Amaliy mashg‘ulot amaliy mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


Download 0.53 Mb.
bet13/18
Sana12.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1263331
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2-мавзу

sifatida
Qaddi-qomatni shakllantirish va uning nuqsonlarini yo'qotish uchun orqa, qorin pressi va yelka kamari mushakiarining statik kuchini, shuningdek, umurtqa pog‘onasining harakatchanligiga ko‘proq e’tibor bergan holda tananing barcha mushaklarini bir tekis rivojlantirish zarur. Bu vazifa umumrivojlantiruvchi mashqlar yordamida muvaffaqiyatli hal etiladi. Qaddi-qomatni shakllantirish uchun talabalarni o‘z qomatini rostlay bilishga va uni uzoq vaqt saqlab turishga o‘rgatish zarur.
Talabalarni to ‘g'ri qomatga xos xislatlami tarbiyalashga o‘rgatish qaddiqomatni rostlash mashqlarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi:

  1. To‘g‘ri qomat holatini tarbiyalash. Talabalarga tik turib qomatni qanday qilib to‘g‘ri tutish kerakligi ko‘rsatiladi. Asosiy diqqatni boshning holatiga qaratish lozim, boshning to‘g‘ri holatda ushlashgina qomatni rostlash imkonini beradi. Doimo boshni oldinga engashtirib yurish, odatda, kurakning chiqib, qomatni bukilib qolishiga sabab boʻladi.

  2. Shu mashqning o‘zini talabaiar bir-birlariga yordamiashib bajarishda ularning bin to‘g‘ri qomat holatini saqlab turadi, ikkinchisi esa bu holatni qanchalik to‘g‘ri ekanligini yaxshilab ko‘zdan kechirib chiqadi.

  3. D.h. ensa, kurak, qo‘lni va tovonlarni devorga tekkizgan holatda orqa bilan turish. Tananing hamma qismlari holatini eslab qolish. Devordan uzoqlashish va o‘sha holatni saqlab turish.

  4. D.h. shuning o‘zi. Tana holatini eslab qolish. Bir qadam oldinga yurib burilishlar va bosh bilan aylanma harakatlar bajarish. Yana boshni to‘g‘ri holatda tu tib turish hamda bir qadam orqaga yurish va devor oldida turib, gavda holatini tekshirib ko‘rish.

  5. D.h. shuning o‘zi. Devor oldida turib, bosh va tosni uzoqlashtirm asdan belni bukish va d.h.ga qaytish.

  6. D.h. shuning o‘zi. Bosh, orqa va tosni devordan uzoqlashtirmasdan o‘tirish va turish, oyoqlarni ko‘tarish va bukish.

  7. D.h. shuning o‘zi, holatni eslab qolish. Devordan uzoqlashib bosh, gavda, oyoqlar bilan bir necha harakatlar bajarish; to‘g‘ri qomat holatini qabul qilib, uning to‘g‘riligini devor oldida tekshirib ko‘rish.

  8. D.h. shuning o‘zi, holatni eslab olish. Devordan uzoqlashib, to‘g‘ri holatni saqlagancha 5-6 daqiqa aylanib yurish; yana devor oldiga borib holatni tekshirish.

  9. Oyna oldida turib, to‘g‘ri qomat holatini qabul qilish. Bosh, gavth. oyoqlar bilan bir necha harakatlar qilish. Yana to‘g‘ri qomat holatini qabul qilib, uni oyna oldida tekshirib ko‘rish.

  10. Bir-birining to‘g‘ri turishini tekshirish.

  11. Uir-biriga orqa o‘girib turib, to‘g‘ri qomat holatini qabul qilish (orqaga aylanib qarab), bir-birining holatini tekshirish.

  12. D.h. gimnastika tayoqchasini orqa umurtqa pog‘onasi bo‘ylab tik ushlab, tik turish. Belni tayoqcha ensa va um urtqa pog‘onasiga tegadigan qilib to‘g‘rilash.

  13. Chalqancha yotib, devor oldida tik turgan holatga o‘xshagan holat qabul qilish va qabul qilingan holatni saqlagan holda qoringa ag‘darilib yotish.

  14. Qomatini to‘g‘ri rostlagancha tegmaslik sharti bilan «quvlashmachoq» o‘ynash.

Qayd qilingan mashqlarni bajarishda talabalar bu mashqlarning vazifasi nimadan iborat ekanligini, albatta, yaxshi anglab yetishlarigaerishish kerak. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarayotib ayrim mushak guruhlariga alohida ta’sir qilinganda, rivojlanishdan orqada qolgan mushaklarni mustahkamlash va qomat nuqsonlarini yo‘qotish imkoni yaratiladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling