Amaliy mashg`ulot № karyer ishchi hodimlari tarkibini o`rganish ularga qo`yiladigan talablar. Karyer hodimlarini o`qitish va instruksiya turlari. (4Soat)


Avariyalarni bartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbarning vazifalari


Download 132.03 Kb.
bet30/37
Sana18.10.2023
Hajmi132.03 Kb.
#1708392
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37

1. Avariyalarni bartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbarning vazifalari.


Avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbar:
a) avariyalarni bartaraf etish rejasining operativ qismida ko‘zda tutilgan tadbirlarni bajarishga zudlik bilan kirishadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Qutqaruv va avariyani bartaraf etish ishlarini olib borishda faqat avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbarning topshiriqlari bajarilishi shart.
b) doim komanda punktida bo‘ladi. O‘z o‘rniga uning vazifalarini bajarish uchun tayyorlangan shaxsni qoldirib, komanda punktini tark etish (vaziyatni aniqlashtirish uchun shaxtaga tushish, dam olish uchun ketish va h.) huquqiga ega. Mas’ul rahbar o‘zi qabul qilgan qarori to‘g‘risida operativ jurnalga qayd qilishi yoki buyruq chiqarishi kerak;
v) HKQQ va o‘t o‘chirish qismini chaqirilganligini tekshiradi;
g) avariya doirasida qolgan ishchilar sonini va ularning shaxtada turgan joyini aniqlaydi;
d) avariya doirasida qolgan ishchilarni qutqarish va avariyani bartaraf etish ishlarida ishtirok etayotgan barcha shaxslar va tashkilotlar ishiga rahbarlik qiladi;
e) agar avariya sodir bo‘lgan shaxta qo‘shni shaxta bilan kon qazilmalari orqali ulangan bo‘lsa, zudlik bilan qo‘shni shaxta bosh muhandisi yoki dispetcheriga avariya to‘g‘risida xabar beradi;
j) HKQQ komandiri bilan birgalikda odamlarni qutqarish va avariyani bartaraf etish ishlarining operativ rejasiga aniqlik kiritadi va shunga muvofiq HKQQ komandiriga odamlarni qutqarish va avariyani bartaraf etish bo‘yicha yozma topshiriq beradi.
Avariyalarnibartaraf etish ishlari rahbari va HKQQ komandiri «HKQQ ning kon-qutqaruv ishlarini tashkil etish va olib borish bo‘yicha nizomi» ga amal qiladi.
Ular o‘rtasida fikrlar ziddiyati kelib chiqqanda ishlarning mas’ul rahbari qarori, agar u «HKQQ ning kon-qutqaruv ishlarini tashkil etish va olib borish bo‘yicha nizomi» talablariga zid bo‘lmasa, bajarilishi kerak. Bunda HKQQ komandiri o‘zining fikrini avariyani bartaraf etish operativ jurnaliga yozib qo‘yadi.
z) MTX dan biriga avariyani bartaraf etish operativ jurnalini («HKQQ ning kon-qutqaruv ishlarini tashkil etish va olib borish bo‘yicha nizomi» da keltirilgan shakl bo‘yicha) yuritishni topshiradi;
i) qutqaruv ishlarining borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qabul qiladi va ma’muriy-texnik xodimlar toifasidagi alohida shaxslarning odamlarni qutqarish va avariyani bartaraf etish operativ rejasiga muvofiq xatti-harakatlarini tekshiradi;
k) MTX ni:
- stvololdi maydonlar, shaxta binolaridagi avariya sodir bo‘lgan joy bilan aloqa qilish uchun mo‘ljallangan telefonlar postlariga;
- shaxta tushayotgan shaxslarning ruxsatnomalarini tekshirish uchun stvolda postga qo‘yadi;
- agar avariya ko‘p vaqt davom etadigan bo‘lsa, ma’muriy-texnik xodimlar va shaxta ishchilarining ish grafigini tuzadi.
Avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbar ishlab chiqarish birlashmasi (davlat qo‘mitasi, kontsern, assotsiatsiya, kombinat, trest) rahbariyatidan odamlarni qutqarish va avariyani bartaraf etish bo‘yicha ekspert komissiyasi yoki maslahatlarni tashkil etishni talab qilishi mumkin. Lekin bu uni qutqaruv va avariyani bartaraf etish ishlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarilishi uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.
Avariyalarni bartaraf etish vaqtida komanda punktida faqat avariyani bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq shaxslargina bo‘lishlari mumkin.



Download 132.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling