Amaliy mashg`ulot № karyer ishchi hodimlari tarkibini o`rganish ularga qo`yiladigan talablar. Karyer hodimlarini o`qitish va instruksiya turlari. (4Soat)


Download 132.03 Kb.
bet18/37
Sana18.10.2023
Hajmi132.03 Kb.
#1708392
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
5. Sanitariya – maishiy xonalar
6.5.1.Ћar bir ochiq konda yoki bir kancha yakin joylashgan ochiќ konlarda amaldagi ќurilish me’yorlari va koidalariga muvofiќ, ochiќ konning to‘liќ rivojlanishida ishchi xodimlar soniga mo‘ljallangan erkakalar va ayollar uchun aloћida bo‘limli sanitariya-maishiy xonalar jiћozlangan bo‘lishi lozim.
Sanitariya-maishiy xonalar tarkibiga ќuyidagilar kirishi kerak: ishchi va doimiy kiyimlar uchun aloќida garderoblar (shkaflar), ishchi kiyimlarni ќuritish va changsizlanishi uchun xonalar, dushlar, kiyinish, kir yuvish xonalari, maxsus kiyim va oyoќ kiyimlarni ta’mirlash ustaxonalari, oyoќ kiyimni tozalash va yuvish xonalari, ichimlik suvini ќaynatish stantsiyasi, idishlar xonasi, ayollarning shaxsiy gigienasi xonasi, tibbiy bo‘lim, oshxona.
Sanitariya-maishiy xonalar shamol esayotgan tomondan foydali ќazilmalar ochiќ omborlari, maydalash-sortirovka ќilish fabrikalari, estakadalar va boshќa changlanadigan uchastkalardan kamida 50 metr, ammo asosiy ishlab chiќarish binolaridan 500 metrdan uzok bo‘lmagan masofada joylashishi kerak.
IZOЋLAR: 1. Sanitariya-maishiy xonalarni karer bortidan uzoqroq masofada joylashtirishga faqat ishchilarni transport bilan ish joyiga olib borib, olib kelinsagina ruxsat etiladi.
2. Uncha katta bo‘lmagan karerlarda sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan ћolda oddiy tipdagi sanitariya-maishiy xonalari ќurishga ruxsat etiladi.
6.5.2. Garderob va dush xonalari shunday o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lishi kerakki, bunda ishchilar o‘ta ko‘p sonli smenda yuvinish va ќayta kiyinish uchun 45 daќiќadan ko‘p bo‘lmagan vakt sarflasin.
6.5.3.Ћar bir korxonada maxsus kiyimlarni yuvish va maxsus kiyim va oyoќ kiyimlarni ta’mirlash tashkil etilishi lozim.
6.5.4. Yuqori radioaktiv rudalarni ќazib olish bilan band bo‘lgan xodimlar sanitariya-maishiy xizmat ko‘rsatilganda aloћida ajratilishi va teri ќatlamlarining tozaligini radiometrik nazorat orќali tekshirilishi kerak. Bunday xodimlarining maxsus kiyimlarini ћaftada kamida 1 marta yuvish kerak.
6.5.5. Doimiy trinitrotoluol bilan ishlaydigan xodimlar uchun ћar smenada yangi ichki kiyim berilishini, baxorgi-yozgi davrda esa kiyim va oyok kiyimni ћar smenada changdan tozalashni tashkil ќilish kerak.
Bunday maxsus kiyimlarni saќlash va yuvish boshќa xodimlar maxsus kiyimlaridan aloxida tarzda amalga oshirilishi kerak.
6.5.6. Dush va ћammomlar 1 soatda ћar bir dush setkasiga 500 l suv ћisobida sovuќ va issiќ suv bilan ta’minlanishi va rostlash kranli aralashtiruvchi ќurilmalarga ega bo‘lishi lozim.
Rostlash kranlari sovuќ va issiќ suv ko‘rsatgichlariga ega bulishi kerak. Bug va issiќ suv uzatuvchi ќuvurlar poldan 2 m balandlikda to‘silgan bo‘lishi kerak.
Yuvish uchun ishlatiladigan suvning sifati sanitariya nazorati organlar bilan kelishiladi.
6.5.7. Dushlarda va yechinish va kiyim saќlash bo‘limlari bo‘lgan xonalarda pollar namga mustaћkam va sirpanmaydigan yuzaga ega bo‘lishi, devorlar va to‘siќlar esa kamida 2,5 m balandlikda yengil tozalangan va issiќ suv bilan yuvilgan oќovalarni o‘tkazadigan namga mustaћkam materiallar bilan ќoplanishi kerak. Bu xonalarda albatta pol va devorlarni yuvadigan shlangli kranlar bo‘lishi lozim.
6.5.8. Barcha sanitariya-maishiy xonalar sanitariya me’yorlari chegarasida zararli aralashmalar mikdorini ta’minlaydigan oќish-surish ventilyatsiyasiga ega bo‘lishi lozim.
6.5.9. Dush xonasi va undagi jixozlar ћar smenada dezinfektsiyalovchi vositalar (xloramin, xlor oћaki va b.) dan foydalangan ћolda yigishtirilishi kerak.
Ma’muriy xonalarni yuvish ћar kuni, garderob, idish saќlaydigan va respirator xonalari esa ћar smenada amalga oshirilishi lozim.
6.5.10. Ochiq konlarda foydalanish uchun ќulay bo‘lgan joylarda umumiy sanitariya talablariga muvofiќ yopik ћojatxonalar tashkil etilishi kerak.



Download 132.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling