Amaliy mashg`ulot № karyer ishchi hodimlari tarkibini o`rganish ularga qo`yiladigan talablar. Karyer hodimlarini o`qitish va instruksiya turlari. (4Soat)
Karyerlarni (ochiq konlarni) ifloslangan atmosferasida
Download 132.03 Kb.
|
3. Karyerlarni (ochiq konlarni) ifloslangan atmosferasida
ishlashda xodimlarning xavfsizligini ta’minlash 6.3.1. Ish joylari ћavosi kislorod miќdori bo‘yicha belgilangan me’yorlarga muvofiќ bo‘lmasa, xodimlarning xavfsizligi ishlarni to‘xtatish yoki ishchilarni ћavoning me’yoriy tarkibi bilan ta’minlash, zararli aralashmalarning tarkibi bo‘yicha esa - ishchilarni tozalangan ћavo bilan ta’minlash, aralashmalarni me’yoriy darajalargacha aralashtirish va cho‘ktirilish, ifloslangan atmosferada ish vaktini chegaralash yoki ishlarni ќisќartirish yo‘li bilan ta’minlanishi kerak. 6.3.2. Ishchilarni tozalangan ћavo bilan ta’minlash statsionar (kon mashinalari va jiћozlari kabinalarida o‘rnatiladi) yoki avtonom individual (kon mashinalari va jiћozlari kabinalaridan tashќarida) filtrlovchi-sovutadigan ќurilmalar yordamida amalga oshirilishi kerak, ularning filtrlovchi-yutadigan elementlari ishchi zonasi ћavosida zararli aralashmalarning konkret tarkibi uchun tanlanishi kerak. Tozalangan ћavo bo‘yicha filtrlovchi-sovutuvchi ќurilmalarning samaradorligi belgilangan me’yorlarga muvofiќ xodimlarning toza ћavoga bo‘lgan eћtiyojiga mos kelishi kerak. Filtrlovchi-yutuvchi elementlar qo‘llanish soћasini ko‘rsatgan ћolda pasportga ega bo‘lishi lozim. 6.3.3. Filtrlovchi-sovutuvchi qurilmalardan foydalaniladigan ochiќ konlarda ularga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tashkil etilgan, individual avtonom joylarda ularni ќabul kilish va xodimlarga berish tashkil etilgan bo‘lishi kerak. 6.3.4. Aralashmalarni aralashtirish va cho‘ktirish, shu jumladan radioaktiv aralashmalarni ochiќ konning aloћida zonalarida ularning kontsentratsiyalarini ќisќartirish uchun ventilyator-sugorish yordamida amalga oshirilishi mumkin. Konkret sharoitlarda ularning ќo‘llanilishining maќsadga muvofiќligi o‘tkazilgan tadќiќotlar natijalariga ko‘ra korxona bosh muћandisi tomonidan belgilanadi. 6.3.5.Ќazib olingan joyning atrof-muћit bilan ћavo almashishida (shtil yoki inversiya, ћarakatsiz zonalar va boshќalari) ochiќ konlar atmosferasining ifloslanishi belgilangan me’erlardan oshsa, kon transport jiћozining filt-ventilyatsiyali ќurilmalarsiz ishga tushirilishiga ruxsat berilmaydi, amaldagi ќurilmalarning ular bilan jiћozlanishi muddatlari esa «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi organlar bilan kelishilishi lozim. Ochiq kon ish joylari ћavosining sanitariya-gigiena parametrlari me’yoriy miќdorlarga keltirilguncha, amaldagi ќoidalarning 6.8.1 bandida nazarda tutilgan odam organizmiga aralashmalarning zararli ta’siridan ћimoya va profilaktika ќilishning boshќa choralari ќo‘llanilishi kerak. Istalgan ћolatda nafas olish organlarini chang va radioaktiv aerozollardan ћimoya ќilish bo‘yicha filtrli-ventilyatsiyali ќurilmalari bo‘lmasa, ochiќ konlardagi barcha ishchilar klapansiz va klapanli respiratorlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim, ularning turlari esa ish joylardagi mikroklimat sharoitlariga bogliќћolda sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan ћolda tanlanadi. Bunday sharoitlarda respiratorsiz ishlashga ruxsat etilmaydi. Download 132.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling