Amaliy mashg`ulot № karyer ishchi hodimlari tarkibini o`rganish ularga qo`yiladigan talablar. Karyer hodimlarini o`qitish va instruksiya turlari. (4Soat)


Kon dispetcheri (shaxta navbatchisi) ning vazifalari


Download 132.03 Kb.
bet31/37
Sana18.10.2023
Hajmi132.03 Kb.
#1708392
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
2. Kon dispetcheri (shaxta navbatchisi) ning vazifalari.
Avariya to‘g‘risida xabarni olishi bilan va avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbar yetib kelgunga qadar 1-bandga amal qilgan holda uning vazifalarini bajaradi.
Bu vaziyatda avariyani bartaraf etish ishlarining komanda punkti kon dispetcherining ish joyida tashkil etiladi.
Komanda punktiga avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbar yetib kelgandan keyin va u avariya-qutqaruv ishlariga rahbarlikni qabul qilib olgach, kon dispetcheri unga avariyani bartaraf etish ishlarining holati to‘g‘risida axborot beradi va uning topshiriqlarini bajaradi. Bunda komanda punkti tegishli ravishda jihozlangan xonaga ko‘chirilishi mumkin.


3. HKQQ komandiri - kon-qutqaruv ishlari rahbarining vazifalari.
Kon-qutqaruv ishlari rahbari:
a) kon-qutqaruv qismlari va yordamchi kon-qutqaruv komandalari ishiga avariyani bartaraf etish rejasiga muvofiq rahbarlik qiladi, avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbarning topshiriqlarini bajaradi va qutqaruv ishlarining bajarilishi uchun javob beradi;
b) doim komanda punktida bo‘ladi. Komanda punktini tark etish (vaziyatni aniqlashtirish uchun shaxtaga tushish, dam olish uchun ketish va h.) huquqiga ega. O‘zi bo‘lmagan paytda kon-qutqaruv ishlariga rahbarlikni o‘rinbosariga yoki komanda-boshqaruv tarkibidagi boshqa shaxsga topshiradi va bu haqida operativ jurnalga yozib qo‘yadi;
v) belgilangan operativ hujjatlarni yuritishni tashkil etadi;
g) avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbarga qutqaruv ishlarining borishi to‘g‘risida muntazam axborot berib turadi.
4. O‘t o‘chirish qismi boshlig‘ining vazifalari.
O‘t o‘chirish qismi boshlig‘i:
a) shaxtaga yetib kelgandan keyin ishlarning mas’ul rahbari topshiriqlarini bajaradi, komanda punkti ishida ishtirok etadi;
b) o‘t o‘chirish qismlari ishini avariyalarni bartaraf etish rejasiga va avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbardan olingan topshiriqlarga muvofiq tashkil etadi;
v) avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbarga o‘t o‘chirish qismlarining xatti-harakatlari to‘g‘risida muntazam axborot berib turadi;
g) avariyani bartaraf etish bo‘yicha topshiriqni bajarish uchun boshqa shaxslar bilan kelishmasdan qo‘shimcha o‘t o‘chirish qismlari kuchlari va vositalarini jalb qiladi.

Download 132.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling