Amaliy mashg`ulot № karyer ishchi hodimlari tarkibini o`rganish ularga qo`yiladigan talablar. Karyer hodimlarini o`qitish va instruksiya turlari. (4Soat)


Yuqori tashkilot texnik rahbarining vazifalari


Download 132.03 Kb.
bet32/37
Sana18.10.2023
Hajmi132.03 Kb.
#1708392
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
5. Yuqori tashkilot texnik rahbarining vazifalari.
Yuqori tashkilot (ishlab chiqarish birlashmasi, kombinat, trest) texnik rahbari yoki ishlab chiqarish bo‘yicha (davlat qo‘mitasi, kontsern, assotsiatsiya) rais o‘rinbosari:
a) avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbar bilan almashinmasdan avariyani bartaraf etishda yordam ko‘rsatadi;
b) shaxtaga avariyani bartaraf etish uchun zarur uskunalar, materiallar va transport vositalari sotib olish, ajratish va ishlab chiqarish birlashmasi (kombinat, trest, kontsern, assotsiatsiya) ning boshqa shaxtalaridan yoki bevosita omborxonalardan olib kelish choralarini ko‘radi va ushbu tadbirlarning bajarilishi uchun javobgardir. Ekspert guruhlari va komissiyalar ishini tashkil qiladi, shaxtaga mutaxassislarni chaqiradi.
Yuqori tashkilot texnik rahbari yozma buyruq orqali avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbarni ishdan chetlashtirish va rahbarlikni o‘ziga olish yoki muhandis-texnik xodimlardan biriga yuklatish huquqiga ega.
6. Shaxta (kon) direktori.
Avariya to‘g‘risida xabarni olgandan keyin zudlik bilan shaxtaga yetib keladi va yetib kelganligi to‘g‘risida avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbarga xabar beradi.
Shaxta (kon) direktori:
a) jabrlanganlarga tibbiy yordamni tashkil qiladi;
b) shaxtada qolgan va shaxtadan chiqqan odamlarni hisobga olishni tashkil qiladi;
v) zarur hollarda avariyani bartaraf etishga tajribali ishchilar va shaxtaning texnik xodimlarini jalb qiladi, shuningdek kechiktirib bo‘lmaydigan topshiriqlarni bajarish uchun navbatchilikni ta’minlaydi;
g) tegishli tashkilotlarga avariyaning xususiyati va qutqaruv ishlarining borishi to‘g‘risida axborot beradi;
d) material, yog‘och omborlari ishini tashkil qiladi va ta’minlaydi, avariyani bartaraf etish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi;
e) transport ishiga rahbarlik qiladi, avariyani bartaraf etish uchun materiallar, uskunalar va vositalarning o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi;
j) kon-qutqaruvchilarining ovqatlanishini tashkil qiladi va ularga dam olishlari, gaz tahlili laboratoriyasi, kon-qutqaruv jihozlari bazasi va boshqa xizmatlarni joylashtirish uchun xonalar ajratadi;
z) boshqa tumanlardan yetib kelgan kon-qutqaruv qismlarini qabul qilish va kuzatishni tashkil qiladi.



Download 132.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling