasining zaminlashtirish tizimini qo‘llashga ruxsat etiladi. Bunda tortqi transformatorini zaminlashtirish nimstantsiya ћimoya zaminlashtirish konturi chegarasidan tashqarida bajarilishi kerak.
5.5.3. Doimiy temir yo‘llarida rels boshchasi ustidagi tutashish simi osmasi balandligi stantsiyalarida kamida 6250 mm va peregonlarda 5750 mm, ko‘chma yo‘llarda yon osmada 4400 mm bo‘lishi kerak.
Doimiy yo‘llarning to‘gri peregonlarida chetki yo‘l o‘qidan tutashish tarmogi tayanchigacha bo‘lgan masofa kamida 2750 mm, stantsiyalarda esa - 2450 mm bo‘lishi lozim.
Yangitdan foydalanishga topshirilayotgan elektrlashtirilgan yo‘llarda ko‘rsatilgan masofalar kamida 3100 mm bo‘lishi kerak.
Egri uchastkalarda bu masofalar barcha ћollarda yaќindagi ќurilishlar tashќi o‘lchamlariga muvofik kengaytirilishi mumkin.
Tutashish tarmogi va signallar tayanchlarining o‘zaro joylashishi oxirgisining ko‘rinishini ta’minlashi kerak.
5.5.4. Ko‘chma yo‘llarda dumpkar (yukni o‘zi tushiruvchi vagonlar) larni ko‘p cho‘michli portal ekskavatorlar bilan ortishda ћarakatlanuvchi tarkiblar va simlar orasidagi masofa 800 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Bu shartlarga rioya etilmagan paytda elektrovoz yon oynalariga ћimoya to‘siќlari o‘rnatilishi kerak.
5.5.5. Sun’iy inshootlar chegarasida pantograf va kuchlanish ostidagi tutashish tarmogi qismlaridan inshootlarning zaminlashtrilgan qismlarigacha bo‘lgan masofa 1 kV gacha nominal kuchlanishida 150 mm; 4 kV gacha – 200 mm; 10 kV gacha – 250 mm va 10 kV dan yuќori bo‘lganda – 350 mm bo‘lishi lozim.
5.5.6. Tutashish simi ankerovkasi, tutib turuvchi va ћolatini belgilovchi trosslar izolyatori tayanchdan 1,5 m dan yaќin bo‘lmagan masofada joylashishi kerak.
5.5.7. Elektrovozlarning xћrakatlanishi uchun foydalanilmaydigan rels yo‘llari izolyatsiyalashgan tutash moslamasi orќali elektrlashtirilgan yo‘llardan ajratilishi lozim.

Download 132.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling