2. Avariyalarni bartaraf etish rejasining operativ qismini tuzish bo‘yicha asosiy ko‘rsatmalar.
2.1. Operativ qism pozitsiyalari quyidagi holatlar uchun tuziladi:
a) yong‘in – barcha shaxta kon qazilmalari, shaxta usti binolar va yonganda yonish mahsulotlari shaxtaga tushishi mumkin bo‘lgan inshootlar, ko‘tarish qurilmalari binolari, kompressor xonalari uchun;
b) portlash – normal shamollatish rejimida metan yoki boshqa portlovchi gazlar borligi aniqlangan barcha gazli shaxta qazilmagohlari, shuningdek jadal chang hosil bo‘ladigan, chang xavfi bo‘lgan qazilmagoh vainshshotlar (ag‘darish, yukdan bo‘shatish kameralari, “silost” turidagi kon omborlari, ishlar bajariladigan tozalash va boshi berk zaboylar, ruda o‘z oqimi bilan harakatlanadigan qazilmagohlar va h.), kompressor binolari, PM omborxonalari uchun;
v) bexosdan otilish – jinslar va gaz bexosdan otilishi xavfi bo‘lgan barcha tozalash va tayyorlov zaboylari uchun;
g) suv (loyqa) bosishi – suv (loyqa) bosish xavfi bo‘lgan barcha qazilmagohlar va zonalar uchun;
d) tog‘ zarbi – tog‘ zarbi xavfi bo‘lgan barcha qazilmagohlar va zonalar uchun;
e) ruda va jinslarning o‘pirilishi – barcha shaxta (kon) qazilmagohlari uchun bitta umumiy pozitsiyada.
2.2. Rejaning bitta pozitsiyasiga bir nechta tutash kon qazilmagohi, agar bu qazilmagohlar uchun bir xil shamollatish tizimi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, kirishi mumkin.
Agar yuqorida keltirilgan shartga rioya qilinsa, yong‘in va portlash holatlarini bitta pozitsiyaga birlashtirish mumkin.
Tozalash zaboyiga tutash bo‘lmagan gaz ko‘p har bir boshi berk qazilmagoh uchun yong‘in (portlash) holati uchun alohida pozitsiya ishlab chiqiladi.
2.3. Avariyalarning xususiyati va yuzaga kelish joyi, uning rivojlanish xavfiga qarab rejaning pozitsiyalarida odamlarni qutqarish, avariyalarni bartaraf etish va ularning rivojlanishini oldini olish bo‘yicha (ularni bayon etish tartibi bo‘yicha) quyidagi asosiy tadbirlar ko‘zda tutiladi:
1. Zudlik bilan shaxtaga xizmat ko‘rsatadigan HKQQ vzvodini chaqirish. O‘lchamidan qat’iy nazar, 2.1-bandda ko‘rsatilgan barcha avariyalarda bajariladi. «Trevoga» signali bo‘yicha shaxtaga kelishi kerak bo‘lgan HKQQ bo‘linmalarining soni, maxsus texnik vositalari ko‘rsatiladi. Shaxta usti bino va inshootlar, stvollar, shurflar va yuzaga chiqish joylari bo‘lgan boshqa kon qazilmalarida yong‘in chiqqanda o‘t o‘chirish qismi chaqiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |