Butun tana mushaklari uchun mashqlar
Qo‘l harakatlarini gavdaning oldinga (orqaga, yon tomonga) engashtirish va bir oyoqni oldinga (yon tom onga, orqaga bukib), keng qadam tashlash bilan bir vaqtda bajarish.
Oldinga engashib, cho‘qqayib qoʻllarni oldinga (yuqoriga, orqaga) uzatish.
Qoʻllarni yuqoriga ko‘targan holda oyoqlarni navbatma-navbat bukib va to‘g‘rilab gavdani aylanma harakatlantirish (gavda o‘ng tomonga engashganda chap oyoq, chapga engashganda o‘ng oyoq bukiladi).
Tayanib yotish holatida qo'llami bukib-yozish bilan bir vaqtda oyoqlarni ko‘tarish va tushirish.
Tana bilan toʻlqinsimon harakatlar (harakat qoʻllardan boshlanadi, keyin gavda va oyoqlar bilan davom ettiriladi) qilish.
Chalqancha yotgan holatdan va orqaga engashib gimnastika devorchasiga orqa bilan turgan holatda sheriklari yordamida va mustaqil «ko‘prik»cha mashqini bajarish.
Gimnastika devorchasida orqa bilan osilib turgan holatda oyoqlarni ko'tarib, oyoq uchini unga tekkizish. Shuning o‘zini oyoqlar bilan yuklar (to‘ldirma to‘p, qum to‘la qopcha) ko‘tarib bajarish.
Tik turgancha bukilib orqa tomon bilan osilish holatidan (gimnastika devorchasida) oyoqlarni bukib va to‘g‘ri tutib, kerilib osilish holatiga o‘tish; shuning o‘zini oyoqlar bilan yuklar (to‘ldirma to‘p, qumli qopcha) ko‘tarib bajarish.
Butun tana mushaklarini bo‘shashtirish mashqlari:
yotgan holatdan butun tana mushaklarini bo‘shashtirish;
yotgan holatda tana mushaklarini maksimal taranglatib, keyinchalik
bo‘shashtirish;
d) bir guruh mushaklarni asta-sekin bo‘shashtira borib, ayni vaqtda ikkinchilarini taranglatish.
10. Qomatni shakllantiruvchi mashqlar (navbatdagi bo‘limda yoritilgan).
Umumrivojlantiruvchi mashqlar qaddi-qomatni shakllantirish vositasi
Do'stlaringiz bilan baham: |