Amaliy mashg‘ulot amaliy mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


Bo‘yin va gavda mushaklari uchun mashqlar


Download 0.53 Mb.
bet10/18
Sana12.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1263331
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
2-мавзу

Bo‘yin va gavda mushaklari uchun mashqlar
1. Bosh va gavdani (qom atni bukib va to'g‘ri tutib) orqaga, yon tomonga engashtirish. Engashtirish tik turgan holatdan boshlab: qoʻllarni yuqorida, yon tomonda, bosh orqasida tutib, oyoqlarni kerib tik turish, polda va gimnastika o‘rin- dig‘ida o'tirib, shuning o‘zi, lekin gininastika tayoqchasi, gantellar, to‘1dirma to‘plar bilan, shtangani yelkaga qo‘yib (a-rasm), sherik va amortizatorning qarshiligini yengib (b-rasm) bajariladi.
Bosh va gavdani o‘ng-chap tomonga burish. Bunda oyoqlarni kerib tik turish va oyoqlarni kerib o‘tirish holatlarida bajarish qulay bo‘ladi. Qo‘llarning dastlabki eng qulay holati: gimnastika tayoqchalari bilan qoʻIarni yon tomonda yuqorida tutish, shtangani yelkaga, kuraklarga yoki belga qo‘yib turish qo‘llarning dastlabki qulay hoiati hisoblanadi.

Bosh va gavda bilan o‘ng hamda chap tomonlarga aylanma harakatlar qilish:

  1. oyoqlarni kerib tik turgan holatda, qo‘llarni belda, bosh orqasida,

yuqorida tutib bajarish;

  1. shuning o'zini gimnastika o(rindig‘i yoki polda o‘tirib bajarish, oyoq

uchlarini gimnastika devoriga tirab turiladi yoki sherigi ushlab turadi;
d) shtangani yelkaga qo‘yib yo toldirma to'pni yoki gantellarni yuqoriga
ko‘tarib, butun gavda bilan aylanma harakat qilish.
2. Tayanib yotib va orqada tayanib yotib, tizzalarga tik tayanib tu rib, gavdani bukish va to‘g‘rilash (a-rasm):


  1. oyoqlarni yotgan, o‘tirgan, osilish va tayanish holatidan ko‘tarish;

  2. shuning o‘zini oyoqlar bilan to‘ldirma to‘pni ushlab turib bajarish.

3. Muvozanatda bajariladigan mashqlar:

  1. osilish va tayanish holatlaridan oyoqlarni 90—60° ga ko‘tarib, 5—15 daqiqa

davomida ushlab turish;

  1. osilish va tayanish holatida oyoq bilan yuklarni (toʻldirma to‘p, gantellar,

qum to‘ldirilgan qopchalarni) ushlab turish;
d) gavdani 10-15 daqiqa davomida to‘g‘ri tutib engashish.
4. Gavda va bo‘yin mushaklarini bo‘shashtiruvchi mashqlar:

  1. oyoqlarni yelka kengligida kergan holda tik turib, oldinga engashib

gavda va bo‘yin mushaklarini bo‘shashtirish;

  1. oldinga engashgan holatdan gavda va bo'yin mushaklarini zo‘riqtirish va

uni asta-sekin kamaytirib, butunlay bo‘shashtirish;
d) o‘tirgan, tizzalarda turgan va yotgan holatdan tana hamda bo‘yin
mushaklarini bo‘shashtirish.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling