Amaliy mashg`ulot № karyer ishchi hodimlari tarkibini o`rganish ularga qo`yiladigan talablar. Karyer hodimlarini o`qitish va instruksiya turlari. (4Soat)


Avariya sodir bo‘lgan uchastka boshlig‘i, boshliq o‘rinbosarining vazifalari


Download 132.03 Kb.
bet34/37
Sana18.10.2023
Hajmi132.03 Kb.
#1708392
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
10. Avariya sodir bo‘lgan uchastka boshlig‘i, boshliq o‘rinbosarining vazifalari.
Avariya sodir bo‘lgan uchastka boshlig‘i, boshliq o‘rinbosari:
a) zudlik bilan o‘zi turgan joy to‘g‘risida shaxsan yoki qo‘l ostidagilar orqali (uchastkani tark etish imkoniyati bo‘lmaganda) ishlarning mas’ul rahbariga xabar beradi, odamlarni qutqarish va avariyani bartaraf etish bo‘yicha VGK a’zolarining xatti-harakatlariga rahbarlik qiladi, odamlarni olib chiqish va avariyani bartaraf etish choralarini ko‘radi;
b) yuzada bo‘lganda zudlik bilan avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbarga uchraydi va uning ko‘rsatmalari bo‘yicha harakat qiladi.
11. Uchastka smena MTX (muhandis-texnik xodimlari) ning vazifalari.
Uchastka smena muhandis-texnik xodimlari:
a) agar avariya sodir bo‘lganda shaxtada bo‘lishsa, VGK a’zolarining avariya sodir bo‘lgan uchastkada odamlarni qutqarish va avariyani bartaraf etish bo‘yicha xatti-harakatlariga rahbarlik qiladi, joyda odamlarni uchastkadan olib chiqish va avariyani bartaraf etish choralarini ko‘radi, sodir bo‘lgan avariya to‘g‘risida kon dispetcheri yoki telefonistkaga xabar beradi;
b) agar yuzada bo‘lishsa, avariya to‘g‘risida xabar topishi bilan tezda avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbarga uchraydi va uning ko‘rsatmalari bo‘yicha harakat qiladi.
12. Boshqa uchastka boshliqlari, boshliq o‘rinbosarlarining vazifalari.
Boshqa uchastka boshliqlari, boshliq o‘rinbosarlari:
a) avariya to‘g‘risida xabar topishlari bilan tezda shaxtaga yetib kelishadi va ishlarning mas’ul rahbari ko‘rsatmalari bo‘yicha harakat qilishadi;
b) agar avariya sodir bo‘lgan paytda shaxtada bo‘lishsa, xavf tug‘ilganda avariyani bartaraf etish rejasiga muvofiq ishchilarni olib chiqish choralarini ko‘rishadi va o‘zining xatti-harakatlari to‘g‘risida ishlarning mas’ul rahbariga axborot berishadi.
Avariyani bartaraf etishda ishtirok etadigan boshqa shaxslarning vazifalari.
13. Lampaxona mudiri:
a) lapmasini topshirmagan shaxslar sonini aniqlaydi va avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbarga xabar beradi;
b) shaxtadan chiqayotgan shaxslardan lampa va o‘z-o‘zini qutqarish vositalarini qabul qilib oladi, nosozligi aniqlangan lampalar va ochilgan o‘z-o‘zini qutqarish vositalarini alohida hisobga oladi;
v) lampalarni faqat maxsus ruxsatnomasi bo‘lgan shaxslarga berilishini ta’minlaydi.

Download 132.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling