6. Ishlab chiqarish - maishiy binolar
6.6.1. Ochiќ konlarda va otvallarda ochiќћavoda ishlaydiganlar uchun ish joyidan 300 m dan uzok bo‘lmagan masofada joylashgan dam olish va ovќatlanish uchun maxsus xonalar bo‘lishi lozim.
Ko‘rsatilgan xonalar stollar, suyangichlar, bet-ќo‘l yuvgich sovun bilan, ichimlik suvi favvorasi (suv ќuvuri bo‘lsa) yoki ichimlik suvi to‘ldirilgan idish, yuќori kiyim ilgichlarga ega bo‘lishi kerak.
Ќishda ishlab chiќarish-maishiy xonalarida ћavoning ћarorati + 20 S dan kam bo‘lmasligi kerak.
6.6.2. Ekskavatorlar, burgilash dastgoћlari va boshќa mexanizmlarning kabinalari isitilgan, xavfsiz isitish moslamalari, zaruriyat tugilganda esa sovutgichlar va filt ventilyatsiya ќurilmalari bilan jixozlangan bo‘lishi lozim.
7. Tibbiy yordam
6.7.1.Ћar bir ochiќ konda yoki yaќin joylashgan ochiќ konlar (korxonalar) guruћida birinchi tibbiy yordam bo‘limi tashkil etilishi kerak. Tibbiy bo‘limni tashkil etish va jio‘ozlash sogliќni saќlash maћalliy organlari bilan kelishiladi.
Soni 300 kishidan kam bo‘lgan ochik konlarda ishchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish yaќindagi tibbiy muassasasi tomonidan tashkil etilishi mumkin.
6.7.2. Ochiq konlarning ishlab chiќarish-maishiy xonalarida, tsexlarida, ustaxonalarida, asosiy kon-transport mashinalari kabinalarida va toza garderob xonalarida dorilar va tibbiy vositalar to‘plami bilan jamlangan birinchi tibbiy yordam aptechkalari bo‘lishi kerak.
6.7.3. Barcha uchastkalarda, yer snaryadlarida va tsexlarda jaroxatlanganlarni tibbiy bo‘limga olib borish uchun zambillar bo‘lishi lozim.
6.7.4. Jaroћatlanganlarni yoki ishda to‘satdan ogrib ќolganlarni tibbiy bo‘limdan davolash muassasasiga olib borish uchun sanitariya mashinalarining navbatchiligi tashkil etilishi kerak, ulardan boshka maqsadlarda foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Sanitariya mashinasida ќish faslida jaroћatlanganlarni tashish uchun zarur bo‘lgan issiќ kiyim va ko‘rpa (odeyalo) bo‘lishi kerak.
Ochiq konda bir smenada ishlaydiganlarning soni 1000 tagacha bo‘lsa 1 ta, 1000 dan ortiќ bo‘lsa 2 ta sanitariya mashinasi bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |