Amaliy mashg‘ulot amaliy mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


Download 0.53 Mb.
bet15/18
Sana12.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1263331
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2-мавзу

Arqonga tirmashib chiqish. Osilgan arqonda aralash osilib tirm ashib chiqishning uch usuli mavjud: bukilgan qo‘llarda tirmashib chiqish, uch va ikki harakat usulida tirmashib chiqish. Uch harakat usulida (a-rasm) tirmashib chiqish xotin-qizlar va o‘rta maktab yoshidagi bolalar mashglulotlarida qo‘llaniladi, chunki kuch faqatgina qo‘l va yelka bo‘g‘imi mushaklariga tushmasdan, oyoq mushaklariga ham tushadi. Arqonning qattiqligi va yo‘g‘onligiga qarab, arqon oyoqlar bilan bir oyoqning taqimi va ikkinchi oyoqning tovoni bilan yoki «sirtmoq» qilib ushlanadi.

Ikki harakat usulida tirmashib chiqish. Ikki harakat usulida tirmashib chiqishning ikki turi mavjud. Birinchi turi (b-rasmda) ko‘rsatilgan.
Birinchi usul-qo‘llarga tortilib, oyoqlar tizzada bukiladi va ular bilan arqon qisiladi.
Ikkinchi usul-oyoqlarni to‘g‘rilab (depsinib) qo'llarni almashtirib, arqonning yuqorisidan ushlanadi, ya’ni to‘g‘ri qo‘llarga osilish holatiga o‘tiladi.
Narvonda va arqonda sherigini opichib (a-rasm) yoki yelkaga o‘tqazib (b-rasm) tirmashib chiqishni o‘tkazish mumkin.
Arqonga tirmashib chiqayotganda sherigi yelkaga o‘tirib olib, oyoq uchlari bilan orqadan qisib ushlab olishi va sherigiga (uch harakat usulida tirmashadi) qo‘llari bilan tortilib yordam ko'rsatishi kerak (c-rasm).

Katta to‘plarni (shu jum ladan, to‘ldirma to epni) irg‘itish va ilib olish mashqlariga misol bo‘ladi: to‘pni pastdan irg‘itish, bosh orqasidan irg'itish, ikki qo‘l bilan ko'krakdan iig‘itish, shuning o‘zini bir qo‘l bilan bajarish, to‘pni yelkadan bir qo‘llab va ikki qo‘llab irg‘itish, yelka orqasidan bir qo‘llab tashlangan to‘pni ikki qoʻllab ilib olish (a-rasm), to‘pni o‘z oididan yoki yon tomondan ilib olish, to‘pni bosh ustidan irg‘itish va ilib olish. Oldinga engashib to‘pni oyoqlar orasidan irg'itish va uni aylanib ilib olish, to‘pni oyoq to‘piqlari bilan qisib olib, yuqoriga irg'itish (b-rasm) va uni ilib olish.

Shuni alohida qayd etish kerakki, o‘mbaloq oshishni boshlash va tugatish holatlarini turli hil usullari bor va yana yangilarini kashf etish mumkin. 2.1 ko‘rinishda mashqni boshlashni va tugatishni 10 ta usuli ko‘rsatilgan va bu mashqlarni bir-biriga ulagan holatda oddiy o‘mbaloq oshishni turli xillarini yaratish mumkin.

Talabalar bu mashqlarni boshlani va tugash holatlarini yaxshi o‘zlashtirishlari kerak va o‘zlaridan har turli xil darajadagi individual yaratishgan mashqlarini qo‘shishlari mumkin.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling