Amaliy mashg`ulot № karyer ishchi hodimlari tarkibini o`rganish ularga qo`yiladigan talablar. Karyer hodimlarini o`qitish va instruksiya turlari. (4Soat)


Shaxta (kon) bosh muhandisi o‘rinbosari


Download 132.03 Kb.
bet33/37
Sana18.10.2023
Hajmi132.03 Kb.
#1708392
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
7. Shaxta (kon) bosh muhandisi o‘rinbosari.
Shaxta (kon) bosh muhandisi o‘rinbosari:
a) shaxtaga yetib keladi va bu haqida avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbarga xabar beradi;
b) shaxtaga odamlarning ruxsatnomasiz tushishini to‘xtatilishini ta’minlaydi, maxsus ruxsatnomalar berilishini tashkil qiladi va odamlarning shaxtaga ushbu ruxsatnomalar bilan tushishlarini nazorat qiladi;
v) shaxtaga kon-qutqaruv bo‘linmalarining o‘z vaqtida va birinchi navbatda tushishlarini tashkil qiladi;
g) shaxta usti binolardan barcha begona shaxslarni chiqarib yuboradi;
d) shaxtaga tushayotgan yoki shaxtadan chiqayotgan odamlar hisobga olinadigan shaxtaning barcha chiqish joylariga maxsus postlar qo‘yib chiqadi;
e) shaxtadan va ayniqsa avariya sodir bo‘lgan uchastkadan chiqib ketayotgan barcha odamlarni hisobga olinishini yo‘lga qo‘yadi.
Ilova: Zarur hollarda avariya sodir bo‘lgan uchastkadan chiqayotgan odamlarnishaxtadagi vaziyat to‘g‘risida axborot berish uchun mas’ul shaxs oldiga yuboradi.


8. Chang-ventilyatsiya xizmati boshlig‘ining vazifalari.
Chang-ventilyatsiya xizmati boshlig‘i:
a) zudlik bilan shaxtaga yetib keladi va bu haqida avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbarga xabar beradi;
b) ishlarning mas’ul rahbari topshirig‘i bo‘yicha ventilyatsiya rejimini o‘zgartiradi;
v) ventilyatorning ishlashi va holatini nazorat qiladi, natijalar to‘g‘risida ishlarning mas’ul rahbariga axborot beradi;
g) ventilyatsiya qurilmalarini ta’mirlash uchun zarur materiallarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi va ularning mavjudligini tekshiradi;
d) lampaxonaning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi;
e) o‘zining barcha xatti-harakatlari haqida va avariya to‘g‘risida o‘zida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar to‘g‘risida ishlarning mas’ul rahbariga axborot beradi.
9. Shaxta (kon) bosh mexanigi, bosh energetigining vazifalari.
Shaxta (kon) bosh maxanigi, bosh energetigi:
a) zudlik bilan shaxtaga yetib keladi va bu haqida avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbarga xabar beradi;
b) avariyani bartaraf etish ishlarini bajarish uchun elektriklar, temirchilar, chilangarlar va h. brigadalarini tuzadi va ulardan doimiy navbatchilik tashkil qiladi;
v) avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbarning topshirig‘i bo‘yicha u bilan kelishilgan holda, zarur hollarda, elektr energiyasini uzish va havo quvurini bekitishni ta’minlaydi;
g) yong‘in sodir bo‘lgan joyga suv yuborish uchun shaxta vodoprovodi (havo quvuri) ning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi;
d) shaxtani elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan podstantsiyani sodir bo‘lgan avariya va elektr energiyasini uzluksiz uzatish lozimligi to‘g‘risida ogohlantiradi;
e) shaxta elektr-mexanik uskunalari (ko‘tarish mashinalari, nasoslar, ventilyatorlar, kompressorlar va h.) ning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi;
j) telefon aloqasining uzluksiz ishlashini ta’minlaydi va avariya sodir bo‘lgan uchastkalar bilan telefon aloqasini o‘rnatadi;
z) avariyalarnibartaraf etish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbar ko‘rsatgan muayyan joyda turadi, barcha xatti-harakatlari to‘g‘risida ishlarning mas’ul rahbariga axborot beradi.

Download 132.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling